I.Tezisni rad etish. Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud:
1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bо‘lib о‘tgan voqealar, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, «Sovet davrida О‘zbekiston tо‘laqonli mustaqil respublika bо‘lgan», degan tezisni rad etish, ya’ni uning notо‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. О‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim masalani Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz.
2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) kо‘rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul «bema’nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, notо‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu bema’nilik bо‘ladi. «Bema’nilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha(a→b)→((a→b)→a)
3. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bо‘lgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chiqariladi. Masalan, birinchi Prezident I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q» nomli maqolasida «Amir Temur buyuk sarkarda bо‘lgan va yovuzliklar qilgan», degan tezisni shunday rad etadi: «Inson bir paytning о‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bо‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bо‘lmaydi. Qonxо‘r odam «Kuch – adolatda», deyishi mumkinmi?»
II.Argumentlarni rad etish. Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun yetarli emasligi aniqlanadi.
Argumentlarning xatoligi tezisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bо‘lishi ham mumkin:
Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi.