Mamasharipova Muxarram Kompleks birikmalarning sinflanishi. Akvokomplekslar ularning ionlanishi



Yüklə 145 Kb.
səhifə11/12
tarix12.05.2022
ölçüsü145 Kb.
#57708
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mamasharipova Muxarram 2

geksamin – μ – amido – μ – digidrosokobalt (III) – xlorid :

da markaziy ionlar bir – biri bilan

uchta kо‘prik ligandlar orqali birikadi (sxema holda :)

Al (III), Fe (III) xloridlarning dimer shakllari quyidagi struktura formulalar bilan ifodalanadi :

[SbF7 ning struktura formulasi :


shaklida yoziladi. Ba’zan OH – gruppalar «ol» suffiks bilan ataladi, masalan, tetraoltrigidroksogeptaakvaxrom (III) xlorid – uch о‘zakli komplekslar jumlasiga kiradi, uning tuzilish formulasi quyidagicha :
di - μ - karbonilgeksakarbonildikobaltda
metall atomlar bir – biri bilan ham bevosita, ham ikkita CO molekulalari orqali bog‘langan.


11. π – koordinatsion birikmalar. π – ligandlar jumlasiga tо‘yinmagan organik moddalarning molekulalari (atsetilen, etilen, siklopentadiyen C5H6, olifenlar va ularning hosilalari), uglerod (II) – oksid va boshqa moddalar kiradi. π – ligandlar bilan metallar orasida hosil bо‘lgan birikmalar π – k o o r d i n a s i o n b i r i k m a l a r deb yuritiladi, ularning oddiy vakillari jumlasiga 1827 yilda daniyalik dorishunos Seyze hosil qilgan sariq rangli K[Pt(C2H4) Cl3] va pushti rangli [Pt2(C2H4)2 Cl4] birikmalar kiradi. Seyze suyultirilgan xlorid kislota eritmasidagi K2[PtCl4] ga etilen ta’sir ettirib, bu moddalarni hosil qilishga muvaffaq bо‘ldi. Seyze tuzlarining tuzilishini 1951 yilda Dyuar aniqladi :

Kо‘ramizki, sariq rangli kompleks ion kvadrat komplekslar jumlasiga kiradi (bunda Pt atomida dsp2 ― gibridlanish yuz beradi). A. Gelman va D.I.Ryabchikov aniqlashicha, bu tuz KMnO4 eritmasi ta’sirida oksidlanmaydi. 1934 yilda Dj. Anderson Seyze tuzining suvdagi eritmasi 900S dan yuqorida etilen molekulasi markaziy atom Pt (II) ta’sirida oksidlanib sirka aldegidiga aylanishini aniqladi :
K[Pt(C
2H4)Cl3] + H2O → Pt + CH3CHO + KCl + 2HCl
Seyze tuzlaridagi kimyoviy bog‘lanishni quyidagicha tushuntirish mumkin. Sariq rangli birikmada platina ioni Pt
2+ ning bо‘sh orbitali bilan etilenning ikki uglerod atomi orasidagi delokallangan ikkilamchi bog‘ning π – orbitali bilan qoplanadi ; bu holatda elektron juft etilendan (umuman, olefin molekulasidan) metall ionga о‘tadi ; undan tashqari metallning elektronlarga tо‘lgan orbitali bilan olifin molekulasidagi bо‘shashtiruvchi molekulyar orbital orasida π – bog‘lanish hosil bо‘lishi mumkin.

Karbonillar π – koordinatsion birikmalar jumlasiga kiradi. Temir, kobalt va nikel uglerod (II) – oksid bilan bir necha birikma hosil qiladi. Bu birikmalar kukun holidagi metallarga yuqori bosimda uglerod (II) – oksid ta’sir ettirilishidan hosil bо‘ladi.

Metall karbonillari hosil bо‘lishini valent bog‘lanish nazariyasi asosida tushuntirish mumkin : metallarning oksidlanish darajasi 0 holida qoladi, lekin metall atomida elektronlar qayta joylanib, metallarning elektron orbitallardagi toq elektronlarning bir qismi (yoki hammasi) juftlashadi. Natijada gibridlangan bо‘sh orbitallar vujudga kelib ularga CO molekulalari joylanadi, chunki har qaysi CO molekulasida bir juft erkin elektron mavjud. Masalan, temir karbonil hosil bо‘lishida temir atomining 3d64s2 orbitallaridagi sakkizta elektron 3d 8 bо‘lib juftlashadi va bitta d -, bitta s ― va uchta p- orbital о‘zaro gibridlanib, har biri teng energetik qiymatga ega bо‘lgan beshta gibrid orbital hosil qiladi, ya’ni dsp3 - gibridlanish sodir bо‘ladi : bu beshta bо‘sh orbitalga beshta CO birikadi va Fe (CO)5 hosil bо‘ladi. Nikel karbonil Ni(CO)4 hosil bо‘lishida sp3 ― gibridlanish rо‘y beradi. Xrom karbonil ― Cr (CO)6 d2sp3 ― gibridlanish hisobiga hosil bо‘ladi.


Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin