Ko‘rsatishni o‘rgatish kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi
4-mavzu. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tekshirish shakllari va uslublari Odam organizmi-funktsional tizim ekanligi haqida nazariy ma`lumotlarga
ega qilish. Tashqi nafasni baholash uslublari haqida nazariy ma`lumotlarga ega
qilish. Zaxira imkoniyatlarni baholash uslublari haqida nazariy ma`lumotlarga ega
qilish. Organizm funktsional holatini nazorat qilish va tahlil qilish shakllari haqida
nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 5-mavzu. Bolalar va o‘spirinlar organizmining ish faoliyatiga jismoniy yuklamalarning ta`siri Jismoniy yuklamaning yurak qon-tomir tizimi, nafas olish tizimi, endokrin
tizimi va modda almashinuviga ta`siri haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Yurak-qon tomir tizimi funktsional holati ko‘rsatkichlari: - Yurak qisqarishlari tezligi: yurak faoliyati-yurak qisqarishlari maromi bolalar
va o‘spirinlar o‘sishi hamda rivojlanishi xarakteri bilan aniqlanadi. Bolalardagi qon
aylanish xususiyatari modda almashinuvning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq.
O‘sib borayotgan organizmning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji yurak ishi kattalashishini
talab qiladi.
- Arterial bosim – yurak qon-tomir tizimi funktsional holati ko‘rsatkichi.
- B.Korotkov bo‘yicha auskultativ o‘lchanadi.
Nafas tizimga ta`siri:kattalarga qaraganda, bolalarda jismoniy yuklamalar
mobaynida tashqi anfas intensifikatsiyasi nafas olish chuqurligi hisobiga emas, balki
nafas olish tezligi hisobiga sodir bo‘ladi. sistematik tarzdagi mashg‘ulotlar natijasida
bolalarda nafas olishning neyrogumoral boshqarilishi yaxshilanadi, nafas olish tizimi
ishi bir-biriga moslashishi yaxshilanishi ta`minlanadi.
Endokrin tizimga ta`siri: Mushak ishi bolalar buyrak usti beziga ijobiy ta`sir ko‘rsatadi. Yuklamaning
hissiyotliligi buyrak usti bezlarining sekretor funktsiyasi oshishiga olib keladi.
Mushak yuklamasida moslashish reaktsiyalarini ta`minlashda gipofiz, oshqozon osti
bezi, qaolqonsimon bez va jinsiy bezlar ma`lum va ahamiyatli rol o‘ynaydi. Modda almashinuvga ta`siri: Mushak yuklamasi modda almashinuv jarayonlariga katta talablar qo‘yadi.
Bu
chiqarish
tizimi
funktsiyasi,
avvalambor
buyraklar
funktsiyasi
kuchayishidir, sababi ular qonni metabolizm mahsulotlaridan tozalash orqali qonning
kimyoviy tarkibi doimiyligini ta`minlash haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.