1,5 %
tolada qoldiriladiki, ular tolaning fizik-mexanik va texnologik xossalariga
ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Tozalangan jun yoki - lanolin nomi bilan ma'lum bo'lib, yuvish jarayonida
oson sovunsimon moddaga aylanadi.
Jun mo'mi esa yog’ kislotalarining bir
atomli spirtlar - xolesterin,
metaxolesterin, izoxolesterin, agnosterolin, lanosterolein, setil,
seril va boshqalar
bilan murakkab efirlari, erkin xoldagi yuqori molekulali spirtlar va kislotalar
aralashmasidir. Junning kam miqdordagi tabiiy yog’-mumsimon moddalari suvda
erimay, gidrolizga
juda qiyin uchrasa ham, lekin jundan juda oson emulgirlash
yo'li bilan chiqariladi. Yuvish eritmasiga o'tgan yog’-mumsimon moddalar
eritmadagi kolloid sistemani turkumlashtiradi.
Jun tolasiga uning mexanik texnologiyadan o'tuvchanligini yaxshilash, ya'ni
uning cho'ziluvchanligini
oshirish, o'ziluvchanligini va elektr zaryadini
kamaytirish, maqsadida moylovchi (zamaslivatel) moddalar aralashmasi bilan
ishlov beriladi. Junni moylashda junga tushirilgan yog’simon
moddalar miqdori
quyidagicha:
Sukno ishlab chiqarishda to 4-5 % gacha taralgan iplardan kostyumbop
mato ishlab chiqarishda to 1-3 % gacha,
ya'ni xar 1 kg junga 10-50 g yog’simon moddalar tushiriladi.
Moylovchi tarkiblar emulsiya xolida tayyorlanadi,
moylovchi moddalar
sifatida yog’lar, yog’ kislotalari (olein), mineral moylar - aloxida yoki aralashma
xolida qo'shiladi. Bu moddalardan jun maxsulotlarini ozod qilish uchun
ekstraktsiya, gidrolizlash va emulgirlash usullari ishlatiladi.
o'simlik chiqindilari: somon, tikanaklar, urug’lar,
yem qoldiqlari va
boshqalar.
Jundagi ter - suvda eruvchan, qo'yning terlashi natijasida xosil bo'ladi. Uning
tarkibida turli yog’ kislotalarining kaliyli tuzi, xamda kam miqdorda sulfat, fosfat
ionlari va azotli birikmalar bo'ladi. Qo'yning nasliga boqilish muxitiga qarab 2-13
% ni tashkil etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: