Marg`ilon bank-moliya texnikumi buxgalteriya hisobi nazariyasi fanidan mavzular to’plami



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə22/32
tarix05.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#141558
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
100 SOATGA MAVZULAR TO\'P 1-QISM (2)

15- Mavzu: Buxgalteriya provodkalarini aniqlash tartibi va qoidalari.
Amaliy mashg’ulot № 8.


42


43



Buxgalteriya hisobi nazariyasi Masalalar to’plami. Jumanazarov S.A. T-2018 48-50 bet.
44
16- Mavzu: Xo’jalik jarayonlarini schyotlarda qayd etish.
Amaliy mashg’ulot № 9.


45

46


Buxgalteriya hisobi nazariyasi Masalalar to’plami. Jumanazarov S.A. T-2018 51-53- bet.
47
17-Mavzu: Sintetik va analitik schyotlar.
Reja:

  1. Sintetik schyotlar haqida tushuncha.

  2. Analitik schyotlar haqida tushuncha.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘larning holati turli tuman bo‘lib, ularni to‘liqligini nazorat qilish buxgalteriya hisobi zimmasidadir. Mablag‘larni turlari bo‘yicha hisobga olishda buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Har bir schyot bir turli mablag‘lar harakatini hisobga olish uchun belgilangandir.
Masalan: “Kassa” schyotida faqat kassadagi pul mablag‘larining kirim-chiqimi hisob-kitob qilinadi va bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi. Demak, schyotlar yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘lar harakati turlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Nazorat ishlarida mablag‘lar harakati o‘lchov birliklari bo‘yicha va pul ifodasida olib boriladi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z mablag‘larini to‘liqligini, undan samarali foydalanishni nazorat qilib borish maqsadida sintetik va analitik hisob schyotlaridan foydalanadi.
Sintetik schyotlar deb, xo‘jalik mablag‘lari harakatini va ular tashkil topish manbalari holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, pul o‘lchov biriligida aks ettiriladigan schyotlar tizimiga aytiladi. Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa, sintetik hisob deb ataladi.
Analitik (tahliliy) hisob schyotlari esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari haqidagi ma’lumotlarni alohida turlari bo‘yicha, aniq ko‘rsatkichlar orqali ifodalaydi. Ya’ni, sintetik schyotlardagi yozuvlarni turlari bo‘yicha tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganuvchi schyotlar analitik schyotlar deb aytiladi.
Analitik hisob schyotlari miqdori u qo‘llanayotgan korxona, tashkilot va muassasaning iqtisodiyotning qaysi tarmog‘ida ekanligi, ularning faoliyati katta yoki kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Quyidagi misollar orqali sintetik va analitik schyotlarni bir-biridan farqi va shu bilan birga ularni o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib o‘tamiz.
Misol uchun “Yoqilg‘ilar schyoti”ni olaylik:
Boshlang‘ich qoldig‘i 5000000 so‘m, oy davomida kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar summasi 1456000 so‘m;
Misolimizdan ko‘rinib turibdiki, kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar summasi pulda ifodalangan, lekin “Yoqilg‘ilar” schyotida uning miqdori, assortimenti, bir birlik mahsulot bahosi ko‘rsatilmadi. Chunki, yuqorida sintetik schyotlarda mablag‘lar harakati faqat pulda hisobga olinishini ta’kidlagan edik. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mablag‘larning har bir turining harakati alohida o‘rganilishi lozim, chunki ularni harakatini to‘g‘ri tashkil qilish birinchidan, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlash bo‘lsa, ikkinchidan ularning turlari bo‘yicha mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish uchun etarli ma’lumot olishdir.
Analitik hisob yordamida mol-mulk va ularning manbalari turlari bo‘yicha o‘rganish uchun asos yaratiladi. Analitik hisob mahsulot turlari bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi va buning uchun maxsus analitik kartochkalardan foydalaniladi. Analitik kartochkaning tuzilishini yuqoridagi misol shartlaridan foydalanib quyidagicha ko‘rinishdagi jadvalni keltiramiz:
48
9-jadval

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin