Maqsad: V guruh kationlarining sifat reaksiyalarini bajarish uchun amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish



Yüklə 278,02 Kb.
səhifə6/13
tarix07.05.2023
ölçüsü278,02 Kb.
#109218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
12-LABORATORIYA ISH

6. Ammoniy sulfid Mn(II) ioni bilan ta'sirlashganda kislotalarda eriydigan sarg'ish-jigarrang MnS cho'kma hosil bo'ladi:
MnSO4 + (NH4)2S → MnS + (NH4)2SO4
Reaksiyani bajarish. Marganets tuzining 2-3 tomchiga shuncha miqdorda reaktiv qo'shiladi.
7.Mn2+ ning oksalat kislotasi bilan reaksiyasi
Marganets (II) kationi ishqoriy sharoitda vodorod peroksidi bilan ta’sirlashib, MnO(ОН)2 qo`ra-qo`ng`ir cho`kmani hosil qiladi. Cho`kmaga quru`q oksalat kislotasi qo`shilsa, pushti rangli eritma Н3[Mn(C2О4)3] komplеks birikmasining hosil bo`lishi kuzatiladi.
Mn2+ + 2OH- + H2O2 = ↓ MnO(ОН)2 + H2O
↓2 MnO(ОН)2 + 7H2C2O4 = 2Н3[Mn(C2О4)3] + 2CО2+ 6H2O
Reaksiyani bajarish bo`iladi
Probirkaga 3-4 tomchi marganets (II) tuzi eritmasidan tomizilib, ustiga shuncha tomchi natriy gidroksid eritmasidan tomchilab qo'shiladi.
Hosil bo`lgan Mn(ОН)2 сho`kmasiga 3-4 tomchi vodorod peroksid eritmasi qo`shiladi. Bunda qora qo`ng`ir MnO(ОН)2сho`kmasini hosil bo`lishi ku`zatiladi.
Cho`kmaning ustiga bir nеcha oksalat kislota kristall qo'shib, aralashtirilsa, pushti rangli eritmani hosil bo`lishi kuzatiladi.
5.3.Temir (II) kationining reaksiyalari
Ikki valentli temir ioni Fe2+ och yashil ranglidir.
1. O'yuvchi ishqorlar temir (II) ioni bilan berk idishda oq rangli Fe(OH)2 cho'kma hosil qiladi. Reaksiya ochiq idishda o'tkazilsa, hosil bo'layotgan cho'kma havo kislorodi ta'siridan oksidlanib, oldin yashil, keyin qizil-qo'ng'ir rangli Fe(OH)3 cho'kmaga aylanadi.
2. Ammiak ta'siridan temir (II) ion ham oq rangli Fe(OH)2 cho'kma hosil qiladi.
FeSO4 + 2NH4OH → Fe(OH)2 + (NH4)2SO4
Biroq Fe2+ ion to'lig'icha cho'kmaydi. Fe(OH)2 cho'kmasining ammoniy tuzlarida erishi natijasida Fe2+ ion ammoniy tuzlari ishtirokida Fe(OH)2 shaklida cho'kmaydi. Eritma aralashmasi ochiq havoda qolib ketsa, Fe2+ ionning oksidlanishi natijasida Fe(OH)3 cho'kmasi hosil bo'ladi.

Yüklə 278,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin