chiqarilgan. 1867-yil P.I.Lerx Turkistonga kelganda asosiy diqqat e’tiborini epigrafik kuzatuvlarga bag’ishladi. V.A.Krachkovskiy uning ishlaridan guvohlik beradi. P.I.Lerx ham geografik jamiyatning yo’riqnomasi asosida faoliyat olib borgan. 1873-yil asosiy ro’yxatlarni yozish ishlarini boshlagan. Xiva vohasini turli tomondan o’rganish uchun maxsus ekspedisiyalar uyushtirilgan. Asosiy diqqat e’tibor bilan saqlanayotgan, arxeologik, numizmatik, epigrafik va etnografik materiallarga qaratilgan. Qadimgi yodgorliklar to’g’risidagi alohida ma’lumotlarni boshqa olim, sayohatchi tadqiqotchilar ishida ham uchratishimiz mumkin. Xususan, Ch.Ch.Valixonov (1835-1865),Toshrabot, Kurtka qal’asi (Qo’qon) va boshqa shu kabi yodgorliklar xususida ko’plab material, ma’lumotlarni to’plagan. Xiva, Buxoro haqida (M.I.Venyukov- Issiqko’l haqida ma’lumot yig’gan. 1832-1901- yillarda yashagan) N.P.Ignativ izlanishlar olib borgan. A.K.Geyns esa, (18341892) umumiy tadqiqot ishlarini o’tkazgan.50 1879-yil «Turkestanskiye vedomosti» gazetasida D.M.Grameniskiy o’lkadagi qadimgi yodgorliklar xususida o’z maqolasini chiqargan. Qiyinchiliklarni haqli ravishda ta’kidlab o’tgan, shaharlar va u yerda yashovchi xalqlar, turli xil manzilgohlarni muallif qayd etib o’tgan. XIX asr 80-yillarida qadimgi Marv shahri o’rnida qidiruv ishlari olib borilgan. A.V.Kamarov qazuv ishlarini amalga oshirgan. Shaharning eng qadimgi qismi hisoblangan. Erk qal’ada (Erktepa)gi qazishga katta e’ tibor berilgan. Ushbu- yillarda O’rta Osiyoga V.V.Radlov (1839-1918) kelib, (1868-yil Zarafshon vohasiga sayohat qilgan) Samarqanddagi me’moriy yodgorliklarga katta e’tibor qaratgan. 1869-yil V.V.Radlov Jungar cho’liga borgan. Farg’ona vodiysining tarixiy xolatiga qisqacha umumiy sharx akademik A.Middendorf tomonidan berilgan. Farg’onadagi tabiiy sharoit va qishloq-xo’jaligi munosabati» nomli to’plamini yozib qoldirgan. I.V.Mushketev ham arxeologiya uchun qimmatli manba ma’lumotlarni keltirib o’tgan. I.V.Mushketevning birinchi izlanishi tasodifiy yuzaga kelgan emas. O’rta Osiyoga bo’lgan qiziqishi yuqori bo’lganligi haqida boshqa tadqiqotchilar guvohlik beradi. Samarqand va mahalliy qadimgi yodgorliklar xususidagi bob bo’yicha Rozen o’z sharxlarini berib o’tgan. I.V.Mushketev Samarqand va Termizdagi yozuvlar (arab tilidagi) ni o’rganib chiqqan. Samarqandning o’tmishiga qiziqish katta edi. 1881-yil I.I.Srezsevskiy Ryu Gonsales de Klavixoning to’plamini tarjima qildi. Klavixo 1403-1406-yillar Samarqandda Amir Temur huzurida elchi sifatida bo’lgan. Samarqanddagi yana bir ishtirokchisi rassom N.Ye.Simakov Samarqand va uning atrofidagi qadimiy madaniy yodgorliklarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Uning izlanishlari 1883-yil «O’rta Osiyo san’ati» nomli al’bomda o’z aksini topgan. Al’bom ko’plab tadqiqotchilar, xususan V.V.Stasov tomonidan yuksak baholangan. O’rta Osiyo san’ati bo’yicha qimmatli ma’lumotlarni bera oladi.
50Лунин Б.В. Средняя Азия в научном наследии отечественного востоковедения историографический очерк.