Mn2+ < Fe2+ < Co2+ Ni2+ < Cu2+ > Zn2+
Koordinasion birikmalarning beqarorlik va barqarorlik konstantlari tajribada to’g’ri usullar bilan aniqlanadi.
Oraliq metallar ionlarining azotli va kislorodli ligandlar bilan hosil qiladigan komplekslari ustida Tosh.DU xodimlari (O’z bekiston FA a’zosi, prof. Parpiyev N.A., Prof. Raximov X.R., dots. Muftaxov A.G., dots. Nigay K.G., dots. Asamov K.A., Tursunov A.A. va boshqalar) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar koordinasion birikmalarning suvda va organik erituvchilarda barqarorligi, ularning ichki tuzilishi to’g’risida yangi ma’lumotlar olishga va ularning tayyorlashning yangi usullarini yaratishga imkon beradi.
Fermentlar hayotda ko’pchilik jarayonlarda (oziq-ovqat tayyorlashda: non pishirishda, vinosozlik, pivo, pishloq tayyorlash, choyni fermentasiyasida, sirka, spirttayyorlashda), mikrobiologiyada, farmasevtikada va tibbiyotda keng qo’llaniladi. Gidrolaza sinfiga kiradigan amilaza fermentini odamning sulak bezi ishlab chiqaradi. Kraxmal, glikogen va ularga yaqin bo’lgan polisaxaridlarning gidroliz reaksiyasini tezlashtiradi.
Fermentlarni o’rganish sohasida A.Ya. Danilevskiy, A.N.Lebedov, a.N.Bax, A.I.Oparin, B.A.Engel’gardt, I.Berezin katta hissa qo’shdilar, hozir esa B.O. Toshmuhammedov, M.M. Rahimov va ularning shogirdlari muvaffaqiyat bilan ish olib bormoqdalar.
O’z bekiston FA a’zosi, prof. Parpiyev N.A., prof. Raximov X.R., dots. Muftaxov A.G., dots. Nigay K.G., dots. Asamov K.A., Tursunov A.A., O.F.Xodjayev, I.Sharipov, Z.Musayev kabi ko’plab o’zbek olimlarining koordinasion birikmalar kimyosi faniga, sohasiga qo’shgan hissalari juda kattadir.
Ular tomonidan sintez qilingan preparatlar, dori-darmonlar hozirgi kunda qishloq xo’jaligida, tibbiyotda va xalq xo’jaligining ko’plab sohalarida ishlatilmoqda.
Ular tomonidan yaratilgan ko’plab darsliklar, o’quv qo’llanmalardan talabalarimiz, magistrlarimiz, o’qituvchilar foydalanmoqdalar.
Ular rahbarligida ko’plab shogirtlar tayyorlanganki, ular hozirgi kunda respublikamizning turli sohalarida, kimyo sohasini rivojlantirishda faol xizmat qilmoqdalar. Biz yoshlar ham ustozlardan o’rnak olgan holda, o’qishimiz va vatanimizga xizmat qilmog’imiz kerak.
Uzoq vaqt olib borilgan tadqiqotlar natijasida XIX asrning oxirlariga kelib, barcha kimyoviy birikmalar ikki turkumga bo‘linadi : bularning biri atomli (yoki sodda) birikmalar va ikkinchisi molekulyar (yoki murakkab) birikmalar nomini oldi. Keyinroq birinchi xil birikmalar birinchi tartibdagi birikmalar, ikkinchisi esa yuqori tartibdagi birikmalar deb ataladi. CuCl2, BF3, NH3, FeCl3 kabi moddalar birinchi tartibdagi birikmalar qatoriga kiritildi ; ularning hosil bo‘lishi valentlik qoidasiga bo‘ysunadi. Yuqori tartibdagi birikmalar biror sodda birikmaning boshqa sodda birikma bilan o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, mis xlorid eritmasiga ammiak ta’sir ettirilganda bu ikki sodda birikmadan molekulyar birikma hosil bo‘ladi :
CuCl2 + 4NH3 → CuCl2 · 4NH3
Vaqt о‘tishi bilan yuqori tartibdagi birikmalarning soni kyib bordi. Keyinchalik, yuqori tartibli birikmalarning nisbatan barqarorlari kompleks (koordinatsion) birikmalar deb ataladi. Tasser 1798 yilda birinchi bо‘lib kompleks birikma (CoCl3 · 6NH3) ni hosil qildi. Kompleks birikmalarni о‘rganish shuni kо‘rsatdiki, kompleks hosil bо‘lish hodisasi ayrim elementlardagina uchramasdan, balki D.I.Mendeleyev davriy sistemasining kо‘pchilik elementlariga xos bо‘lgan hodisadir.
Koordinatsion birikma shunday birikmaki, uning molekulasi yoki ioni markaziy ion yoki atomga ega bо‘lib, buni bir necha ion yoxud molekulalar, ya’ni ligandlar qurshab turadi.
Hozirgacha koordinatsion birikmalarga aniq ta’rif berilmagan. Akademik Y.N.Kukushkin kompleks birikmalarga quyidagi ta’rifni berdi : «Kompleks birikma deganda kristall holatda bо‘lmasin, eritmada bо‘lmasin, tarkibida ligandlar bilan qurshalgan markaziy atomi mavjud birikmalarni tushunmoq kerak».
Dostları ilə paylaş: |