Dasturiy-maqsadli yondashuv (A.G.Aganbegyan, V.G.Afanasev, E.P.Golubkov; V.A.Irikov, K.Kostov, Sh.Qurbonov, E.Seytxalilov, I.S.Ladenko, G.S.Pospelov, K.Simeonova, N.Stefanov, I.K.Shalayev va boshqalar), boshqariladigan obyekt parametrlarini berilgan dastur asosida o'zgartirish mumkinligini taqozo etadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimini ishlab chiqishda quyidagilarni dasturiy-maqsadli yondashuvning muhim asosiy qoidalari deb hisoblash mumkin:
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimini ishlab chiqishda maqsadni qo'yishning yetakchilik rolini e'tirof etish.
Maqsadlarning ko'p darajaliligini asoslash, uni vazifalarga moslashtirish zarurligi, ularning mantiqiy va hajmiy nisbatlarini ochib berish.
Texnologik sxemani amalga oshirishni dasturiy-maqsadli yondashuvning mexanizmi sifatida ajratish, u tashqi va ichki vaziyatni tahlil qilishning o'zaro bog'liq bosqichlarini, maqsadlarni shakllantirishni, ularga erishish dasturlarini ishlab chiqishni, uning bajarilish muvaffaqiyatini baholashni o'z ichiga oladi..
Kvalimetrik yondashuv (G.G.Azgaldov, A.N.Glichev, A.I.Subetto va boshqalar) sifatni o'lchashning prinsipial muhimligini asoslaydi hamda o'lchash-baholash funksiyalarining mazmuniga va usullariga talablarni qo'yadi.
Ishlab chiqilayotgan boshqaruvning nazariy asosini qurish uchun quyidagilar alohida ahamiyatga egadir:
Kvalimetriyaning uslubiy prinsiplari (A.N.Glichev).
Ijtimoiy qadriyat sifatida, "barkamol shaxs"ni shakllantirishga va rivojlantirishga ijtimoiy ehtiyojlarni to'la darajada qondirish nuqtai nazaridan, ta'lim sifatini baholashga yondashish (A.I.Subetto).
Insonparvarlikka yo'naltirilgan kvalitologik shkalalar g'oyasi, ularda "insonning o'zi hisobni boshlash nuqtasi hisoblanadi" (I.A.Kolesnikova) va ular, eng awalo, bola shaxsini to'laqonli rivojlantirishga yordam beruvchi shart-sharoitlarni baholashga yo'naltiriladi.
Sintetik kvalimetriya mazmuniga nafaqat miqdoriy, balki sifat baholashlarini ham kiritish vositasida uning predmetini kengaytirishning maqsadga muvofiqligi haqidagi qoida (A.I.Subetto).