3. Atsidokomplekslar. Ligandlari kislota qoldiqlaridan iborat koordinatsion birikmalar atsidokomplekslar deb ataladi.
Masalan, K4[Fe(CN)6]: atsidokomplekslarda bir nechta xil kislota qoldig‘i ham bо‘lishi mumkin. Masalan, K2[Pt(NO2)4 Br2].
Qо‘shaloq tuzlar ham atsidokomplekslar jumlasiga kiradi. Qо‘shaloq tuzlar bilan haqiqiy koordinatsion birikmalar orasidagi ayirma shundaki, qо‘shaloq tuz suvda eritilganda о‘z tarkibidagi ionlari parchalanib ketadi. Masalan, karnallit KCl · MgCl2 · 6H2O ni K[MgCl3] tarkibli koordinatsion birikma deb qarash mumkin. Agar bu modda barqaror koordinatsion birikma bо‘lganida edi, eritmada K+ va MgCl3- ionlariga parchalanardi, vaholanki, karnallit suvda eritilganda K+, Mg+2 va Cl – ionlarini hosil qiladi.
Demak, qо‘shaloq tuzlar suvdagi eritmalarda nihoyatda beqaror atsidokomplekslardir.
4. Poligalogenidlar. Markaziy ioni va ligandlari galogenlardan iborat koordinatsion birikmalar poligalogenidlar deb ataladi. Masalan : K[JJ2] ; K[Icl4]; K[BrCl2].
5. Polikislotalar. Bularni kislota molekulasiga shu yoki boshqa kislotaning angidriti kelib qо‘shilgan mahsulotlar deb qarash mumkin.
H2S2O7 ham polikislotalar, chunki u H2SO4 ni SO3 bilan tо‘yintirilganda hosil bо‘ladi.
Xromning H2CrO2 · CrO3, H2CrO4 · 2CrO2 va H2CrO4 · 3CrO3 tarkibli polikislotalari ma’lum. Polikislotalar hosil qiluvchi oddiy kislotalar jumlasiga H3PO4, H4SiO4, H3BO3, H2MoO4, H2WO4, HVO3 va boshqalar kiradi.
Biror kislotaga shu kislotaning angidriti kelib qо‘shilishdan hosil bо‘lgan polikislotalar i z o p o l i k i s l o t a l a r deb ataladi.
Agar biror kislotaga boshqa kislota angidriti kelib qо‘shilsa, geteropolikislota hosil bо‘ladi. Masalan, H2WO4 · 3WO3 izopolikislota uchun, H3BO3 · 12 WO3 · nH2O esa geteropolikislota uchun misol bо‘la oladi.
Biror kislotadan hosil bо‘lgan izopolikislotaning kuchi shu kislota kuchidan ortiq bо‘ladi. Masalan, H2CrO4 ning dissotsilanish konstantasi K2 = 3 · 10 –7, bixromat kislota H2Cr2O7 niki esa K2 = 2 · 10 –2 dir. Geteropolikislota tuzi — ammoniy fosfor molibdat (NH4)3 H4 [P (Mo2O7)6] ni dastlab 1826 yilda Y. Berselius olgan.
Bu moddalarning tuzilishi haqidagi nazariyalarni Miolata, Rozengeym, Pfeyffer yaratdilar. Keyinchalik V.I.Spitsin va boshqalar polikislotalarning tuzilish nazariyasini takomillashtirdilar.