Mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish


INNOVATSIYA VA INVESTITSIYA



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix07.07.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#136045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
investisiya

INNOVATSIYA VA INVESTITSIYA


Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 3-son
 
 98 
kalava, infuziya va inyeksion qorishma ko‘rinishi-
dagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil 
etish, Auminzo-Amantoy konlari hududida oltin 
mavjud konlarda qazib chiqarish va qayta ishlash 
bo‘yicha qurilish ishlari I-II bosqich, “Muruntau” 
karyeriga qayta ishlov berish (V navbat) I bosqich, 
texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha 
majmua qurilishi (I-II bosqichlar), Toshkent metall 
zavodi qurilishi va boshqa yirik investitsiya loyi-
halari doirasida o‘zlashtirilgan investitsiyalar sabab 
bo‘ldi. Shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investit-
siyalar hisobidan o‘zlashtirilgan ivestitsiyalar 2019-
yilga nisbatan 32,7 %ga kamaydi.
Buni o‘tgan yilda amalga oshirilgan sement 
ishlab chiqarishni tashkil etish, “Tashkent city” XIM 
hududida “Congress Hall” va besh yulduzli “Hilton” 
mehmonhonasining qurilishi, metallni qayta ishlash 
zavodi qurilishi, to‘qimachilik fabrikasi qurilishi va 
boshqa loyihalar bo‘yicha investitsion faollik bilan 
izohlash mumkin.
2020-yil yanvar-dekabr oylarida 86 647,0 
mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 
42,9 %i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 
o‘zlashtirildi. Jami xorijiy investitsiya va kreditlar 
tarkibida xorijiy investitsiyalar 32 847,2 mlrd. 
so‘mni tashkil etdi va qolgan 53 799,8 mlrd. so‘m 
xorijiy kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi. To‘g‘ridan 
to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 
joriy davrda 64179,9 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan 
bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 22 
467,1 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. 
Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning 
2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 
90,6 %ni tashkil etdi [11]. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda, O‘zbekiston 
Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining 
xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, 
shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali 
iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga 
qaratilgan faoliyati tushuniladi. “Tashqi iqtisodiy 
faoliyat deganda, O‘zbekiston Respublikasi yuridik 
va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning 
yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro 
tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni 
o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati 
tushuniladi” [10].
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan 
yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respubli-
kasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘l-
gan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga 
olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat 
bilan shug‘ullanishga haqlidir. Tashqi iqtisodiy fao-
liyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi 
yo‘llar bilan amalga oshiriladi: 
− tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik 
negizini shakllantirish va takomillashtirish; 
− valyuta bilan tartibga solish; 
− soliq bilan tartibga solish; 
− tarif va notarif tartibga solish; 
− O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy 
manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompen-
satsiya va dempingga qarshi choralarni qo‘llash; 
− tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish 
tartibini belgilash, shu jumladan, miqdoriy cheklov-
lar o‘rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eks-
port va import qilinishi ustidan davlat monopo-
liyasini o‘rnatish; 
− eksport-import operatsiyalarini amalga 
oshirishda talab qilinadigan hujjatlarning to‘liq ro‘y-
xatini belgilash; 
− o‘z xossa hamda xususiyatlariga ko‘ra yalpi 
qirg‘in qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik 
(biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib 
berish vositalarini (raketalar va yalpi qirg‘in quro-
lini yetkazib berishga qodir boshqa texnika vosita-
larini), boshqa turdagi qurol-yarog‘ hamda harbiy 
texnikani yaratishda muhim hissa qo‘shishi mumkin 
bo‘lgan, eksport nazorati obyektlari ro‘yxatlarida 
ko‘rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texni-
ka axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat 
natijalariga nisbatan eksport nazoratini o‘rnatish; 
− olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovar-
larni sertifikatlash; 
− texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, vete-
rinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, eko-
logiya standartlari, talablari, qoidalari va normala-
rini belgilash; 
− tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun 
preferensiya va imtiyozlar berish [10]. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan 
tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa-
cha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. Tash-
qi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan boshqarish 
uni moliyaviy, valyuta, kredit, bojxona tarif va 
tarifdan tashqari tartibga solish, eksport nazoratini 
ta’minlash, tovarlarni olib kirish va olib ketish mu-
nosabati bilan sertifikatsiyalash sohasidagi siyosati-
ni belgilab olishdan iborat. Bunday boshqarishning 
barcha yo‘nalishlari amaldagi qonunchilikka asosla-
nadi. Davlatning eng muhim vazifalaridan biri 
tashqi iqtisodiy faoliyat va u asosida tashqi iqtisodiy 
siyosatning boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik 
qiladigan qoidasini ishlab chiqishdir.
Davlat tomonidan boshqarish (tartibga so-
lish)ning maqsadi barcha darajadagi, foydali tashqi 
iqtisodiy faoliyatni ta’minlovchi huquqiy-iqtisodiy 
va tashkiliy sharoitlarni yaratishdir. Bu bosqichda 
eksportni rivojlantirish davlat dasturida belgilan-
gan strategik maqsadni amalga oshirish uchun sha-
roit yaratish zarur: eksport qilinadigan mahsulot 
sifatini yaratish, eksportning tovar va geografik 
tuzilmasini takomillashtirish kerak. Xalqaro ama-
liyotga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z strategik maqsadlarga 
erishishiga yordam beradigan tashqi savdo sohasi-
dagi masalalarni hal etishi zarur.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin