Magnusning kо‘rinishiga muvofiq: Rm:Rl =0,155 bо‘lsa, metallning koordinatsion soni 2 ga teng; Rm:Rl nisbati 0,155 dan 0,225 gacha bо‘lsa, metallning koordinatsion soni 3 ga teng; bu nisbat 0,225 dan 0,414 gacha bо‘lsa 4 ga; 0,414 dan 0,732 gacha bо‘lsa 6 ga; 0,732 dan 1,37 gacha bо‘lsa 8 ga teng bо‘ladi (Rm- markaziy ion radiusi, Rl-ligand radiusi).
Misol. Alyuminiy ioni Al3+ ning radiusi 0,057 nm, ftor ioni F- ning radiusi 0,313 nm. Alyuminiy ionning koordinatsion sonini toping.
YE ch i sh . Rm : Rl = 0,57 : 0,13 = 0,43. Demak, Al3+ ning bu birikmadagi koordinatsion soni 6 ga teng.
Markaziy atom bilan ligandlar koordinatsion birikmaning ichki qavatini tashkil qiladi. Masalan, [CoCl3 · 6NH3] da oltita ammiak kobalt bilan bevosita birikkan bо‘lib, uchta xlor koordinatsion birikmaning t a sh q i q a v a t i g a j o y l a sh a d i ; tashqi qavatdagi zarrachalar ichki sfera bilan ionli bog‘langan bо‘ladi. Masalan, [Co (NH3)6 ] Cl3 ni suvdv eritilsa, u tо‘rtta ionga ajraladi :
[Co (NH3)6] = Cl3 [Co (NH3)63+ + 3Cl-
Bu eritmadagi hamma xlorni kumush nitrat bilan AgCl holida chо‘ktirish mumkin.
CoCl3 · 5NH3 tarkibli koordinatsion birikmaning ichki sferasiga beshta ammiak molekulasi va bitta xlor ioni joylashadi, ikkita xlor ioni tashqi sferada bо‘ladi :
[Co (NH3)5 Cl] Cl2
Bu modda eritmada faqat uchta ionga parchalanadi. Uning eritmasiga kumush nitrat qо‘shilganida hamma xlorning uchdan ikki qismigina AgCl holida chо‘kmaga tushadi.
molekula tarkibidagi xlorning faqat uchdan bir qismi chо‘kadi. Bu modda eritmasiga kumush nitrat ta’sir ettirilganda CoCl3 · 3NH3 tarkibli koordinatsion birikma alohida о‘rinni egallaydi. Verner nazariyasiga binoan uning formulasi [Co (NH3)3 Cl3] dir. U suvda eritilganda ionlarga parchalanmaydi, eritma elektr tokini о‘tkazmaydi.
Verner yana l i g a n d n i n g k o o r d i n a s i o n s i g‘ i m i degan tushunchani kiritdi. Ayni ligand kompleksning ichki qavatida markaziy ion atrofida necha joyni band qilsa, bu son ligandning koordinatsion sig‘imi deb ataladi. Masalan, K4[Fe(CN)6] da CN- ionining koordinatsion sig‘imi birga teng, CN- ioni temir ioni atrofidagi oltita о‘rindan faqat bittasini band qiladi. K4[Fe(S2O3)3] da har qaysi S2O32- ionining koordinatsion sig‘imi ikkiga teng. Shuningdek, etilendiaminning koordinatsion sig‘imi ham ikkiga teng. Koordinatsion sig‘imlari uchga va tо‘rtga teng bо‘lgan ligandlar ham uchraydi (sig‘imdentatlik deb ham yuritilishi yuqorida aytilgan edi).
Verner nazariyasining uchinchi bandi komplekslar tuzilishini stereokimyoviy jihatdan oydinlashtiradi. Verner koordinatsion birikmalarning fazoviy tuzilishini aniqlashda ayni koordinatsion birikmaning nazariya asosida topiladigan izomerlari sonini uning haqiqatan mavjud bо‘lgan izomerlari soni bilan taqqoslash usulidan foydalaniladi, chunki rentgen nurlari kashf etilmasdan avval molekulalarning fazoviy tuzilishi faqat ana shu yо‘l bilan aniqlanar edi.
Verner fikricha, agar M ning koordinatsion soni 6 ga teng bо‘lsa, kompleks ion ichida 6 ta ligand markaziy iondan birdek uzoqlikda bо‘lgan oltita nuqtaga joylashadi. Bu joylashish 1) tekislikdagi olti burchak shaklida (markazda M, burchaklarda esa ligandlar turadi) yoki 2) fazoviy trigonal prizma va 3) fazoviy oktaedr shaklida bо‘lishi mumkin.