Hozirgi metallar koordinatsion birikmasini tayyorlash uchun s u v s i z e r i t m a l a r kо‘p ishlatilmoqda. Masalan, CrCl3 ning suvdagi eritmasiga etilendiamin NH2 — CH2 — CH2 — NH2 qо‘shib CrCl3 · 3En tarkibli koordinatsion birikmani hosil qilib bо‘lmaydi, lekin efirdagi eritmada bu kompleksni hosil qilib kristall holida ajratib olish mumkin.
Ba’zan erituvchilar aralashmasidan foydalanish yaxshi natija beradi. Masalan, dipiridilning spirtdagi eritmasini FeCl2 ning suvdagi eritmasiga qо‘shganimizda [FeDip3] Cl2 tarkibli kompleks birikma hosil bо‘ladi.
Kompleks birikmalar о‘ziga xos suyuqlanish va qaynash temperaturasiga, hamda ma’lum erituvchilarda erish xususiyatiga egaligi, masalan, suvda eruvchanligi bilan oddiy moddalardan ajralib turadi.
Bular ichida tadqiqotchilar e’tiborini о‘ziga jalb etadiganlari qatoriga koordinatsion birikmalarning rangi, elektr о‘tkazuvchanligi, oksidlanish – qaytarilish xossalari, rang – barangligi, magnit va boshqa xossalari kiradi.
Kompleks hosil qiluvchi sistema rangining о‘zgarishini tekshirish orqali kо‘pincha birikma tarkibini va uning barqaror yoki beqaror ekanligini aniqlash mumkin. Komplekslarning infraqizil nur yutishini о‘rganish orqali birikma tarkibidagi atomlararo bog‘lanish xarakterini bilib olish mumkin.
Koordinatsion birikmalarni olish.
Koordinatsion birikmalar olishda quyidagi sintez usullar idan foydalaniladi :
Muvozanatli va 2) genealogik sintezlar.
M u v o z a n a t l a r sintezda asosiy rolni termodinamik munosabatlar bajaradi. Bunda «mahsulotlar» energetik manfaat jihatidan dastlabki moddalardan kо‘ra afzalroq bо‘lishi kerak. Bunda reaksiyalarning mexanizmi ikkinchi darajali hisoblanadi, ba’zan «mahsulotlarning» tuzilishi dastlabki moddalarning tuzilishidan umuman boshqacha bо‘lishi mumkin.
Muvozanatli sintezni olib borish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak.
Koordinatsion birikma hosil bо‘lish muvozanat jarayonini ta’minlash uchun zaruriy harorat va boshqa sharoitlar tanlash ;
Zaruriyat bо‘lsa, dastlabki moddalar energiyasini imkoni boricha oshirish ;
Agar koordinatsion birikma hosil qilish jarayoni mahsulotni saqlash mumkin bо‘lmagan sharoitda amalga oshirilgan bо‘lsa, «muvozanatni yaxlatish» usuli tanlanadi.
G ye n ye a l o g i k sintezda mahsulotning tuzilishi dastlabki moddalar tuzilishiga о‘xshash bо‘ladi. Bunda reaksiya mexanizmi muhim ahamiyatga ega. Bu holda ham mahsulotning energetik jihatdan afzalligi imkoni boricha о‘z kuchini saqlab qoladi.
Genealogik sintezlarni о‘tkazishni ham dastlabki moddalar kattaroq energiyaga ega bо‘lishiga, harorat tanlashga, yaroqli katalizator ishlatishga, reaksiya mahsulotini saqlab qolish sharoitini tanlashga e’tibor beriladi. Ikkala usulda ham mahsulotni tozalash, uni ajratib olish, kimyoviy analiz qilish kabi ishlarni tо‘liq bajarish talab qilinadi. Sintez ishining barcha bosqichlarini taftish etib borishda fizik – kimyoviy izlanish usullari, qisqa tо‘lqinli spektroskopiya, yadro magnit rezonans (YAMR) usullari katta yordam beradi.
Muvozanatli sintezda Gibbs energiyasining о‘zgarishi manfiy qiymatga ega bо‘lishi kerak. Bu yerda : Km ― reaksiyaning muvozanat doimiysi, n1 ― stexiometrik koeffitsentlar ; Ci ― i moddaning konsentratsiyasi. Le Shatelye qoidasiga muvofiq, temperatura kо‘tarilganda endotermik reaksiya mahsulotlarining unumi ortadi ; bosim oshirilganda hajm kamayadigan tomonga yо‘nalgan reaksiya mahsulotlari unumi ortadi ; dastlabki moddalar konsentratsiyasi oshirilganda koordinatsion birikmalarning hosil bо‘lishi kuchayadi. Yana shuni aytib о‘tishimiz kerakki, bunday koordinatsion birikmalar hosil qilishda berilgan moddalarning bir – birida eruvchanligini tekshirish natijalaridan va moddalar sistemasining holat diagrammasidan keng foydalaniladi. Bunday diagrammalarga asoslanib, koordinatsion birikmaning hosil bо‘lishidagi konsentratsiyalar sohasi aniqlanadi. Masalan, ZnCl2 ― glitsin (NH2CH2 COOH) va suvdan iborat sistemaning 500 dagi eruvchanlik diagrammasiga asoslanib, bu sistemada uchta birikma : ZnCl2 · NH2CH2 COOH, ZnCl2 · 2NH2CH2 COOH va ZnCl2 · 3NH2 CH2 COOH hosil bо‘lishi aniqlangan.
Koordinatsion birikmalar hosil qilishni ma’lum temperatura sharoitida amalga oshirishda kо‘pincha termogravimetrik tekshirish (ya’ni sistemadan yengil uchuvchan ligand chiqib ketishi tufayli modda massasining vaqt va temperatura ortishi bilan kamayishini aniqlash) natijalaridan ham foydalaniladi.