Ma’naviyatshunoslik



Yüklə 63,7 Kb.
səhifə3/11
tarix20.11.2023
ölçüsü63,7 Kb.
#163058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу маъруза (2)

Ma’naviyat tufayli mamlakatda siyosiy barqarorlik, tinchlik- osoyishtalik va fuqarolararo totuvlik saqlanmoqda. O‘zbekiston xalqi tinchlikning qadrini juda yaxshi biladi, uni asrash va mustahkamlash yo‘lida bor kuch-g‘ayratini ayamaydi. Tinchligimizni buzmoqchi bo‘lgan qabih niyatli guruh va kimsalar xalqning nafratiga duchor bo‘ladi.
Ma’naviyat tufayli iqtisodiy islohotlar yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi, bozor munosabatlari insoniy mazmun va ijtimoiy himoya tamoyili bilan boyitildi, yangi dunyoqarash va ma’naviyat sohibi bo‘lgan tadbirkorlar sinfi shakllandi.
Ma’naviyat tufayli ma’rifiy islom rivojiga keng yo‘l ochildi, u xalqning imoni va turmushidan mustahkam o‘rin egalladi. 2007-yilda Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan 2017 yili Toshkent halqaro islom akademiyasi hamda 2018-yilda Samarqandda “Imom al-Buxoriy ilmiy markazi”ning barpo etilishi xalqimizning muqaddas dinimiz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi jahon bo‘ylab tan olinganini isbotladi.
Ma’naviyat tufayli ta’lim sohasi tubdan yangilandi, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash tizimi yaratildi, ilm-fan rivojlandi, san’atimiz jahon sahnasiga chiqdi, sport elimizni dunyoga tanitdi.
Ma’naviyat tufayli xalqning e’tiqodi mustahkamlandi, ertangi kunga ishonchi ortdi, millatning ruhi va safarbarligi ko‘tarildi, milliy g‘urur tuyg‘usi va iftixor hissi kuchaydi, milliy g‘oya yoshlarning ongi va qalbida chuqur ildiz otdi.

2. Ma’naviyat asoslari fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Ma’naviyat – moddiy hayot bilan doimo yonma-yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.
“Ma’naviyat” tushunchasi keng ma’noda jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axlokiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etgan ijtimoiy-ma’naviy hodisa sanaladi.
Aslida ma’naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng baquvvat ma’naviy-ruhiy omil hisoblanadi. Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahlukotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Ushbu o‘quv fani jamiyat hayotining o‘ta muhim va ulkan sohasi – ma’naviy hayot sohasini o‘rganadi, ma’naviyatning mohiyati va namoyon bo‘lishi, mazmuni va shakllarini, manbai va omillarini, rivojlanish qonuniyatlari va yuksaltirish vositalarini tadqiq etadi. O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida demokratik tamoyillarni milliy-ma’naviy xususiyatlar bilan uyg‘unlashtirish, inson ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan bugungi kunda ma’naviy xurujlardan himoyalanish masalalari ham ushbu fan doirasida o‘rganiladi.
Ma’naviyat asoslari” fanini o‘rganishdan maqsad – ma’naviy hayot to‘g‘risida ilmiy bilim va tasavvurlarga ega bo‘lish bilan birga yuksak ma’naviy fazilat va qadriyatlarni o‘zida tarbiyalash, imon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish va jamiyat ma’naviy salohiyatini rivojlantirishdir.
Ushbu maqsad xalqimizning tub manfaatlariga mos keladi, Vatan ravnaqiga, davlatimizning buyuk kelajagini ta’minlashga xizmat qiladi, insonning ruhan poklanishi, hayot mazmunining boyishi, erkin va baxtli yashashi uchun mustahkam zamin hozirlaydi.
Zero, odamlarda axloqu odob, imonu e’tiqod qanchalik kuchli bo‘lsa, ularda vatanparvarlik, milliy va insoniy g‘urur tuyg‘usi, masuliyat va daxldorlik hissi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik taraqqiy topadi, tinchlik- osoyishtalik, do‘stlik va hamjihatlik barqaror bo‘ladi.
Ma’naviyat moddiy kuchga aylanishi uchun sof vijdonli har bir inson, har bir ongli fuqaro Vatan va xalq oldidagi o‘z mas’uliyatini anglab yetishi, o‘z oilasi va mahallasi, millati va yurti farovonligi yo‘lida amaliy harakat qilishi, fidoyilik ko‘rsatishi lozim.
Ma’naviyat asoslari” fani jamiyat hayotida bir qator vazifalarni bajaradi.

Yüklə 63,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin