Moliya bozorlarining asosiy ishtirokchisi bo’lib hisoblanuvchi Markaziy banklar monetar siyosatni olib boruvchi davlat organlarini o’zida aks ettirdi. Markaziy banklar foiz stavkalari, kreditlar, pul massasining salmog’ini boshqaradi. Bularning barchasi nafaqat moliya bozorlariga balki umumiy ishlab chiqarishga va inflyatsiyaga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Markaziy banklar moliya bozorlarida va umuman iqtisodiyotda qanday o`rin egallashni bilish uchun, bu tashkilotlar qanday ishlashini ko`rish zarur. Kim Markaziy banklarni nazorat qiladi va ularning xarakatlarini yo`naltiradi? Ularning xulqi sabablari nimada? Kimning boshqaruvi ostida? Yirik Markaziy banklarning va eng birinchi o`rinda dunyodagi nufuzli Markaziy bank “Federal zaxira Tizimi” (FZT)ning institutsional tashkiliy tuzilishi quyidagi bobda ko`rib chiqamiz.