Maqsad: V guruh kationlarining sifat reaksiyalarini bajarish uchun amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish



Yüklə 278,02 Kb.
səhifə5/13
tarix07.05.2023
ölçüsü278,02 Kb.
#109218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
12-LABORATORIYA ISH

2. Ammiak ishqorlar singari Mn(OH)2 cho'kma hosil qiladi:
Mn2+ + 2NH4OH → Mn(OH)2 + 2NH4+
Bu reaksiyada hosil bo'layotgan ammoniy ionning gidrolizlanishi va eritmaning pH qiymati ko'tarilishi natijasida, cho'kish to'liq bo'lmaydi. Eritmada ammoniy ko'p bo'lganda, cho'kma umuman hosil bo'lmasligi mumkin. Bu xossadan aralashmadagi Al3+, Cr3+, Fe3+ va Ti4+ ionlarini Mn2+ iondan qisman ajratishda foydalaniladi. Ammiakli muhitda Mn2+ ionning bir qismi havo kislorodi ta'sirida oksidlanadi.
3. Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlar ta'siridan Mn2+ ion kislotalarda eriydigan oq rangli MnCO3 cho'kma hosil qiladi:
Mn2+ + CO32- → Мn СО3
4. Natriy gidrofosfat Mn2+ ionga ta'sir ettirilganda kuchli mineral va hatto kuchsiz sirka kislotada ham eriydigan (alyuminiy, temir (III), xrom (III) va titan (IV) fosfatlaridan farqli ravishda) oq rangli Mn3(PO4)2 cho'kma hosil boiadi:
3Mn2+ + 4HPO42-→ Mn3(PO4)2 + 2H2PO4-
5. Oksidlash reaksiyasi yordamida Mn2+ ionini topish mumkin. Bunda PbO2, ammoniy persulfat (NH4)2S2O8, natriy vismutat -NaBiO3, H2O2, KC1O3, Cl2, Br2 va boshqa oksidlovchilardan foydalaniladi. Oksidlash reaksiyalari kislotali yoki ishqoriy muhitlarda o'tkazilishi mumkin. Kislotali muhitda rangsiz Mn2+ ionga PbO2 ta'sir ettirilib, qizdirilsa pushti rangli MnO4- hosil bo'ladi:
2Mn2+ + 5PbO2 + 6H+→ 2HMnO4 + 5Pb2+ + 2H2O
Reaksiyani bajarish uchun probirkaga 1-2 tomchi Mn (II) sulfat yoki nitrat eritmasi, 4-6 tomchi 6 N HNO3 eritmasi tomizib, unga ozgina PbO2 kukunidan solinadi va aralashma qaynaguncha qizdiriladi. PbO2 tarkibida marganetsning kirishmalari bo'lishi mumkinligidan ushbu reaksiya bilan bir vaqtda salt tajriba o'tkazing. Salt tajribani ham xuddi shu sharoitda (unga tekshiriladigan eritma tomizilmaydi) o'tkazing. Marganetsning kirishmalari bo'lmasa, rang paydo bo'lmaydi. Mazkur reaksiya marganetsni topishda ancha sezuvchan bo'lganligi uchun ko'p qo'llaniladi.
Kislotali muhitda, shuningdek, marganets (II) ionini KC1O3 ta'sirida (qizdirib) qo'ng'ir rangli H2MnO3 gacha oksidlash mumkin:
5Mn2+ + 2KC1O3 + 9H2O → 5H2MnO3 + 8H+ + Cl2↑+ 2K+
Reaksiyani bajarish uchun probirkaga 1 -3 tomchi Mn (II) tuzi eritmasi va bir necha tomchi ishqor eritmadan soling, natijada sekin havo kislorodi bilan oksidlanib qo'ng'ir rangga kiradigan oq Mn(OH)2 hosil bo'ladi:
Mn2+ + 2OH- → Mn(OH)22Mn(OH)2 + O2→ 2MnO(OH)2
Hosil qilingan cho'kmaga bir necha tomchi H2O2 eritmasi tomizilsa, darhol qora-qo'ng'ir rang paydo bo'ladi.

Yüklə 278,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin