94
tabiat tasviri haqida G.Eshchonova
«tabiat tasviri personajlarning ma’naviy
qiyofasini ochishga yo‘naltirgani
holda
xalq ijodkorlarining estetik qarashla-
rini ham o‘zida mujassamlashtiradi»
[Eshchonova G., 1994: 76], ‒ degan
-
da to‘g‘ri ta’kidlagan edi. Zero, ana
shu bog‘ tasviri Yusuf (a.s.)ning kela-
jakdagi yorqin taqdiridan bashoratning
ramzi edi. Shuningdek, bog‘ tasvirining
mo‘jizakor chiqishiga sabab nasr po-
etikasi unsurlaridan hisoblangan saj’
san’atidan foydalanganligidir. Chunki
saj’ qissaga ma’lum ohang,
musiqiylik
bag‘ishlab, ertak va dostonlar kabi es-
hitilganni yodda saqlab qolishni еngil
-
lashtiradi.
Og‘zaki hamda yozma adabiyotda
birdek ishlatiladigan saj’ san’ati haqida
professor B.Sarimsoqov maxsus tad-
qiqot
olib borib, ko‘pchilik olimlarning
saj’ san’ati arab adabiyotidan o‘tgan
degan xulosalariga qarshi o‘laroq tur-
kiy xalq adabiyotida saj’ dastlab shu
xalqning og‘zaki ijodida namoyon
bo‘lganligini asoslagan [Sarimsoqov B.,
1973: 57].
Xulosa
«Qisasi Rabg‘uziy» asarining har ikki
nusxasini qiyosiy o‘rganish natijasida
ular orasidagi qator tafovutlar aniqlandi
va quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Yuqorida asarning Toshkent
nashri
va Samarqand toshbosma
nusxalari qiyosiy o‘rganilishi natijasida
ayrim olimlarning «Keyingi davrlarda
ko‘chirilgan «Qisas ul-anbiyo» nomi
bilan tarqalgan qissalarni Rabg‘uziy
nomiga nisbat berish to‘g‘ri emas
[Ostonaqulov I., 1993: 18], degan
fikrlariga qarshi o‘laroq biz bu qissalar
aynan Rabg‘uziyning qalamiga man-
sub, degan xulosaga keldik. Sababi
bu nusxalar Rabg‘uziygacha yoxud
Rabg‘uziydan keyingi
davrlarda yasha-
gan adibning ijod mahsuli bo‘lganida
edi, Samarqand toshbomasining 3-be-
tida «Bu kitobni tuzgan va toat yo‘lini
kezgan, ulug‘ yo‘rug‘luq Rabot o‘g‘uz-
ining qozisi Burhonuddinning o‘g‘li qozi
Nosiruddin» degan jumlalar bitilmagan
bo‘lardi. Bu esa fors-tojik va turkiy tilda
ko‘chirilgan «Qisas ul-anbiyo» nomi bi-
lan mashhur bo‘lgan qissalarning asosi
«Qisasi Rabg‘uziy»ga taqalishini bildi-
radi.
2. «Qisasi Rabg‘uziy» asrlar davo-
mida qayta-qayta ko‘chirilishi natijasida
qissaning an’anaviy tuzilishida jiddiy
o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Bu holat
esa qissaning qadimiy nusxasi bilan
kotiblar ko‘chirgan nusxalar o‘rtasida
jiddiy tafovutni
yuzaga keltirib, uning
xalq qissalariga yaqinlashishiga asosiy
omil bo‘lgan.
3. Toshkent nashrida payg‘ambarlar
hayoti va faoliyatini tasvirlashda muallif
qissa termini ostida shu payg‘ambarga
tegishli voqealar va hikoyalarni keltira-
di. Keyingi davrlarda ko‘chirilgan nusx-
alarda, xususan, Samarqand toshbos-
masida esa
voqealar ancha keng yoritil-
gan va hatto, maxsus fasllarga bo‘linib,
syujeti qo‘shimcha hikoyalar, obrazlar
vositasida ancha kengaytirilgan. Ayrim
qissalarning yo‘qolgan sahifalari qayta
tiklangan. Masalan, birgina Odam (a.s.)
qissasi Samarqand toshbosmasida 11
fasldan iborat, Yusuf (a.s.)ning o‘limi
voqeasi va Muso (a.s.)
qissasining
boshlanish qismi qo‘shilgan. Toshkent
nashrida esa ular umuman aks etma-
gan.
4. Qissalarni ko‘chirish jarayonida
kotiblar asar syujetini «mukammal-
lashtirish» uchun ayrim voqea-hodisa-
ga qo‘shimcha qilib lirik she’rlar qo‘shi-
shadi, ba’zan
esa voqeani butunicha
nazmda ifodalashadi. Ayrim hollarda
esa fors-tojik va arab tilidagi she’rlar
ham ilova qilinadi. Bu holat deyarli bar-
Dostları ilə paylaş: