Mamasharipova Muxarram Kompleks birikmalarning sinflanishi. Akvokomplekslar ularning ionlanishi



Yüklə 145 Kb.
səhifə10/12
tarix12.05.2022
ölçüsü145 Kb.
#57708
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mamasharipova Muxarram 2

6. Siklik kompleks birikmalar. Ichki sferasida siklli koordinatsion birikmalar siklik birikmalar deb ataladi.

Ley 1904 yilda ikki valentli mis tuzlari α – aminosirka kislota glikokol (glitsin) bilan zangori rangli mis glikokolyat hosil qilishini kuzatadi. Mis glikokolyatning suvdagi eritmasi elektr tokini yomon о‘tkazadi..

Leyning fikricha glikokolyat hosil bо‘lish reaksiyasi quyidagicha boradi :

Hosil bо‘lgan moddada glikokol molekulalarining karboksil gruppasidagi vodorod atomlari misga almashinib, u bilan asosiy valentlik hisobiga bog‘lanadi; undan tashqari mis atomi ikkita glikokol molekulasidagi ikkita azot atomi bilan qо‘shimcha valentlik orqali ham birikadi. Shunday qilib, bunda besh a’zoli ikkita halqa bо‘ladi.

Bu kabi birikmalar xelatlar yoki ichki koordinatsion birikmalar deb ataladi.

Faqat mis emas, balki xrom, kobalt, platina kabi metallar ham glikokol va analin (CH3CHNH2COOH) bilan xelatlar hosil qiladi.

Xelat hosil bо‘lishi uchun ligand molekulasida boshqa – boshqa xossali ikki xil gruppalar (masalan, - NH2 va - COOH) bо‘lishi kerak.

7. Koordinatsion gidritlar. Kislota va amfoter xossali gidritlar asosli gidritlar bilan suvdan boshqa erituvchida (masalan, efirda) reaksiyaga kirishsa, koordinatsion gidrit hosil bо‘ladi:
LiH + BH
3 → Li[BH4]; KH + AIH3 → K[AIH4]

Shuningdek, amfoter gidrit kislotali gidrit bilan ham koordinatsion gidrit hosil qiladi:

AIH3 + 3BH3 → AI[BH4]3

Koordinatsion gidritlar kuchli qaytaruvchi bо‘lgani uchun laboratoriyada turli sintezlarni о‘tkazish uchun qaytaruvchi sifatida ishlatiladi.

8. Metallorganik birikmalarga о‘xshash koordinatsion birikmalar. Hozirda tarkibida organik ligandlar bо‘lgan juda kо‘p koordinatsion birikmalar olingan, masalan, Fe (C5H5)2 ― f ye r r o s ye n (170S suyuqlanadigan, 2490S da qaynaydigan diamagnit, jigar rang tusli juda barqaror kristall modda). Cr(C6H6)2 d i b ye n z o l x r o m 2840S da suyuqlanadigan tо‘q – jigar rangli qattiq (suvda erimaydi, diamagnit organik erituvchilarda eriydigan) modda, Li [Cr(C6H5)66] – l i t i y g ye k s a f ye n i l x r o m va hokazolar.

9. Metall karbonillar. Metallarning uglerod (II) – oksid bilan hosil qilgan birikmalari – karbonillar deb ataladi.

Ni(CO)4 birinchi olingan karbonil. Karbonil diamagnit modda hisoblanadi. Karbonillar toza metallar olishda katta ahamiyatga ega.

10. Kо‘p о‘zakli koordinatsion birikmalar. Ba’zi koordinatsion birikmalarda bir necha metall atomi markaziy ion vazifasini bajarishi mumkin. Bunday koordinatsion birikmalar k о‘ p о‘ z a k l i k o o r d i n a s i o n birikmalar deb ataladi. Bularda markaziy ionlar bir – biri bilan «kо‘prik rolini» bajaruvchi atom (kislorod) yoki atomlar gruppasi (OH, O-O, NH2, NH) orqali bog‘langan bо‘ladi. Kо‘prik rolini masalan, OH-, NH, O2-, S2-, Cl-, CH3COO-, SO42- о‘tashi mumkin.

Kо‘prik vazifasini bajaruvchi ligandlar ikkita markaziy ion bilan birikkanligi (ya’ni ikki ichki sferaga taalluqli ekanligi) uchun boshqa ligandlarga qaraganda kamroq aktivlik namoyon qiladi. Kо‘p о‘zakli koordinatsion birikmalar ayniqsa metallarning oktaedrik ammiakatlari, aminatlari sifatida kо‘p uchraydi. Bir necha koordinatsion sferalarni bir – biri bilan bog‘lovchi kо‘priklar soni kompleksda turlicha bо‘lishi mumkin. Ikkita oktaedri bir – biri bilan bitta kо‘prik ― ligand orqali birikkanida bir koordinatsion sferaning bitta chо‘qqisi, ikkinchi koordinatsion sferaning bitta chо‘qqisi bilan ligand orqali birlashadi, masalan ;
[(NH
3)5 Cr – NH2 – Cr(NH3)5]5+
Koordinatsion sferalar bir – biri bilan ikkita kо‘prik ligand orqali birlashishi mumkin, masalan, oktaammin – μ – amido – μ – gidroksokobalt (III) – nitrat :
(sxema holda: )



Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin