Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda maktabgacha ta'lim yo'nalishidagi olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar tahlili



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə14/30
tarix12.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#96758
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda maktabgacha ta\'lim yo\'nali

"Doira" o'yini
Bolalar doira bo'lib o'tirib oladilar. Bunda har bir bola doiradagi qolgan bolalarni ko'rib turishi lozim. Tarbiyachi: "Ana endi hech kim chekkada qolib ketmaganligini bilish uchun, bir-birimiz bilan ko'zlarimiz yordamida salomlashib chiqamiz. Men birinchi bo'lib boshlayman. Men hamma bilan salomlashib bo'ganimdan so'ng mening qo'shnim salomlashishini boshlaydi". Tarbiyachi har bir bola bilan salomlashib bo'lgach, yonidagi bolaning yelkasini qoqib qo'yadi. Shundan so'ng keyingi ishtirokchi salomlashishini boshlaydi. O'yin shu tariqa oxirgi bolagacha davom etadi.
"Ko'zgu" o'yini
Tarbiyachi: "Menimcha, har biringizning uyingizda ko'zgu bo'lsa kerak, shundaymi? Ko'zgusiz ko'rinishimiz qandayligini bilish qiyin kechadi. Xo'sh agar qo'l ostingizda ko'zgu bo'lmasa nima qilish kerak? Kelinglar, bugun sizlar bilan ko'zgular o'yinini o'ynaymiz. Hozir har biringiz o'zingizning juftingizni topib, bir-biringizga qarab turib olasiz. Kim odam, kim ko'zgu rolini bajarishini aniqlab oling. Keyin esa rollaringiz bilan almashasiz. Ko'zgu odamning har bir harakatini aniq takrorlasin. Chunki noaniq harakat qiluvchi ko'zgular bo'lmaydi. Tayyormisiz? Qani bir harakat qilib ko'raylikchi!
n
Tarbiyachi o'ziga sherik topib o'yinni qanday o'ynash kerakligini bolalarga ko'rsatadi. Shundan so'ng bolalar mustaqil harakat qila boshlaydilar. Tarbiyachi esa bolalarning harakatlarini kuzatib boradi. Qiynalayotgan juftliklarga yordam beradi.
"Shamol esmoqda" o'yini
Bolalar doira bo'lib stullarga o'tirib oladilar. Boshlovchi: "Kiyimida qizil rang bo'lganlarga shamol esmoqda"- deydi. Shunda kiyimida qizil rangi bo'lgan bolalar o'rinlaridan turib, joylarini almashtirishlari kerak. Aynan shu paytda boshlovchi o'ziga bo'sh stul topib o'tirib oladi. Stulsiz qolgan bola boshlovchilik qiladi. Barcha bolalarni turg'azib yuborish uchun "Bo'ron boshlandi" deyish mumkin.
"Sovg'a" o'yini
O'yin awalida tarbiyachi: "Bolalar, kim sovg'a olishni yaxshi ko'radi? Siz nimani yaxshi ko'rasiz? Bugun siz bilan o'ylab topilgan sovg'alar berish va olish o'yinini o'ynaymiz. Tasawur qiling, siz xohlagan sovg'angizni do'stingizga taqdim etishingiz mumkin. Do'stingizga qarang, unga nima sovg'a qilgan bo'lar edingiz? Keling, doira bo'ylab bir-birimizga xatti-harakatlar orqali sovg'alar taqdim etamiz. Sovg'a olgan kishi minnatdorchilik bildirishni unutmasin". Bolalar bir-birlariga sovg'a berib bo'lganlaridan keyin, qaysi sovg'a eng yoqimlisi bo'ldi, sovg'a berish yoqimlimi yoki olishmi savollari bilan bolalarga murojaat qilish mumkin.
"Nima dumalaydi?"
Bu o'yin bolalarni narsalarning shakli bilan tanishtiradi. Bolalar bilan quvnoq o'yin-musobaqa uyushtiring, kim, o'z shaklini pol yoki stolga o'rnatilgan o'yinchoq darvozadan tezroq dumalatib o'tkazadi. Dumalatish uchun sharcha va kubni taklif eting. Awaliga bolalar uchun darvozaga nimani dumalatib kiritishning farqi bo'lmas, lekin bir necha urinishdan so'ng u sharchani tanlagan odam yutayotganini tushunib qoladi. Xuddi shu paytda - nega aynan sen shu shaklni, sharni dumalatmoqchisan? - deb so'rang. Unga o'z xatti-harakatini asoslash, xulosa chiqarishiga yordamlashing. "Sharcha dumalaydi, kubik dumalamay to'xtab qoladi". Bola e'tiborini kubdagi o'tkir qirralarga qarating. Shaming tekisligini, qirralari yo'qligini ko'rsating. Shar va kub tasvirini chizib ko'rsating. Rasmda ular oddiygina doira va to'rtburchak shaklida namoyon bo'ladi. Bolaga shar va kub rasmini chizishni taklif qiling.
"Qo'g'irchoqni kiyintiramiz"
Bolalar narsalar kattaligi bilan tanishishda turli o'lchamdagi bir xil predmetlarni taqqoslashdan foydalanadilar. Ularga 2 ta qo'g'irchoq (katta va kichik) va ikkita kiyim-kechak to'plamini tavsiya eting. Qaysi kiyim qaysi qo'g'irchoqqa tegishli ekanligini aniqlash bolalarga havola etiladi. Qo'g'irchoqlar sovuq yeyotgani, ularni kiyintirish lozimligini ayting. Agar bolalar kiyimlarni taqsimlashda xato qilsa, hechqisi yo'q. Kiyimlar qo'g'irchoqqa katta yoki kichik kelganini bolaga ko'rsating. Topshiriq to'g'ri bajarilgach, bolalarni rag'batlantirib: - katta qo'g'irchoqqa katta ko'ylak, kichik qo'g'irchoqqa kichik ko'ylak kiydirdik - deb ayting.
Agar sizda kerakli o'lchamda qo'g'irchoq va kiyim bo'lmasa, uni boshqa narsalar bilan almashtirish mumkin. Karton qog'ozdan yasalgan qo'g'irchoqqa qog'ozdan qirqilgan kiyim-kechak tayyorlab berish mumkin. Topshiriqni bir oz murakkablashtirish uchun 3 ta qo'g'irchoq va ular uchun kiyim-kechak tayyorlash kifoya.
"Sichqonchani yashir"
Bolalar narsalarnig rangiga e'tibor qilishni o'rganishlari uchun turli rangdagi qog'ozlardan katta to'g'ri to'rtburchaklar tayyorlang, har bir shakl o'rtasidan darcha qirqing. Tagiga sichqon rasmi chizilgan oq qog'ozni yopishtiring. Sichqon derazadan qarab turgan bo'ladi. Derazadan- kattaroq o'lchamda to'rtburchakli eshik tayyorlang. Bolaga o'yinchoq mushukni ko'rsatib u sichqon ovlagani ketayotganini ayting. Har bir sichqonchani yashirish uchun derazani shu rangdagi eshik bilan yopish kerak. Shunda mushuk derazani payqamay qoladi. Mushuk uxlayotganda bolaga sichqonchalarni yashirish imkonini bering. Keyin mushukni ovga chiqaring. Agar bola topshiriqni noto'g'ri bajargan bo'lsa mushuk sichqonchani olib ketadi. Agar bu hoi bolani xafa qilsa, xatosini to'g'rilashga imkon bering.
"Xuddi menday bajar"
Bolalar ketma-ket turishadi. Har bir orqadagi bolaning qo'li oldidagisining yelkasida turadi. Olib boruvchining birinchi ishorasida birinchi bola o'ng qo'lini yuqoriga ko'taradi, ikkinchi ishorada ikkinchi bola qo'lini ko'taradi va hokazo.
Hamma bolalar o'ng qo'llarini ko'targanlaridan so'ng, xuddi o'sha tartibda chap qo'llarini ko'tarish taklif etiladi. Keyingi ishora bilan bolalar awal o'ng qo'llarini, so'ngra chap qo'llarini pastga tushiradilar. O'yin ikki marta takrorlanadi, ikkinchi martasida tezlik oshiriladi, xatolikka yo'l qo'ygan bola o'yindan chiqadi.
Mashq ixtiyorsiz diqqatni oshiradi.
"Yer, suv, havo, olov"
Bolalar davra qurib o'tiradilar. Olib boruvchi o'yin sharti bilan tanishtiradi: agar u "yer" desa, hamma qo'lini pastga tushirishi kerak, agar "suv" desa qo'llarini oldinga cho'zadi, "havo" deganda qo'llarini tepaga ko'taradi, "olov" so'zida har ikki qo'l kaft va bilaklarini tashqaridan ichkariga aylantiriladi. O'yin ikki marta takrorlanadi, ikkinchi marta adashgan o'yindan chiqadi.
Mashq eshitish va harakat sezgilarini, diqqatni rivojlantirishga qaratilgan.
"Nimadan nima bo'ladi?"
Bolalar davra qurib o'tiradilar. Olib boruvchi navbat bilan bolalarga murojaat etib savol beradi: "Nimadan nima bo'ladi?" Tuxum, jo'ja boshqalar. Agar bolalardan javob chiqmasa, olib boruvchi har bir so'zga bir necha variantlarni aytib berishi mumkin. Masalan tuxumdan jo'ja... Qaysi bola eng ko'p variantlarni aytsa, uni g'olib deb topiladi.
Mashq diqqat, tasawur, fikrlash, nutqni rivojlantiradi.
"Nima bo'ladi, agar ..."
Har bir bolaga biron tirik jonzot to'g'risida (odam, xayvon) ertak, hikoya o'ylab topish taklif etiladi. Har bir bola o'ylab topgan hikoyasini qolganlarga aytib beradi. O'ylab topish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
Mashq tasawur va nutqning rivojlanishiga yordam beradi.
"Oila" rasmining tahlili (ota-onalar uchun)
Sizning oldingizda bolangiz chizgan rasm turibdi. Rasm orqali nimalarni anglash mumkin? Esda tuting, bolangiz chizgan rasmdan o'z aksingizni topishingiz mumkin. Ular orqali oilangizda yuz berayotgan voqea va xodisalardan ogoh bo'la olasiz. Rasm orqali oiladagi kelishmovchilik, bolaning ruhiy kechinmalari to'g'risida ma'lumotlar olishingiz mumkin.
Ular: 5

