6.Suyak tuzilishining yosh хususiyatlari. Umurtqa pоg’оnasi va ularning egriliklari, egriliklarning shakllanishi. Bоsh, gavda va qo’l-оyoq skеlеtining o’sishi va rivоjlanishi. Suyaklar oraliqli, tog`ayli to`qima, suyakli to`qima, biriktiruvchi to`qima yordamida birikadi. Biriktiruvchi to`qima yordamida birikish – bog`lamlar, pardalar, kalla choklari. Tog`ayli to`qima yordamida birikish - umurtqalararo tog`aylar orqali. Suyakli to`qima yordamida birikish - dumg`aza umurtqalari va dumg`aza suyagining hosil qilish kiradi. Oraliqli birikishga bo`g`inlar kiradi.
Bosh skelet. Bosh skeleti 2 qismga ajratiladi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari. Bolalarda bosh skeletining yuz qismi miya qutisi qismiga nisbatan kichikroq, bolaning yoshi ortishi bilan bu farq yo’qolib boradi. Bosh skeleti bolaning 2 yoshgacha bir tekis o`sadi. Bolaning 1,5 yoshida kalla suyaklaridagi likildoqlar to`liq suyaklashadi. 4 yoshida miya qutisining choklari hosil bo`ladi. Kalla suyaklari 3 – 4 yoshda, 6 – 8 yoshda, 11 – 15 yoshgacha tez o`sadi. Bu o`sish 20 – 30 yoshgacha davom etadi.
Umurtqa pog`anasi. Umurtqa pog`anasi – alohida umurtqa suyaklaridan va umurtqalararo tog`aylardan tashkil topgan. Umurtqa pog`anasi skeletining o’qi va tayanchini hosil qiladi va orqa miyani turli tashqi ta'sirdan saqlaydi. Umurtqa kanali yuqoridan miya fisi bo`shlig`iga, pastdan dumg`aza suyagining teshigi bilan tugaydi. Umurtqa pog`anasining yonida umurtqalararo teshik bo`lib, bu teshiklardan orqa miya nervlari, qon tomirlari va limfa tomirlari kiradi va chiqadi. Umurtqa pog`anasi 33 – 34 umurtqalardan tashkil topgan bo`lib, bulardan 7 tasi bo’yin, 12 ta ko`krak, 5 ta bel, 5ta dumg`aza va 4 – 5 ta dum umurqalaridir. Katta odam umurtqa pog`anasi 4 ta egrilikdan iborat. 1. Egrilik bo`yin qismida oldinga qarab bo`rtib chiqqan. 2. Egrilik ko`krak qismida orqaga qarab. 3. Egrilik bel qismida oldinga qarab. 4. Dum va dumg`aza qismida orqaga qarab bo`rtib chiqqan.
Ko`krak qafasi skeleti. Ko`krak qafasi 12 juft qovurg`alar va to’sh suyagining birikishidan hosil bo`ladi. Ko`krak qafasining shakli 2 xil: uzun ensiz va qisqa keng. Ko`krak qafasining asosiy shakllari konussimon, silindirsimon va yassi bo`lishi mumkin. Ko`krak qafasining shakli bolaning yoshi ortishi bilan o`zgarib turadi. Bolaning bir yoshida ko`krak qafvasi konus shaklida bo`ladi. Bolaning 12 – 13 yoshlarida uning shakli katta odamnikiga o`xshash bo`ladi. Ko`krak qafasining jinsiy farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda o`g`il bolalarda ko`krak qafasidagi pastki qovurg`alar qiz bolalarda esa yuqoriga qovurg`alar ko`tariladi. Ko`krak qafasining aylanasida ham jinsiy farq seziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha ko`krak qafasining aylanasi 1 yilda 1 – 2 sm, jinsiy voyaga etish davrida esa 11 yoshdan boshlab 2 – 5 sm ga ortadi. Bolaning tana og`irligi ortishi bilan ko`krak qafasining aylanasi ham ortadi. Jinsiy voyaga etish davrida yoz va kuz oylarida ko`krak qafasining aylanasi tez o`sadi. Uning rivojlanishi skelet muskullariga ham bog`liq. Suzish, qayiq haydash yaxshi ta'sir ko`rsatadi. Bolani partaga noto`g`ri o`tkazish, partaga ko`kragini tirab o`tirishi natijasida ko`krak qafasi deformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit, o’pka shamollashi ham uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.