Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 3-son
99
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi va balansi
(2020-yil yanvar-dekabr, AQSh dollari)
№
Ko‘rsatkichlar
2019-y.
2020-y.
O‘sish
sur’ati, %da
Jamiga
nisbatan, %da
1.
Tashqi savdo aylanmasi
41 751,0
36 299,3
86,9 %
x
2.
Eksport
17 458,7
15 127,7
86,6 %
100,0
3.
Tovarlar
9 105,6
7 319,4
80,4
48,4
4.
Xizmatlar
3 434,8
2 003,9
58,3
13,2
5.
Oltin
4 918,3
5 804,4
118,0
38,4
6.
Import
24 292,3
21 171,5
87,2 %
100,0
7.
Tovarlar
21 866,5
19 955,1
91,3
94,3
8.
Xizmatlar
2 425,9
1 216,4
50,1
5,7
9.
Saldo
-6 833,6
-6 043,8
x
x
10. Eksport (oltinsiz hajm)
12 540,4
9 323,3
74,3 %
x
Bunda, birinchidan, respublikaning Umumja-
hon Savdo Tashkilotiga kirishi to‘g‘risida boradi,
ya’ni O‘zbekistonning har qanday mamlakat bilan
ikki tomonlama tashqi savdo siyosati borasida UST
tizimlarida savdo bahslarini ko‘rib chiqish
imkoniyatlari, O‘zbekiston tovarlariga miqdoriy
cheklashlar kiritish jarayonini murakkablashtirish,
qarshi talablarni kelishish va boshqa ko‘plab
imkoniyatlarni beruvchi ko‘p tomonlama siyosatga
aylandi.
Ikkinchidan, bu xorijiy mamlakatlar bilan
o‘zaro savdoni erkinlashtirish, manfaatdor mamla-
katlar orasidagi savdo oqimining tuzilishi va o‘zga-
rishi masalalarini savdo-iqtisodiy hamkorlik
bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar darajasida
yechishdir. O‘zbekiston va YeI orasida imzolangan
hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘zbek tovarlarining
YeIga a‘zo mamlakatlar bozorlariga kirishiga yor-
dam beradi, uning asosida O‘zbekiston va bir qan-
cha Yevropa mamlakatlari o‘rtasida milliy buyum-
larni GFR hududiga kiritishning sharoitlari to‘g‘risi-
dagi bitim imzolandi.
Uchinchidan, tashqi siyosat sohasidagi vazifa
mintaqaviy guruhlarga a‘zo mamlakatlarning kol-
lektiv proteksionizmga qarshi turish imkonini be-
ruvchi savdo-siyosiy birlashmalar tuzishdir. Ikki
tomonlama soliq solishni istisno qilish va kapital
kiritishni himoya qilish, TIF qatnashchilarining kon-
sultatsiyasi va xabardorligi bo‘yicha o‘zbek savdo
vakolatxonalari hamda davlat organlari va ijtimoiy
birlashmalar masalalari bo‘yicha tuzilgan bitimlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Savdo-iqtisodiy muno-
sabatlar sohasida islohotlar erkin savdo mintaqasini
shakllantirish jarayoni va Bojxona ittifoqini yaratish
jarayonida amalga oshiriladi [10].
Bugungi kunda O‘zbekiston, jahonning
170 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini
amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan sal-
moqli hissasi Rossiya Federatsiyasi (16,7 foiz),
Xitoy Xalq Respublikasi (16,6 foiz), Qozog‘iston
(8,3 foiz), Koreya Respublikasi (7,4 foiz), Turkiya
(5,6 foiz), Qirg‘iziston Respublikasi (2,0 foiz) va
Germaniyada (2,0 foiz) qayd etilgan.
Dostları ilə paylaş: