O'zaro hamjihatlik prinsipi. Amal qilish shart- sharoitlaridan qat'iy nazar, har qanday pedagogik holat o'zicha, o'z qobig'iga o'ralgan holatda emas, balki faqat o'rab turgan borliqdagi boshqa jarayonlar bilan o'zaro hamjihatlik asosidagina mavjud bo'ladi. Hamjihatlik har qanday tuzilma elementlari aloqasining usuli, uning o'zgaruvchanligi va barqarorligining asosi hisoblanadi, shu sababli u yoki bu obyektning mohiyatiga kirib borish zarurati uni pedagogik faoliyatning boshqa holatlari bilan turli munosabatlar orqali ko'rib chiqishni taqozo etadi. U yoki bu obyektlar o'zaro hamjihatligining vositalarini bila turib, ularning istalgan paytdagi holatini prognoz (bashorat) qilish mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirish doirasida o'zaro hamjihatlik prinsipi quyidagilarni nazarda tutishi kerak:
ta'lim jarayoni holati, uning natijalari va ularni keltirib chiqargan tashqi va ichki omillar o'rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini aniqlash va shundan kelib chiqqan holda, ularning kelgusi o'zgarishlarini bashorat qilish; maktabgacha ta'lim jarayoni sifatini loyihalashtirishning asosi sifatida tahlil va bashorat qilish natijalaridan foydalanish;
maktabgacha ta'lim jarayoni sifatini xususiyatlarning yig'indisi (integral va oddiy) sifatida ko'rib chiqish, ularning o'zaro hamjihatligining mexanizmini ochib berish;
sifatni takomillashtirishni uning protsessual va natijadorlik qismlarining o'zaro bog'liqligida tadqiq qilish;
sifatni boshqarish jarayonining tuzilmaviy-funksional qismlari o'rtasida zarur aloqalarni o'rnatish;
boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini chiziqli-funksional va asosiy tuzilmaviy birliklarni uyg'unlashtirish prinsiplarida qurish; pedagogik faoliyatni amalga oshirishda xodimlar o'rtasida o'zaro aloqalarni o'rnatish.
Rivojlanish prinsipi. Ushbu prinsip har qanday obyektni paydo bo'lish, shakllanish va o'zgarish jarayonida ko'rib chiqishni; uning ziddiyatli xususiyatini ochib tashlashni, miqdor va sifat o'zgarishlarini hisobga olishni, bir holatdan boshqa holatlarga o'tish imkoniyatini talab etadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligiga tatbiqan bu prinsip quyidagilarni taqozo qiladi:
boshqarish obyektidagi miqdor va sifat o'zgarishlarini ko'rishga, bu o'zgarishlarning xarakterini (progressiv yoki regressiv) aniqlashga imkon beruvchi ta'lim sifatining tizimli monitoringini o'tkazish;
boshqariladigan obyektning real sifatdan potensial sifatga o'tishining sabablarini va vositalarini aniqlash;
boshqaruvni nafaqat boshqaruv jarayonining belgilangan doirada faoliyat ko'rsatishiga, balki uning rivojlanishiga ham yo'naltirish, buning natijasida u yangi sifat holatiga erishadi;
- rahbar tomonidan rivojlanish subyektiv tabiatga egaligining nnglanishi va ta'lim jarayonining sifat holatiga erishishga qaratilgan jamoaning ijodiy o'zgartiruvchilik faoliyatini kengaytirish doirasida inson omilini faollashtirishga e'tiborni jalb
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimini ishlab chiqishda psixologiya va pedagogika tomonidan ifodalangan qator (j'oyalar va qoidalar prinsipial metodologik ahamiyatga egadir.
1. Shaxsning rivojlanishida faoliyatning alohida rolini belgilab beruvchi shaxs va faoliyat nazariyasi3. Ко'rib chiqilayotgan nazariyada maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirish uchun quyidagilar eng muhim masalalar hisoblanadi:
ta'lim tizimlarida faoliyatning asosiy maqsadi va natijasi sifatida bola shaxsining rivojlanishini ajratish, malakalilik, tashabbuskorlik, ixtiyoriylik, mustaqillik, ijodkorlik, xatti-harakat erkinligi va xavfsizlik, o'zini-o'zi anglash va o'zini-o'zi baholash uning asosiy tavsiflari bo'lib may donga chiqadi;
faoliyat va unda bolani to'laqonli rivojlantirishni qo'llab- quwatlash vositasi sifatida predmetli-rivojlantiruvchi muhitni yaratishning alohida ahamiyatini asoslovchi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolani rivojlantirishning faoliyatli asosini predmetli boyitish;