  • Oila a'zolarining ba'zi birlari rasmda aks etmasa, demak u shaxs bola uchun ahamiyatsiz, demak rasmda esdan chiqarilgan shaxs bolani hafa qilgan. Aka- ukalarning rasmlari chizilmagan bo'lsa yoki sxemali, yuzsiz, kichik hajmda chizilsa, ota-ona mehriga nisbatan qizg'anchiqlik, raqobatdan dalolat beradi. Ko'pincha aka- ukalar hayvonlar rasmi orqali tasvirlanadi.

  • Ba'zi-bir rasmlarda bola o'zini va o'ziga yaqin odamlarning rasmini chizadi. Ota-onalarini tasvirlashmaydi. Demak, ota-onasi bolaga kam e'tibor berishadi. Bolaning yuz tuzilishlari qalam bilan qattiq yurgizilgan, qo'llari katta-katta chizilgan, demak bola atrofdagilarning muhabbati va diqqatiga sazovor bo'lish uchun intilayapti. Agar bola faqat o'zinigina ifodalasa, demak bola faqat o'zini o'ylashidan, atrofdagilar bilan muloqotda bo'lmasligidan darak beradi. Aks ettirilgan oila a'zolarning joylashishi va hajmi oilaviy o'zaro muhabbatning psixologik xususiyatlarini ifodalaydi va bola buni qanday sezishini tasawur etishni ko'rsatadi.

Masalan, rasmda kimning bo'yi eng baland bo'lsa, o'sha oilada bosh bo'ladi, kimning rasmini o'z yonida ifodalasa, o'sha bilan yaxshi muloqotga killshadi. Agar bola o'zini alohida chizgan bo'lsa, demak bola yolg'izlanib qolgan bo'ladi. Oila a'zolari bir-biriga yaqin joylashtirgan bo'lsa, bola ularni birlashtirishga harakat qilayotganini ko'rsatadi.
Rasm orqali bola o'z fikrini, xohishini, nimadan xavotir olishlarini, nimadan qo'rqishlarini rasmda ifodalab berishlari mumkin. Oila a'zolaridan kim bilan ko'proq birga bo'lsa, o'shaning rasmini chizadi. Odamlarning oyoqlari qalin qilib chizilgan bo'lsa, bu oiladagi kelishmovchilikdan dalolat beradi. Ba'zi bir bolalar otalarini qo'lsiz, og'izsiz chizishadi, demak bu ota og'lini ko'p jazolaganidan, u bilan kam gaplashishidan dalolat beradi. Agar oilada yaxshi munosabat bo'lsa, aks ettirilgan shaxslar yuzida quvnoqlik aks etgan, yaxshi munosabat bo'lmasa, rasmlar sxema usulida berilgan bo'ladi.
Jismoniy tomondan jazolangan bola o'zini juda kichik hajmda aks ettiradi, ota-onasining tishlari va qo'llarini uzun qilib tasvirlashadi. Agar bola qo'llarini qo'lini tepaga qaratib chizsa, bu bolaning vajohatidan dalolat beradi. Agar rasmda oyoqlar proportsional chizilmasa, demak o'sha odamning o'ziga nisbatan ishonchi yo'q. Oyoqlar uzun-uzun qilib chizilsa, bu bolaning mustaqil bo'lishga ehtiyoj borligidan dalolat beradi.
Quyidagi holatlarni rasm orqali izohlasa bo'ladi:

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin