17
To`g’ri
ovqatlanish, bu – parhez tutishga o`tish va o`zingizni ochlik bilan qiynash degani emas. To`g’ri
ovqatlanish – “Nima iste'mol qilsang, bu tashqi qiyofangda aks etadi” degan iborani, organizm to`g’ri faoliyat
ko`rsatishi uchun tanaga tabiiy va foydali mahsulotlar, ularning muvofiqlashtirilgan birikmasi zarurligini aniq
anglash demakdir.
To`g’ri ovqatlanish yordamida ortiqcha kilogrammlardan xalos bo`lish mumkin,
faqat kaloriyalarning
sutkalik me'yori o`ta yuqori bo`lmasligi va oqsillar, yog’lar, uglevodlar muvozanati saqlanishi zarur.
Kaloriyalar va oqsillar, yog’lar, uglevodlarni hisoblash, yosh, vazn, bo`y,
shuningdek, umumiy faollikni
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu ish bilan jiddiy tarzda shug’ullanishni boshlamoqchi bo`lganlarga
taomning zaruriy sutkalik me'yorini hisoblash uchun hisoblagichlar ko`rinishidagi ko`plab dasturlar mavjud.
Ammo qoidaga ko`ra, ko`pchilikda buning uchun vaqt ham, xohish ham yo`q.
Biz siz uchun to`g’ri ovqatlanishning bir haftaga mo`ljallangan, uncha qimmat bo`lmagan
va turli
taomlardan iborat taomnomani taklif qilishga jur'at qildik. Uning asosida siz mustaqil tarzda bir oylik
taomnomani tuzishingiz va unga rioya qilishingiz mumkin bo`ladi. Biroq to`g’ri ovqatlanish taomnomasini
tuzishdan avval bir nechta asosiy qoidalarni uqib olish zarur:
• Tongni bir bo`lak limon solingan bir stakan
suv ichish bilan boshlang, bu organizmning uyg’onishiga
yordam beradi va metabolizmni tezlashtiradi. Kun davomida kamida 1,5 l suv iching;
• Sekin-asta ovqat porsiyalarini qisqartirib boring, dasturxondan oshqozonda og’irlik hissini sezmasdan
avval turing. Kichkina maslahat: ovqatni kichkina likopchalarda desert
qoshiqlar yordamida eng;
• O`zingizni bir xil vaqtda ovqatlanishga o`rgating, taom iste'mol qilishning oraliq vaqti 4 soatdan
oshmasligi kerak. Eng mukammal qoida bo`yicha kuniga 5-6 marta ovqatlanish tavsiya etiladi – nonushta,
18
ikkinchi nonushta, tushlik,
tushdan keyingi choy, kechki ovqat va ochlik sezganingizda yoki juda kech
uxlaydigan bo`lsangiz, uxlashdan taxminan 3 soat oldingi tungi tamaddi.
• Toblangan, dimlangan, qaynatilgan taomlar qovurilgan va dudlangan
ovqatlarga qaraganda ancha
foydali. “Shirinliklar – qalb uchun vitaminlar” ekanligi rost, ammo bunday vitaminlar iste'molini haftasiga bir
martagacha qisqartirgan yaxshiroq;
• Zararli sneklar, gazli ichimliklar, xamirli mahsulotlar, shirikliklar, fastfud, o`ta yog’li va qovurilgan
ovqat ko`rinishidagi rejalanmagan taomlarni iste'mol qilishga tơg’ri kelmasligi
uchun iloji boricha kun
davomida iste'mol qilinadigan ovqatni kechqurun tayyorlab
qo`yishga harakat qiling
Hamda yodingizda tuting, barcha o`zgarishlar ketma-ket va yaxshilab o`ylab olingan bo`lishi kerak.
Ratsionni keskin va qat'iy cheklab qo`yishga organizm ham motivasiyaning yo`qolishi, ortiqcha kilogrammlar
va depressiya ko`rinishidagi buzilishlar bilan “javob qaytarishi” mumkin.
To`g’ri ovqatlanishga rioya qilish yil davomida go`zallik, engillik va a'lo kayfiyat garovidir. To`g’ri
ovqatlanishni boshlang va tez orada hayotingizdagi ajoyib ơzgarishlarni his etasiz!