Mamasharipova Muxarram Kompleks birikmalarning sinflanishi. Akvokomplekslar ularning ionlanishi



Yüklə 145 Kb.
səhifə5/12
tarix12.05.2022
ölçüsü145 Kb.
#57708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mamasharipova Muxarram 2


Koordinatsion birikmalar hosil qilish uchun misollar.





  1. Suvsiz tuzlar (CuSO
    4, NiSO4, CoCl2) suv bilan о‘zaro ta’sirlashganida kristallgidratlarga (masalan, CuSO4 · 5H2O, NiSO4 · 7H2O, CoCl2 · 6H2O) aylanadi. Bu tuzlarning suvdagi eritmalarida [Cu(H2O)4]2+, [Ni (H2O)6]2+ va [Co(H2O)6]2+ tarkibli kompleks ionlar mavjud.


  2. Al
    3+, Cr3+, Sn2+, Zn2+, Pb2+ va Co2+ ionlarining tuzlari eritmasiga alohida – alohida probirkalarda ozginadan NaOH eritmasi qо‘shilganda eritmada metallarning gidroksidlari chо‘kmaga tushadi. Probirkalarga mо‘l miqdorda NaOH eritmasi quyib chо‘kmalarni eritiladi, natijada har bir eritmada [Al(OH)6]3-,[Cr(OH)6]3-, [Sn(OH)4]2-, [Zn(OH)4]2-, [Pb(OH)4]2-, [Co(OH)4]2- tarkibli gidrokso koordinatsion birikmalarning ionlari hosil bо‘ladi.


  3. Cu
    2+, Zn2+ va Ni2+ tuzlari eritmasiga konsentrlangan ammiak eritmasidan qо‘shiladi. Hosil bо‘lgan metall gidroksidlar mо‘l miqdordagi ammiak eritmasida eritiladi. Natijada [Cu(NH3)4] (OH)2, [Zn (NH3)6] (OH)2, [Ni(NH3)6] (OH)2 tarkibli birikmalar hosil bо‘ladi.


  4. Ikki idishdagi Zn
    2+ va Cd2+ tuzlarining eritmalariga Na2SOning konsntrlangan eritmasidan bir necha tomchi solib ZnSO3 va CdSO3 larning chо‘kmalarini hosil qilinadi. Sо‘ngra ikkala probirkaga mо‘l miqdorda Na2SO3 eritmasini qо‘shsak, [Zn (SO3)2]2- va [Cd(SO3)2]2- tarkibli koordinatsion birikmalarning ionlari hosil bо‘ladi.


Odatda koordinatsion birikma hosil bо‘lishini eritma rangi yoki moddalar eruvchanligining о‘zgarishi orqali kuzatish mumkin.
Verner nazariyasi.
1893 yilda A.Verner kompleks birikmalarning tuzilishi haqida yangi nazariya yaratdi. Bu nazariya quyidagi uch banddan iborat :




  1. ayrim elementlar о‘zining asosiy valentliklaridan tashqari, yana qо‘shimcha valentlik namoyon qila oladi ;



  2. har qaysi element о‘zining asosiy va qо‘shimcha valentligini tо‘yintirishga intiladi ;



  3. markaziy atomning qо‘shimcha valentligi fazoda ma’lum yо‘nalishga ega bо‘ladi.



Verner nazariyasi koordinatsion nazariya deb ataladi.


Vernerning fikricha birinchi tartibdagi birikmalar asosiy valentlik hisobiga, koordinatsion birikmalar esa qо‘shimcha valentlik hisobiga hosil bо‘ladi. Masalan, PtClbilan KCl birikib, PtCl42Kclni hosil qilganida Pt va Cl ionlari о‘zlarining asosiy valentligidan tashqari yana qо‘shimcha valentlik namoyon qiladi: bu yerda, tutuash chiziqlar asosiy valentlikni, uzlukli chiziqlar qо‘shimcha valentlikni kо‘rsatadi.Hozirgi zamon termini bilan aytganda asosiy valentlik elementning ayni birikmadagi oksidlanish darajasini, qо‘shimcha valentlik esa uning koordinatsion sonini kо‘rsatdi. Pt Cl4 2KCl da platinaning asosiy valentligi 4 ga, qо‘shimcha valentligi 6 ga tengdir.

Koordinatsion birikmadagi markaziy atom bilan bevosita birikkan ligandlar orasidagi barcha bog‘lanishlar soni markaziy atomning koordinatsion soni deb ataladi. Koordinatsion birikmada markaziy atom bilan ligandlar orasidagi barcha bog‘lanishlar bir xil kuchga ega bо‘ladi.

Markaziy ionning koordinatsion soni 1 dan 12 gacha bо‘lishi mumkin. Lekin 8 dan katta koordinatsion sonlar kam uchraydi. Bir valentligi elementlarning koordinatsion soni kо‘pincha 2 ga teng bо‘ladi; masalan: [Ag (NH3)2] Cl; K[Ag(CN)2]. Ikki valentli elementlarning koordinatsion soni kо‘pincha tо‘rtga, ba’zan uchga va oltiga teng bо‘ladi; masalan, Na [PbI3].K3[Fe(Cn)6].[Zn(NH3)4] Cl2. Uch va tо‘rt valentli elementlarining koordinatsion soni asosan oltiga teng, masalan, K3[Fe(CN)6].Besh valentli elementlarning koordinatsion soni 7 ga teng bо‘ladi, masalan, K2[NbF7].

Umuman shuni aytib о‘tish kerakki, ayni elementning koordinatsion soni elementning valentligiga, ligandlar eritmasining konsentratsiyasi va markaziy ion radiusining ligand radiusiga ligand radiusiga bо‘lgan nisbatiga bog‘liq bо‘ladi.


Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin