Tizimiy-genetik yondashuv tizimning rivojlanishidagi uzviylik mexanizmlarini ochib beradi. Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayoni sifati va samaradorligi tnuammolarini tadqiq qilishda tizimiy-genetik yondashuvning quyidagi qoidalari alohida ahamiyatga ega bo'ladi:
Tashkil etish va boshqarishning dualligi qonunida aks otgan tizimning evolyusiyasidagi (barqarorlik va o'zgaruvchanlik) lkki tomonlama mexanizmni e'tirof qilish. Mexanizmlarning birinchisi (barqarorlik) ijobiy holatlarni, ya'ni "o'tgan vaqtdagi" holatlarni jamlash va saqlash bilan tavsiflanadi, ikkinchisi esa (o'zgaruvchanlik) - yangi ilg'or g'oyalarni kiritish yo'li bilan mavjud g'oyalarni ko'paytirish, ya'ni "kelgusi davrga" jamg'arish bilan xarakterlanadi. Mazkur qoida tashqi muhitning barqarorligi sharoitida boshqariladigan obyekt parametrlarini saqlab qolishga qaratilgan amal qilishni boshqarishni tashkil etish va obyektning mohiyatini belgilaydigan hamda yangi sifat holatiga o'tishini ta'minlaydigan boshqaruv obyektining tuzilmasini va xususiyatlarini o'zgartirishga qaratilgan innovatsion faoliyatni kengaytirish bilan bog'liq rivojlanishni boshqarish zarurligini asoslaydi.
Har qanday tizimni rivojlantirish va asrash asosi sifatida funksiyalarning dolzarblashuvi prinsipini ajratish (o'z faoliyat ko'rsatishining xarakteriga mos yaxlit xususiyatlarning elementlarini egallash). Bu qoidani maktabgacha ta'lim sifatini ta'minlashga nisbatan tatbiq etish quyidagilarni nazarda tutadi: a) boshqaruv tashkiliy tuzilmasining boshqariladigan obyektga muvofiq kelishini aniqlash; b) boshqaruv funksional tarkibining ta'lim sifatini ta'minlash maqsadlariga moslashuvi.
Majmuaviy yondashuv tizimiy yondashuv bilan bevosita bog'liqdir va unga majburiy qo'shimcha hisoblanadi. Majmuaviy yondashuv nuqtai nazaridan maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish quyidagilarni taqozo qilishi kerak:
Boshqaruv faoliyatini turli fanlar, birinchi navbatda, kvalitologiya (U.Inoyatov, X.Rashidov, A.I.Subetto), kibernetika, sistemologiya, psixologiya, pedagogika va hokazolar, fanlari sohasidagi bilimlarga tayangan holda tashkil qilish.
O'zaro bog'liq ikki jarayonning muvofiqligini ta'minlash: amal qilish va rivojlanish.
O'zaro bog'liqlikni aniqlash: a) boshqaruv maqsadlari va ularni amalga oshirish yo'nalishlari; b) barcha boshqaruv subyektlarining harakatlari; v) ta'limiy, rivojlantiruvchi, takomillashtirish va uzviylik maqsadlari, shuningdek, ularga erishish yo'llari.
Maktabgacha ta'lim sifatini belgilovchi barcha eng muhim tashqi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ekologik, ijtimoiy-madaniy) va ichki (ijtimoiy-psixologik, pedagogik, tashkiliy-boshqaruv) omillarriing ta'sirini hisobga olish.