Maqsad: V guruh kationlarining sifat reaksiyalarini bajarish uchun amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish


Temir (III) kationining reaksiyalari



Yüklə 278,02 Kb.
səhifə8/13
tarix07.05.2023
ölçüsü278,02 Kb.
#109218
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
12-LABORATORIYA ISH

5.4. Temir (III) kationining reaksiyalari
Uch valentli temir tuzlarining eritmalari sariq yoki qizil-qo'ng'ir rangli bo'ladi.
1.O'yuvchi ishqorlar temir (III) tuzlari bilan qizil-qo'ng'ir rangli kuchli kislotalarda eriydigan Fe(OH)3 cho'kmani hosil qiladi:
Fe3+ + 3 ОН-→ Fe(OH)3
Alyuminiy, xrom va rux gidroksidlaridan farqli ravishda amalda Fe(OH)3 ishqorlarda erimaydi. Temir (III) ioni Fe(OH)3 shaklida pH~3,5 bo'lganda to'liq cho'kadi.

  1. Ammiak ham temir (III) tuzlari bilan qizil-qo'ng'ir rangli cho'kma hosil qiladi.

  2. Natriy atsetat sovuq sharoitda temir (III) ioni bilan qizil rangli kompleks birikma [Fe(CH3COO)6(OH)2]+ hosil qiladi. Qizdirganda bu modda qizil-qo'ng'ir Fe(OH)2CH3COO cho'kma hosil qiladi.

  3. Natriy gidrofosfat temir (III) bilan sarg'ish rangli cho'kma - FePO4 hosil qiladi.

  4. Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlar temir (III) ioni bilan qo'ng'ir rangli (FeOH)2(CO3)2 tarkibli kislotalarda eriydigan cho'kma hosil qiladi. Bu cho'kma qizdirganda gidroliz tufayli Fe(OH)3 ga aylanadi.

  5. Ammoniy sulfid Fe3+ ioni bilan qora rangli Fe2S3 cho'kma hosil
    qiladi:

2Fe3+ + 3(NH4)2S → Fe2S3 + 6NH4+
Bu cho'kma kuchli kislotalarda eriydi:
Fe2S3 + 6HC1 → 2FeCl3 + 3H2S
Reaksiyada vodorod sulfid (qaytaruvchi) hosil bo'lganligidan temir (III) temir (II) gacha qaytariladi va bunda erkin oltingugurt ajraladi:
2FeCl3 + H2S → 2FeCl2 + S +2HC1
Umumiy holda Fe2S3 ning kislotalarda erish reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Fe2S3 + 4HC1 → 2FeCl2 + 2H2S+ S
Reaksiyani bajarish. Uch valentli temir tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha (NH4)2S eritmasi qo'shiladi.

Yüklə 278,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin