Elektr mashinalar sexida mashinalarni ta’mirlash ishlab chiqarish jarayonida belgilangan ishlarning ma’lum bir qismini bajarish uchun ixtisoslashgan uchastkalar tashkil etiladi. Uchastkalarning asosiy vazifasi – alohida detallarni texnologik jarayonga muvofiq ta’mirlash va vaqtida yig‘ish uchun topshirishdir.
Tortuv elektr motorlarini ta’mirlash oqimi bo‘yicha elektr mashinalar sexi tarkibiga quyidagi uchastkalar kiradi (1-rasm): qismlarga ajratish-defektlarni aniqlash, yakor, seksiyalar, g‘altaklar bo‘limiga ega quritish-to‘yintirish, mexanika, yig‘ish uchastkalari va sinash stansiyasi. Tortuv generatorlari va ikki mashinali agregatlar qismlarga ajratishdan yig‘ish va tayyor mahsulotni topshirishgacha bo‘lgan ishlarning to‘liq sikli bajariladigan uchastkada ta’mirlanadi.
Qismlarga ajratish-defektlarni aniqlash uchastkasidamashinalar qismga ajratiladi, detallar tozalanadi va yuviladi, ularning nosozliklari aniqlanadi va ta’mirlash hamda keyingi o‘rnatish uchun ixtisoslashgan uchastkalarga uzatiladi.
Tortuv elektr motorlari kompleks mexanizatsiyalangan, belgilangan taktli oqimli-konveyer liniyasida qismlarga ajratiladi. Liniya to‘rtta ixtisoslashgan ish joylariga ega. Birinchi ish joyida kollektor lyuklari, setkalar, chiqish qismalari g‘iloflari va boshqa himoya moslamalari yechib olinadi. Ikkinchi ish joyida podshipnik shchiti, cho‘tka tutqichlari yechiladi va yakor ostovdan chiqarib olinadi. Uchiuchi ish joyida magnit tizimi birikmalari yechib olinadi. To‘rtinchi ish joyida esa maxsus moslama yordamida bosh va qo‘shimcha qutblar yechiladi. Mashinalar qismlarga ajratilayotganda detallar takror ishlatilishi uchun ehtiyotlab olish kerak.
Yakor uchastkasiyakorlarni ta’mirlash uchun mo‘ljallangan va kollektor, yakor o‘zagini ta’mirlash, seksiyalar chulg‘amlarini o‘rnatish, kavsharlash va bandaj o‘rash, to‘yintirish va quritishdan so‘ng mexanik ishlov berish bo‘yicha ixtisoslashgan ish joylariga ega.
Seksiyalar uchastkasidayakor chulg‘ami seksiyalari (chulg‘amlari) ni tayyorlash va izolyatsiyalash amalga oshiriladi. Seksiyalarni tayyorlash texnologiyasi murakkab bo‘lib, unga to‘liq rioya qilish talab etiladi, chunki tortuv elektr motorlarining ishonchliligi va umrboqiyligi seksiyalarni tayyorlash va ularni yakorga o‘rnatish sifatiga bog‘liq.