91
bergan suv fe’lidur. Andin so‘ng haz-
rat Nuh (a.s.) ikki marotaba suv berdi-
lar. Avvali behisht .....erdi, andin shiri-
ni paydo bo‘ldi. Yana biri salsabildin.
Andin sirka paydo bo‘ldi. Bu nimarsalar
Nuh(a.s.)ni xosiyatlaridur. Bu nimarsal-
ar har uyda bo‘lsa,
ul uyda hargiz far-
ishta kam bo‘lmas dedilar» (106–107-
b). Demak, o‘sha davr xalq og‘zaki ijo-
dida shu kabi hikoyalar bo‘lgan va uni
kotib ishonchlilik darajasiga e’tibor ber-
masdan Nuh payg‘ambarning sifatini
yoritib beruvchi hikoya sifatida «Qisas
ul-anbiyo» tarkibiga kiritgan.
Asar uslubi, obrazlar tizimining folk-
lorlashuv jarayoni
«Qisasi Rabg‘uziy»ni xalq qissalari-
ga yaqinlashtirgan yana bir jihat qahra-
monlar nutqi, murojaati, his-tuyg‘ularin-
ing nazmda ifodalanishidir. Bu
holat uni
xalq dostonlariga yaqinlashtirib, adib
qalamidan uzoqlashishiga olib kelgan.
«Natijada epik voqealar bayonida odat-
dagi ko‘chirma gaplardan voz kechib,
hikoyachi nutqini to‘xtatib, so‘z bevosi-
ta personajlarning o‘zlariga berila bosh-
landi. Tizma dialog ta’sirchanligi, tipikli-
gi va dramatizmi
bilan hikoyachi nutqiga
xos an’anaviy ko‘chirma gapdan afzal
ekanini ko‘rsatadi» [Yormatov I.,1994:
17]. Masalan, Toshkent nashrida Yusuf
(a.s.) qul qilib sotilgach, karvon bilan
birga ketayotganida yo‘lda onasining
qabri yonidan o‘tadi va Yusufning unga
qilgan murojaati quyidagicha tasvirlana-
di: «Anga tegdi o‘zini tevadin quzi soldi.
Onasi qabrin quchdi, yig‘ladi, aydi: «Ey
onam,
sandin azrilmish erdim, emdi
otamdan taqi azrildim. Taqi ortuqroq qul
deb sotildim, azoqimg‘a kishan urdilar,
yanchuklarim [Rabg’uziy, 1990: 230]
yo‘g‘on kishanda shishdi. Nozuk etim,
tanim qattig‘ ingirchoqda [Rabg’uziy,
1990: 221] yanchildi. Ey onam, koshki
sandin burunroq o‘lmish kerak erdim»,
teyu yig‘ladi (1-k., 111-b.).
Endi xud-
di shu tasvirni Samarqand nashri bilan
qiyoslaymiz. Unda bosh qahramonning
onasiga murojaati olti banddan iborat
muxammas bilan ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: