Xulosa va takliflar. Xulosa qilib shuni ayti-
shimiz mumkinki, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan
iqtisodiy islohotlarning mazmuni ijtimoiy yo‘nalti-
rilgan bozor iqtisodiyotini muvaffaqiyatli joriy etish
hisoblanadi. Mamlakatimizda qabul qilingan qonun-
lar ijtimoy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini
keng qo‘llashga imkon beradigan ko‘p ukladli iqti-
sodiyotni shakllantirishda aniq ijtimoiy-huquqiy
asoslar yaratadi.
O‘zbеkistоnning хаlqаrо iqtisоdiy mаydоndа-
gi nufuzi vа mаvqеyi sеzilаrli dаrаjаdа vа muntа-
zаm оshib bоrmоqdа. Bundа mаmlаkаtimiz rаhbаri
Shavkat Mirziyoyev tоmоnidаn ijtimоiy-iqtisоdiy
rivоjlаnish strаtеgiyasining puхtа ishlаb chiqilgаn-
ligi, iqtisоdiy islоhоtlаr mаqsаdi vа vаzifаlаri, аmаl-
gа оshirish yo‘llаrining аniq vа to‘g‘ri ko‘rsаtib bе-
rilgаnligi bоsh mаqsаd yo‘lidаgi yutuq vа mаrrаlаr-
ning sаlmоqli bo‘lishigа imkоn yarаtdi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish or-
qali iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirish
imkonini beradi va bu iqtisodiyotda yangi ish o‘rin-
larini tashkil etish va rivojlanish garovi bo‘lib xiz-
mat qiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharo-
yitida yurtimizga zamonaviy texnoligiyalar olib
kelib, sanoat ishlab chiqarishini yangilash va mo-
dernizatsiyalash jarayonlarini olib borishni investit-
siya faoliyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Investitsiya
loyihalarini jalb qilish nafaqat davlat iqtisodiyotini
yuksaltiradi, balki aholi turmish darajasini yaxshi-
lashda ham katta samara beradi. Ya’ni maishiy muh-
tojliklarning katta bo‘limi qanoatlantiriladi, ishlab
chiqarish kengayadi, yangi mehnat kuchlari shaklla-
nadi, eski va og‘ir mehnat turmushidan yangi, yengil
va samarali mehnat faoliyatiga o‘tiladi. Davlatning
kelajakdagi iqtisodiy yuksalish darajasini bugungi
jalb qilingan investitsiya loyihalari va investitsion
jarayonlar belgilab beradi. Mamlakatizmizda amal-
ga oshirilayotgan bozor islohotlarining hozirgi bos-
qichida investitsiya siyosati iqtisodiyotdagi barqa-
rorlik, tarkibiy va sifat o‘zgarishlarini belgilovchi
muhim omil bo‘lmoqda. Doimiy olib borilayotgan
investitsiya siyosati yurtimizda xorijiy va mahalliy
investorlar uchun har tomonlama qulay investitsiya
muhitini yaratish imkonini yaratmoqda.