Ma’naviyatshunoslik


“Ma’naviyat asoslari” fanining



Yüklə 63,7 Kb.
səhifə7/11
tarix20.11.2023
ölçüsü63,7 Kb.
#163058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу маъруза (2)

3. “Ma’naviyat asoslari” fanining
kategoriyalari va rivojlanish konuniyatlari


“Ma’naviyat asoslari” fan sifatida shakllanayotgan bir sharoitda uning kategoriyalarini (tushunchalarini) aniqlash, bir tizimga keltirish olimlarimiz oldida turgan asosiy vazifalar hisoblanadi. Chunki, uning asosiy kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari aniqlanmagan hamda ma’lum bir tartibga solinmas ekan, u fan maqomiga ega bo‘la olmaydi. Albatta, ma’naviyat barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida eng “yosh” bo‘lganligi sababli uning tushunchalarini bir tizimga keltirish murakkab hisoblanadi. Chunki, uning ayrim tushunchalari falsafa, estetika, etika, dinshunoslik va boshqa fanlar bilan ham uyg‘unlashib ketgan. To‘g‘ri, bu tabiiy hol. Zero, ma’naviyatni ularning uyg‘unligisiz tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Ana shu murakkablikka qaramasdan, ma’naviyatning kategoriyalarini aniqlashga, uni yuqoridagi fanlardan “mustaqilligini” ta’minlashga ehtiyoj nihoyatda katta. Shu ehtiyojni xisobga olib, ma’naviyatning tushunchalari haqida dastlabki g‘oyalarni ilgari surish mumkin bo‘ladi.
Aslida ma’naviyat ham xuddi boshqa fanlar kabi o‘zining mustaqil kategoriyalariga egadir. Ularga shartli ravishda inson, millat va jamiyat hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi tushunchalarni kiritish mumkin: shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, xayrixohlik, imonlilik, halollik, e’tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostgo‘ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, to‘g‘rilik va boshqalar. Shaxsning millat vakili sifatidagi maqomida: milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy g‘urur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan mas’uliyatni, milliy manfaat ustuvorligini his etish, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san’at, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, davlat tizimiga hurmat, qonunlarga hurmat va itoatkorlik, vazminlik, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish, mamlakat ichki va tashqi faoliyatidan xabardor bo‘lish va uni qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida faollik va boshqalar bo‘lsa, shaxsning jamiyat vakili sifatidagi maqomida: mamlakatning jahondagi nufuzini oshirishda mas’ullik, jahon sivilizatsiyasi yutuqlarini egallash, jahon xalqlari oldida turgan umumbashariy muammolarga befarq bo‘lmaslik, milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unlini anglash, insonning tabiatning bir bo‘lagi ekanligi, uni asrashda mas’ullik va boshqa bir qator tushunchalarni kiritish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan ma’naviyatning barcha tushunchalari shaxsning ichki ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular shaxsning ma’naviy darajasi millat va jamiyat vakili sifatidagi maqomlarini qamrab olgan.
Real hayotda ma’naviyat har bir insonning millat, jamiyat, davlat hayoti, insonlararo bo‘ladigan va ijtimoiy hayotga nisbatan bo‘ladigan munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagilardan tashqari, ma’naviyatning boshqa bir qator tushunchalari ham bor. Bu yerda gap ularning hammasi ustida to‘xtash haqida emas, balki ma’naviyatning ko‘p qirrali, keng qamrovli ekanligi, u inson ongi, ruhiyati, ichki dunyosining salohiyati, xatti-harakatlari kabi bir qator masalalarni o‘z ichiga olishini tushunib yetish haqida bormoqda. Ma’naviyatni chuqur tahlil qilishda ana shu ko‘rsatilgan tushunchalarni uyg‘un holda taxlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ma’naviyat rivojlanishi ham ma’lum qonuniyatlarga tayanadi. Garchand bunday qonuniyatlar bir necha yo‘nalish va jarayonlarni o‘z ichiga olsa ham, ularni ikki yirik guruhga ajratish mumkin.

Yüklə 63,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin