1.O’yuvchi ishqorlar NaOH va KOH magniy tuzlari bilan ta’sirlashib, kislotalar va ammoniy tuzlarida eruvchi oq amorf magniy gidroksid cho’kmasini hosil qiladi:
MgCl2 + 2KOH = Mg(OH)2 ↓+ 2KCl
Mg2++ 2OH- = Mg(OH)2↓
Bu reaksiyadan Mg2+ kationini birinchi analitik guruhning boshqa kationlaridan ajratishda foydalaniladi, chunki boshqa kationlarning gidroksidlari suvda yaxshi eriydi.
Probirkadagi 2-3 tomchi magniy tuzi eritmasiga shuncha miqdordagi NaOH yoki KOH eritmasi qo’shiladi, amorf holdagi magniy gidroksidning oq cho’kmasi hosil boladi. Reaksiyaning borishi uchun:
-tekshiriladigan eritma muhiti ishqoriy bo’lishi kerak.
-eritmada NH4+ ionlarining bo’lishi cho’kmaning hosil bo’lmasligiga olib kelishi mumkin;
2.Natriy gidrofosfat Na2HPO4 ammoniy gidrofosfat va ammoniy xlorid ishtirokida magniy tuzlari bilan magniy-ammoniy fosfatning oq kristallik cho’kmasini hosil qiladi:
MgSO4 + Na2HPO4 + NH4OH = MgNH4PO4↓+ NaSO4 + H2O
Mg2++ HPO42- + NH4 OH = MgNH4PO4↓+ H2O
Probirkaga 2-3 tomchi Mg2+ tuzi eritmasi solib, ustiga 2 tomchi ammoniy xlorid va 4 tomchi reagent Na2HPO4 eritmasidan qo’shiladi. So’ngra NH4OH ning 2 N eritmasidan ishqoriy muhit hosil qilinguncha aralashtirib qo’shiladi. Suyultirilgan eritmalarda cho’kma biroz muddatdan keyin hosil bo’ladi. Cho’kmani hosil bo’lishini chayqatish yoki probirkaning ichki devorini shisha tayoqcha bilan ishqalash orqali tezlatish mumkin.
3.Eruvchan karbonatlar Na2CO3 va K2CO3 Mg2+ kationi tuzlari eritmalaridan magniy gidroksikarbonatning oq amorf cho’kmasini hosil qiladi:
2MgCl2 + 2Na2CO3 + H2O = (MgOH)2CO3↓+ 4NaCl + CO2 Ionli tenglamalarni yozing: