Marg`ilon bank-moliya texnikumi buxgalteriya hisobi nazariyasi fanidan mavzular to’plami



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə19/32
tarix05.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#141558
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
100 SOATGA MAVZULAR TO\'P 1-QISM (2)

Doimiy hisobvaraqlar deb nomlanishining sababi – ular har bir hisobot davri yakunida yopiladigan vaqtinchalik hisobvaraqlardan farqli o’laroq, doimiy saldoga ega bo’lishlari mumkin. Doimiy hisobvaraqlar balansda ko’rsatiladi, shuning uchun ham bu hisobvaraqlar balans hisobvaraqlari deb nomlanadi: bular aktivlar, majburiyatlar va xususiy sarmoya hisobvaraqlaridir. Doimiy hisobvaraqlar: aktiv, passiv va kontrar (kontraktiv va kontrpassiv) bo’lishi mumkin.
Aktiv hisobvaraqlarda turli xil aktivlar aks ettiriladi va ular faqat debet saldosiga ega bo’ladi. Aktivlarning ko’payishi ushbu hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi.
Passiv hisobvaraqlar majburiyatlar va sarmoyaning oshishini aks ettirish uchun mo’ljallangan, faqatgina kredit saldosiga ega bo’ladi, majburiyatlar va sarmoya oshishi mazkur hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
Kontrar hisobvaraqlar – moliyaviy hisobotda aktivlar yoki majburiyatlarning sof qiymatini aks ettirish uchun saldolari ularga bog’liq bo’lgan asosiy hisobvaraqlar saldosidan chegiriladigan hisobvaraqlardir.
Kontraktiv hisobvaraqlar saldosi hisobotda ularning sof (balans) qiymatini aks ettirish uchun asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatidan chegiriladigan asosiy vositalarning eskirishi misol bo’ladi. Asosiy vositalarning eskirishi hisobvaraqlari balansda ularning boshlang’ich qiymatini kamaytirib ko’rsatadi.
Kontrpassiv hisobvaraqqa sotib olingan xususiy aksiyalarni misol qilib keltirish mumkin, hisobotda ustav kapitalining haqiqiy hajmini aks ettirish uchun «Ustav sarmoyasi» hisobvarag’i saldosidan uning saldosi chegiriladi.
Hisobvaraqlar rejasining 9-bo’limi tranzit (vaqtinchalik) hisobvaraqlar – daromad va xarajatlar hisobvaraqlaridan iborat va hisobvaraqlarni joylashtirish tartibi bo’yicha «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» shakliga muvofiq keladi. Ularning tranzit (vaqtinchalik) hisobvaraqlar deb atalishining sababi shundaki, ular har bir hisobot davrining oxirida yopiladi hamda keyingi hisobot davri boshida nollik saldoga ega bo’ladi. Hisobvaraqlar rejasida «jamlama» hisobvaraq tushunchasi, ilova hisobvaraqlar mavjud emas, ya’ni ikkinchi tartib hisobvaraqlari jamlama hisobvaraqlarining tahliliy tarkibiy qismlaridir. Barcha hisobvaraqlar endi to’rt belgili raqamlanishga ega va aktiv, majburiyatlar hamda sarmoyaning har bir turi
36
bo’yicha ochiladi.
Korxonaning balans hisobotida oborot (joriy) va uzoq muddatli aktivlar va passivlarni alohida hisobga olishlari kerak. Bu oborot sarmoyasi sifatida aylanayotgan aktivlar va korxonaning uzoq muddatli operatsiyalarida foydalanayotgan aktivlarni bir-biridan ajratish lozim. Shuningdek yaqin davrda haq to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar (joriy majburiyatlar) haqida tasavvurga ega bo’lish kerak, chunki ularni so’ndirish uchun oborot aktivlaridan foydalaniladi.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin