Ma’naviyatshunoslik



Yüklə 63,7 Kb.
səhifə4/11
tarix20.11.2023
ölçüsü63,7 Kb.
#163058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу маъруза (2)

Bilish vazifasi – ushbu fan inson va jamiyat hayotining juda muhim sohasi bo‘lmish ma’naviyat to‘g‘risida atroflicha bilim beradi. Bu fan ma’naviyat rivojlanishining qonuniyatlari, tamoyillari, ma’naviyatni yuksaltirishning usul va vositalari haqida ilmiy tasavvurlarni shakllantiradi.
Insonning bilish salohiyati juda kuchli, olamni o‘rganish imkoniyatlari esa, beqiyos darajada kengdir. Ming yillar mobaynida to‘plangan, tajribada sinalgan bilimlar odamzotning eng katta yutug‘i, ulkan ma’naviy boyligidir. Hozirgi vaqtda 30 000 dan ziyod fanlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati tabiatni, kamroq qismi – odamni, undan ham ozroq qismi – shaxs ma’naviyatini o‘rganadi. “Ma’naviyat asoslari” o‘quv fani mana shunday noyob fanlar qatoridan joy olgan.
Dunyoqarash vazifasiolam va odam, dunyoning tuzilishi va insonning yashashi, hayotning mazmuni va maqsadi kabi masalalar dunyoqarashni tashkil etadi. Kishilar hayoti va faoliyati mobaynida olayotgan ma’lumot va axborotlar, egallayotgan bilimlar, o‘qib-o‘rganish natijasida hosil bo‘ladigan tasavvurlar, qarashlar va g‘oyalar dunyoqarash negizini tashkil etadi.
“Ma’naviyat asoslari” fani dunyoqarashni kengaytirishga va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Dunyoqarashni kengaytirish deganda, biz inson tafakkuridagi bilimlar doirasini kattalashtirishni, chuqurlashtirish deganda, inson ongi va shuuri, uning ichki ruhiy olami, botiniy hayoti qa’riga kirib borishni tushunamiz.
Har bir odamning o‘z ichki dunyosi, xayolot olami, ruhiy hayoti bo‘ladi. Mana shu ma’naviy olam haqidagi bilim va tasavvurlar bilan dunyoqarashni boyitish – mazkur fanning vazifasidir.
Etiqodni shakllantirish vazifasi – inson barcha tirik jonzotlardan aql-zakovoti, ijodiy mehnati bilan birga imon-e’tiqodi bilan ham sifat jihatidan farq qiladi. E’tiqod – ongli insonning xatti-harakatlarini belgilovchi, uning hayot ma’nosini aks ettiruvchi, maqsadlarini ifodalovchi omildir. E’tiqod odam balog‘atga yeta boshlagach, nima yaxshiyu nima yomonligini farq qila boshlagach shakllanadi. Uning shakllanishi va mustahkamlanishida kishining egallagan bilimlari, ozmi-ko‘pmi hayotiy tajribasi, boshqa odamlar bilan munosabatidan orttirgan xulosalari va tarbiyasi zamin bo‘ladi.
Yuksak e’tiqod markazida olijanob g‘oyalar, ulkan maqsad va ezgu intilishlar yotadi. E’tiqodi buzuq kimsa qabih niyatlari va g‘arazli maqsadlari yo‘lida nojo‘ya ishlarga qo‘l uradi. E’tiqodi yo‘q odam esa, biror narsani aziz va muqaddas sanamaydi. Manqurtlik – insoniy xotira, milliy g‘urur va odamgarchilikning yo‘qligi e’tiqodsizlikning eng jirkanch ko‘rinishidir.
“Ma’naviyat asoslari” fanini qunt bilan o‘rganish va o‘zlashtirish yoshlar uchun yuksak e’tiqodni tarbiyalash va imonni basalomat saqlashda ko‘mak beradi.

Yüklə 63,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin