Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 3-son
100
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta
yirik
hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tash-
qi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston
(213,7 mln. AQSh dollari), Qirg‘iziston Respublikasi
(138,8 mln. AQSh dollari), Tojikiston (93,7 mln.
AQSh dollari), Turkiya (42,8 mln. AQSh dollari),
Fransiya (23,6 mln. AQSh dollari) va Eron (8,0 mln.
AQSh dollari) shular jumlasidandir. Qolgan 14 ta
davlat bilan passiv tashqi
savdo balansi saqlanib
qolmoqda [10].
Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xusu-
san, tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan
islohotlarning pirovard
natijasi aholining turmush
darajasi o‘sishiga bevosita o‘z ta'sirini o‘tkazadi.
2020-yilning yanvar-dekabr oylari O‘zbekis-
ton tashqi savdo aylanmasida Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari ulushi 32,6 foizni,
Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII)
davlatlarining
ulushi 27,1 foizni tashkil qilgan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 13,3
mlrd. dollar, import esa 16,7 mlrd. dollarni tashkil
etdi. Bunda tovarlar eksporti 5,9 mlrd. dollarga yet-
gan bo‘lib, ularning eng katta qismi sanoat tovarla-
riga to‘g‘ri kelgan. Tovarlar importi esa jami 15,7
mlrd. dollarni tashkil qilgan bo‘lib, ularning 37,8
foizini mashinalar va
transport asbob-uskunalari
egallagan. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonning
eng yirik savdo hamkori Xitoy Xalq Respublikasi
bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanma-
sining umumiy hajmi 5,1 mlrd. dollarni tashkil qilib,
shuning 1,57 mlrd. dollari eksport, 3,5 mlrd. dollari
esa importga to‘g‘ri keladi. DSQ ma’lumotlariga
ko‘ra, tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20
ta yirik
hamkor-davlat orasidan beshta davlatda faol tashqi
savdo balansi kuzatilgan. Xususan, Afg‘oniston
(607,7 mln. dollar), Qirg‘iziston (508,4 mln. dollar),
Tojikiston (242,3 mln. dollari), va Eron (40,9 mln.
dollar) shular jumlasidandir. Qolgan 16 ta davlat
bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda
[12].
Dostları ilə paylaş: