25
Ularning xar ikkalasi ham o’z moddalariga ega. Aktiv qismida 2 bo’lim mavjud:
Uzoq muddatli aktivlar:
asosiy vositalar (01), nomoddiy aktivlar (04), kapital qo’yilmalar (08), moliyaviy qo’yilmalar (06), o’rnatiladigan asbob-uskunalar (07).
II. Aylanma aktivlar: ishlab chiqarish zahiralari (10, 11, 15, 16) tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, pul mablag’lari) debitorlar.
Balansning passiv qismi ham 2 bo’limdan iborat: I. Bo’lim. Uz mablag’larining manbalari: ustav kapitali, zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda, kelgusi davr daromadlari va x.k.
II. Bo’lim. Majburiyatlar: bankdan olingan kreditlar, bankdan tashqari korxonalardan olingan qarzlar, olingan bunaklar va kreditorlik majburiyatlari.
Balansdagi moddalar bo’yicha ko’rsatkichlar hisobot yili boshiga va hisobot davri oxiriga ko’rsatiladi. Bunday tartib urnatilishiga sabab, ikkala muddatdagi ma’ulumotlarni o’rganish, solishtirish orqali xo’jalik mablag’lari va xo’jalik mablag’larini tashkil topish manbalarini o’zgarib borish haqida xulosaga kelish, ma’lum bir zarur fikrlarga kelish mumkin. Хamda ularning natijasida oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
Korxonalar balansi hisobot bir shakli sifatida o’rnatilgan tartib O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Solik inspeksiyasining korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisoboti shakllarini tuzish bo’yicha ko’rsatmasiga asosan andozadagi blankalarga tuziladi. Undagi ko’rsatkichlar umumiy bir o’lchov birligida, ya’ni pul ko’rsatkichida aks ettiriladi.
Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta bo’lib, moddalari ham turlichadir. Ammo undagi moddalarning nechtasida ko’rsatkichlar aks ettirilishi, korxonaning xalq xo’jaligining qaysi tarmog’iga qarashliligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga, uning faoliyat mikyosi qay darajadaligi kabi omillarga bog’liq bo’ladi.
Balansning ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlar asosida korxona faoliyati o’rganiladi, taxlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari iqtisodiyotdagi tub o’zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli mulkchilik sharoitidagi tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, investorlar) uchun ham korxona haqida ma’lumotga ega bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi.
Balans ikkala qismi jami summalari teng bo’lishi shart Bu tenglik aktivda xo’jalik mablag’lari passivda esa shu mablag’larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi Balans so’zi tenglik tarozuning ikki pallasi degan ma’nolarni bildiradi.
Buxgalteriya balansida korxona aktivlari ikki guruhda: uzoq muddatli va aylanma aktivlarda aks ettiriladi.
Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, sotib olingan aksiyalar va zayomlar kiritiladi. Korxonaning ishlashi bilan bu vositalar o’z qiymatini o’zgartirmaydi. Masalan. Asosiy vositalar qiymati qisqa vaqt bo’lagi mobaynida miqdoran jiddiy o’zgarmaydi va u faqat ularning ishlash muddati tugashiga ko’ra qoplanadi.
Joriy aktivlar, odatda, naqd mablag’larni, iste’molchilar hisobraqamlarini va naqd mablag’lar shaklini egallashi lozim bo’lgan zahiralarni o’z ichiga oladi. Joriy xo’jalik davri mobaynida bu aktivlar doimo o’zgarishi mumkin. Naqd mablag’larga aylantirilishi oson bo’lgan joriy aktivlar oson realizatsiya qilinadigan aktivlarga kiritiladi.
Korxona balansi aktivlarini o’rganishda quyidagilarni aniqlash mumkin:
Balansni tuzish kunida korxonada qanday vositalar bo’lgan;
Balans passivi ma’lumotlari asosida quyidagilarni bilib olish mumkin:
Mablag’lar qaysi manbalardan kelib tushganligini;
Mablag’lar kimga tegishli ekanligi ( o’ziniki yoki jalb qilingan);
Mablag’larning belgilangan maqsadi qanday ekanligi.
Balans passivi ham ikki bo’limdan iborat:
O’z mablag’lari manbai;
Majburiyatlar.
O’z mablag’lari manbai qatoriga ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar) va boshqa satrlar kiritiladi.
Balans passivining majburiyatlar bo’limida yuridik va jismoniy shaxslardan olingan, vaqti kelganda qaytarilishi lozim bo’lgan barcha majburiyatlar ko’rsatiladi.
Ko’rinib turibdiki, buxgalteriya balansida muayyan sanaga bo’lgan xo’jaloik mablag’lari va ularning manbalari aks ettirilgan. Balansning ayrim moddalarini solishtirish uchun moliyaviy hisobotda buxgalteriya balansi bilan birga o’zaro bog’langan hamda bir-birini to’ldiradigan bir qator hisobot shakllari nazarda tutilgan.