90
dedilar. Iblis aydi: Ey Nuh, hama olam-
ni xalqi sani duoing bila yo‘q bo‘ldi. Bu
yo‘l bila do‘zaxqa ulandi. Do‘zaxni ichi
to‘lub, mani ko‘nglum tinib qoldi. Agar
san duo qilib muncha xalqni yo‘q qilma-
sang, bu xalqdan qancha payg‘ambar,
qancha avliyo va
olim va zohid va solih
va fozil va taqvodor vujudg‘a kelur erdi.
Manga har kunda ming la’nat yuborur
erdilar. Holo hamasi bo yakbora yo‘q
bo‘ldi. Man ul boisdin avvali oxir min-
natdor bo‘lg‘ondek hech kim minnat-
dor bo‘lmaslar. Manga sandek xizmat
qilg‘on kishi yo‘qdur dedi. Shundan
pushaymon va nadomat qilib... chan-
don-chandon yig‘ladirkim...
ul boisdan
Nuh atandilar.
Yana bir ulkim, bir kun o‘lturub er-
dilar bir it kirib kelib qoshlariga turdi.
Nuh itni nari ketkil badishka dedilar.
It aydiki: Ey Nuh, san naqshni ayb qi-
lurmisan, naqqoshnimu? Agar naqshni
ayb qilsang, man o‘z holimcha mun-
dog‘ bo‘lg‘on emasman, agar naqqosh-
ni ayb qilsang
Hazrat Haq Subhana
Taolo dedi. Nuh bu so‘zlarig‘a pushay-
mon bo‘lub yig‘ladilar ul sababdan Nuh
atandilar.
Yana bir boisi ulkim, Hazrat Haq
Subhana taolo farmon qildiki, Ey Nuh,
san ko‘b ko‘za, xum, obdasta qilg‘il
dedi. Hazrat Nuh ko‘b ko‘za, xum, ob-
dasta tayyor qildilar. Tayyor bo‘lg‘on-
dan keyin hammasini sindurg‘il deb
farmon bo‘ldi. Hammasini sindurdilar.
Aydilarkim, Ey bor Xudoyo, ko‘za qilg‘il
deding, ne
miqdor mashaqqatlar bila
tayyor bo‘lg‘onda sindurg‘il deding sin-
durdim. Mani mehnatimni zoe’ qilding.
Boisi nedur deb erdilar. Hazrat Haq
Subhana taolo aydiki: «Ey Nuh, besh-
olti qilg‘on jonsiz ko‘zag‘a mehnatim
zoe’ bo‘ldi dersan. Mani bandalarim
Mag‘ribdin Mashriqg‘acha to‘la erdi.
Hammasini yo‘q qilg‘il deb duo qilding,
man ijobat qildim. Hammasini bir yo‘li
yo‘q qildim. Man sanga necha xalqimni
nimaga yo‘q bo‘lsun deydursan dedim-
mu», – deb erdi. Bu so‘zdan hijolatlik
bo‘lub ko‘b yig‘ladilar. Ani uchun Nuh
atandilar» (96–97-b).
Yuqoridagi misol-
lardan ko‘rinib turibdiki, kotiblar qissan-
ing ayrim syujet chizig‘iga qo‘shimcha
voqealar kiritib, uni ertaklarga yaqin-
lashtirib, asl matnidan uzoqlashishiga
sabab bo‘lganlar. Manbalarga nisbatan
bunday munosabat, ularning nazarida,
qissaning «mukammallashishiga» xi-
zmat qilgan.
Dostları ilə paylaş: