MA4V2 va MA3V3 tartibli komplekslar tekis olti burchakli shaklda uchta izomerga, uchburchakli prizma shaklida ham uchta izomerga, oktaedrik shaklda esa ikkita izomerga ega bо‘lishi kerak. Tajribaning kо‘rsatishicha MA4V2 va MA3V3 larning ikkitadan izomeri bor. Shunday qilib, Verner bu koordinatsion birikmalar oktaedrik tuzilishga ega ekanligini kо‘rsata oldi.
Bu fikr tо‘g‘ri ekanligi keyinchalik boshqa tadqiqotlar asosida tasdiqlandi. Yana shuni ham aytib о‘tamizki, A.Verner nazarichsining yaratilishidan ilgari kimyo sohasida S.Arreniusning elektrokimyoviy nazariyasi, Y.Vant – Goff hamda Le Belning stereokimyoviy tasavvurlari, D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementar davriy sistemasi kashf etilgan edi. Lekin bu tasavvurlarga asoslanib koordinatsion birikmalarning, masalan, CoCl3 · 6NH3 PtCl2 · 2NH3, CuCl2 · 4NH3 ning tuzilishini izohlab bо‘lmasdi, chunki valentlik haqidagi klassik nazariyaga muvofiq CoCl3, PtCl2 va CuCl2 valentlik jihatdan tо‘yingan birikmalar deb qaralar edi. Shu sababdan A.Verner nazariyasining yaratilishi kimyo fanida katta kashfiyot qabul qilindi.
Koordinatsion birikmalarni tekshirishda chо‘ktirish reaksiyalari va elektr о‘tkazuvchanlikdan keng foydalanildi. Bulardan ikkinchisini bayon etamiz. Verner koordinatsion birikmalar tuzlari eritmalarining molekulyar elektr о‘tkazuvchanligidan foydalanib, koordinatsion birikmalarning nechta ionga parchalanishini aniqlay oldi.
Tarkibida 1 mol erigan modda bо‘lgan eritmaning elektr о‘tkazuvchanlig shu moddaning molekulyar elektr о‘tkazuvchanlig deb ataladi :
Bu yerda : μ – eritmaning molekulyar elektr о‘tkazuvchanligi, k – solishtirma (ya’ni 1 sm3 eritmaning) elektr о‘tkazuvchanligi, v – tarkibida 1 mol erigan modda bо‘lgan eritma hajmi.
Agar koordinatsion birikma eritmada faqat ikkita ionga disotsilansa, μ≌ 100 Om-1·sm3 ga yaqin bо‘ladi.
Agar koordinatsion birikma tuzi uchta ionga dissotsilansa μ ning qiymati 240 om-1· sm3 ga teng yaqin bо‘ladi. Tо‘rtta ionga parchalanadigan koordinatsion birikma uchun μ = 430 om-1. sm3 ga teng. Beshta ionga parchalanadigan tuzlarning molekulyar elektr о‘tkazuvchanligi μ = 550 om-1. sm3 ga yaqin bо‘ladi. Noelektrolit moddalar uchun μ ning qiymati nolga yaqin.
Bunday xulosalardan foydalanib, koordinatsion birikmalarning ichki sferasida qaysi ion turishini bilish va uning zaryadini aniqlash mumkin. Verner va Miolati kation koordinatsion birikma tarkibiga ketma – ket anionlar kiritish yо‘li bilan kation koordinatsion birikmadan anion koordinatsion birikmalarga о‘tilganida μ ning qiymati, avval, qariyb nolga qadar pasayib, keyin ortishini juda kо‘p misollarda kо‘rsatdilar.
Shunday qilib, Verner nazariyasi koordinatsion birikmalarni tо‘g‘ri tushunishga yordam beradigan klassik nazariyadir.
Koordinatsion birikma hosil qiluvchilar va ligandlar.
U yoki bu elementning koordinatsion birikma hosil qilish qobilyati о‘sha element atomining sirtqi elektron qavati tuzilishiga va uning davriy sistemadagi о‘rniga bog‘liq bо‘lib, koordinatsion birikma hosil qiluvchilar jumlasiga asosan sirtqi qavatda yetarli darajada bо‘sh orbitallari bо‘lgan metall ionlar kiradi. Koordinatsion birikma hosil qiluvchi zarracha elektron juftining akseptori vazifasini bajaradi. Agar markaziy atom kimyoviy bog‘lanishda о‘zining bо‘sh s- orbitallari bilan ishtirok etsa, bu holda faqat σ (sigma) – bog‘lanish, agar bо‘sh r – orbitallar ham qatnashsa, σ- va π- bog‘lanishlar yuzaga keladi (u r-, d- yoki f – orbitallari bilan ishtirok etganida ham σ- va π- bog‘lanishlar kelib chiqadi).
Dostları ilə paylaş: |