Ma’lumki, Nosiruddin Rabg‘uziy «Qisasi Rabg‘uziy» asarini yozish bi



Yüklə 123,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix14.12.2023
ölçüsü123,85 Kb.
#177712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
qisasi-rabguziyning-qolyozma-va-nashriy-nusxalarida-folklor-namunalarining-orni

MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIKI


93
Ma’nosi:
(
Ey parvardigor, kechani uyg‘oq
o‘tkazguvchilar haqqi,
Umidvorlarning ohu nolasi haqqi,
Yo‘l boshida o‘tirgan g‘ariblar haqqi, 
Zindonda yotgan asirlar haqqi, 
Beg‘ubor bolalarning ko‘z yoshi haqqi,
Mazlum qariyalarning kuygan yuraklari
haqqi,
Qonga to‘lgan bag‘rimga rahm qil
G‘am girdobidan meni qutqar).
Qissada ikki tildagi she’rlarning kuza-
tilishini quyidagi holatlar bilan izohlash 
mumkin: avvalo, bu qo‘lyozma fors-tojik 
tilidagi nusxa asosida ko‘chirilgan. Buni 
biz «... bu «Qisasul anbiyo» arabi erdi. 
Forsiy qilib andin turkiy tarjima qilindi» 
(3-b) degan jumlasi bilan izohlaymiz. 
Demak, «Qisasi Rabg‘uziy» arab va 
fors-tojik tilida so‘zlashuvchilar o‘rtasi-
da ham mashhur bo‘lib, u arab tilidan 
fors tiliga, fors tilidan turkiy tilga tarjima 
qilingan va mana shu jarayonda ayrim 
she’rlar turkiy tilga tarjima qilinmay qol-
gan yoki kotib yashagan hududdagi еrli 
aholi fors-tojik tilida bemalol so‘zlasha 
olganligi sabab bu tildagi she’rlarning 
tarjimasiga ehtiyoj tug‘ilmagan. 
Qissada tabiat tasviri, qahramon-
larga xos ijobiy yoki salbiy sifatlar, xu-
susiyatlarni yoritishda an’anaviy bosh-
lamalarning o‘rni beqiyos. «Qisasi 
Rabg‘uziy»da ham adib qahramonlar 
ruhiyatiga mos ravishda payg‘ambarlar 
qissalarining boshlanmasida so‘zboshi 
o‘rnida, tabiat tasviridan foydalana-
di. Bunda u saj’lar yordamida ma’lum 
ohangdorlikni hosil qiladi. Bizning vazi-
famiz keyingi davrda ko‘chirilgan asar 
nusxalarida uchraydigan o‘zgarishlarni 
ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun 
Yusuf (a.s.) qissasidagi tush motivi mi-
solida ko‘rsatishga harakat qilamiz. 
Toshkent nashrida Yusuf (a.s.) еtti 
yoshga to‘lganida payg‘ambar bo‘lishi-
dan bashorat beruvchi ikkita tush ko‘ra-
di. «Tush ko‘rdi inichilari birla tayog‘lar-
in yozida tiqdilar, qamug‘lari ko‘kardi, 
ammo uzamadi... Ikkinchi kecha yana 
tush ko‘rdi: o‘n bir yulduz, kun oy birla 
inib Yusufg‘a sajda qildilar» (1-k., 102-
b.), deya keltirilgan. Samarqand tosh-
bosma nusxasida esa Yusuf (a.s.)ning 
payg‘ambar bo‘lishidan bashorat beru-
vchi beshta tush tasviri berilgan bo‘lib, 
ulardan birida quyidagicha tasvirlana-
di. «Yana bir kun tush ko‘rub, qo‘rqub 
uyg‘ondilar. Otalariga aytilarkim, bir 
ulug‘ shaharda emishman. Boshimda 
toj murassa’, belimda kamar, qo‘limda 
angushtar katta jamiyat xalq xizmatim-
da o‘lturubdurlar. Hama darpo‘sh, mu-
rassa’po‘sh. Ul asnoda osmonlarni 
eshigi ochiq bir nuri munavvar hama 
daryolarni suvi ravon, yig‘moqlari sa-
noxon erdilar. Oldimda bir rido hama 
olam ul ridoni nuridan ravshan va mu-
navvar erdi. Olamdagi hama ganjlarni 
kalidi mani oldimda erdi. Bu ishlarga ta-
ajjub qilib turur erdim, nogoh o‘n bir yul-
duz, oy va kun manga sajda qildi, deb 
tushlarini otalariga aytdilar» (184-b). 
«Asar ko‘proq payg‘ambarlar haqidagi 
qissalar asosida qurilganligi uchun ham 
unda arab, fors-tojik tiliga oid leksik bir-
liklarning saj’lanishi anchagina uchray-
di» [Sarimsoqov B., 1978: 95]. Bu ho-
lat nafaqat qo‘lyozmada, balki keyingi 
davrda ko‘chirilgan barcha nusxalarda 
yaqqol ko‘zga tashlanadigan holat-
lardan biridir. Birgina tush motivining 
bunday tarzda badiiylashtirilishi qis-
saxonlarning ijodiy qobiliyatiga ko‘ra 
qayta ishlangan, to‘ldirilgan variant-
laridir. Yusuf payg‘ambarning mazkur 
tush lavhasi guyo sehrli ertaklardagi 
afsonaviy bog‘larni eslatib, bosh qah-
ramonning uzoq va mashaqqatli yo‘l 
bosib, ana shunday bog‘-rog‘larga kirib 
qolish lavhasini eslatadi. Dostonlardagi 

Yüklə 123,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin