Ma’ruza 2 2-Mavzu: Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari Reja



Yüklə 479,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü479,74 Kb.
#169484
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari (2)

3.
 
Tabiiy tolalarning xossalari 
Paxta va zig‘ir tolalari 
Paxta tolasi bu chigitni qoplab turuvchi tola bo‘lib, u xom paxta deb 
yuritiladi. Paxta tolasi o‘rtacha (26-35 mm) va ingichka tolali (35-50 mm) bo‘ladi. 
Paxtani dastlabki ishlash vaqtida (jinlash jarayonida) tola chigitdan ajratiladi va 
tolali material xosil qilinadi. Paxta tolasining qayta ishlash jarayonining texnologik 
yo‘nalishiga ta’sir etuvchi asosiy ko‘rsatkich uning yetilganlik darajasi, uzunligi, 
namligi, chiziqli zichligi, mustaxkamligi va ifloslik darajasidir. Tola yetilganlik va 
mustaxkamlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha yettita navga ajratiladi. 
Jadval 4. Paxta tolasining normativ ko‘rsatkichlari 
Navi 
Yetilganlik 
darajasi, 
Uzilishdagi 
mustaxkamligi 
Ifloslanganlik darajasi, 

Namligi, 

kamida 
Xisob 
bo‘yicha 
Mumkin 
bo‘lgan 









2,1 
2,0 
1,8 
1,6 
1,4 
1,2 
1,2 
4,9 
4,4 
3,9 
3,4 
3,0 
2,5 
2,5 
1,9 
2,1 
2,6 
3,5 
5,3 
8,6 
12,5 
4,0 
5,0 
6,5 
7,5 
12,0 
16,0 
22,0 



10 
11 
12 
12 
Paxta tolasi silliq, yassi lenta ko‘rinishda, buralgan xolatda bo‘ladi. Paxta 
tolasining o‘ta yupqa birlamchi devori uning tashqi ximoya pardasi xisoblanadi. 
sellyuloza bo‘lmagan ko‘pgina moddalar shu devorda joylashadi. Birlamchi 
devordagi sellyuloza makromolekulasi xaotik joylashgan va ularning kamgina 
qismi tola o‘qiga nisbatan perpendikulyar orientirlangan. Ikilmchi devori tolaning 
aosi xisoblanadi, bu qavatda sellyuloza makromolekulasi tartibli joylashgan, ular 
uzun fibrillar xosil qiladi, fibrillr esa o‘z navbatida tola o‘qiga nisbatan ma’lum 
burchak ostida orientirlangan. Birlamchi va ikkilamchi devorlar tola o‘qiga 
nisbatan konsentrik joylashgan. Tola ichida kanal bo‘lib, uning bir tarafi ochiq. 
Ichki kanalda azot tutgan moddalarning bir qismi protoplazma ko‘rinishda bo‘ladi. 
Paxta tolasida lignin yo‘q, lekin u ip gazlama tarkibiga poya va barglar bilan 
birgalikda o‘tadi. 
Zig‘ir tolalar 
Zig‘ir tolalar turli o‘simliklarning poya va barglaridan ajratib olinadi. Ularning 
ichida len tolasi kata axamiyatga ega. Zig‘ir tolalar paxta tolasiga nisbatan uzun, 
qattiq va qalin. Morfologik tuzilishida farq bo‘lsada, ularning umumiyligi 
asoslarini sellyulozadan tashkil topganligidadir. Tolalarning tarkibi quyidagicha. 
Jadval 5. Tola tarkibi 
Moddalar 
Toladagi miqdori, % 
Paxtada 
Lenda 
Sellyuloza 
Mumsimon moddalar 
Pektin moddalar 
Lignin 
Azot tutgan moddalar 
Mineral moddalar 
Boshqalar 
94,5-96 
0,5-0,6 
1,0-1,2 

1,0-1,2 
1,2 
0,3-1,3 
75-78 
2,7 
2,9-3,2 
3,8 
1,9-2,1 
1,3 
9,4-11,9 
Texnik len tolasi paxtaga nisbatan farqli o‘laroq elementar tolalarning 
buramalaridan tashkil topgan. Bu elementar tolalar o‘zaro oraliq plastinka orqali 
birikkan, plastinka esa pektin va lignin moddalardan tashkil topgan. Elementar 
tolalardagi sellyuloza makromolekulasi yaxshi orientirlangan va ular mikrofibrill 
va fibrill ko‘rinishda nadmolekular kompleksni xosil qiladi. 


Jun tolalar 
Jonivorlarni qoplovchi tolalardan olingan maxsulotga jun deyiladi. 
Ko‘pincha qo‘y junidan foydalaniladi. Jun ingichka, yarimingichka, yarimdag‘l va 
dag‘al turlarga bo‘linadi. Ingichka va yarim ingichka jun asosan puxli, yumshoq va 
ingichka tukli toladan iborat. Yarim dag‘al va dag‘al jun puxli toladan tashqari 
o‘zakli, bir qadar qo‘pol va qattiq tolalardan iborat topgan bo‘ladi. Jun tolasi ko‘p 
xujayrali tuzalishga va ikkita - ustki va ichki qavatga ega. Ustki qavat eski xujayra- 
tangasimon shaklda bo‘lib, ichki qavat buralgan xujayrali, bu xujayralar xujayraaro 
moda orqali birlashgan. Ichki qavatda yog‘ va bo‘yovchi moddalar bo‘ladi. Dag‘al 
jun tolasida uchinchi qavat xam bo‘ladi. Bu qavat markaziy xisoblanib, u kanal 
ko‘rinishda bo‘ladi va qurigan xujayra, xamda xavodan tarkib topgan. Tolaning 
ichki qavati bir jinsli emas, u ikki yo‘nalishdagi strukturaga ega. Ular ikkita bir xil 
o‘zaro bir-biriga tegib turadigan silindrlardir. Bu silindrlar kimyoviy turg‘unligi va 
boshqa xossalari bo‘yicha o‘zaro farqlanadi. Turg‘un qismi parakorteks va turg‘un 
bo‘lmagan qismi ortokorteks deb yuritiladi. Jun tolalarining uzunligi taxminan 30-
40 mm va diametri 0,025 mm ga teng. Kalava tayyorlash uchun yuvilgan, ya’ni 
dastlabki ishlov berish zavodlarida chiqindilardan tozalangan jundan foydalaniladi. 
Iflosliklar, ter moddalari, jun yog‘i dastlabki ishlov chog‘ida jun tolasidan 
chiqariladi. Jun tolasida quyidagi moddalar bo‘ladi, %: 
-keratin -90 
-jun yog‘i -0,5-1,5 
-yog‘lovchi moddalar -0,5-2,0 
-o‘simlik moddalari -1 
-bo‘yovchi moddalar -izi 
Tabiiy ipak 
Tabiiy ipakni ipak qurti cheksiz ip ko‘rinishda xosil qiladi. Ipak qurtidan 
chiqayotgan ip darxol qattiqlashib qoladi. Texnik ipakda 70-75% fibroin va 20-
25% seritsin bo‘ladi. Pilladan eshilgan ipni uzunligi 262

52,5 m. Ipak qurti ikkita 
parall ipni o‘zaro seritsin yelimi bilan yelimlangan xolda ajratib chiqaradi. Fibroin 
sterjenlari fibrillardan tashkil topgan. 

Yüklə 479,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin