Polivinilxlorid tolalar-xlorin
. Polimer eritmalari yoki quyultmalaridan
shakllantiriladi. Filament ip yoki shtapel tola ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Texnik
maqsadlarda va meditsina matolari uchun ishlatiladi.
Ular xemobardosh, past
darajadagi termoplastiklikka ega va kam yonuvchan.
Polivinilspirt tolalar-vinol
(Rossiya). PVS ni suvli
yoki suv va etil spirtili
eritmasidan shakllantiriladi. Tola shakllantirish, cho‘zish, yuvish,
quritish va
termoishlov berish jarayonidan o‘tgach asetillanadi. Vinol shtapel tolalari boshqa
tolalar bilan aralashgan xolda yoki o‘zi mato va
trikotaj ishlab chiqarishda
qo‘llaniladi. Ishqalanishga bardoshli. Paxta aralashli maxsulotlarning xizmat qilish
muddatini oshiradi. Boshqa sintetik tolalarga nisbatan gigroskopligi yuqori (4-8%).
Yorug‘likka, issiqlikka chidamli va termobardosh tola xisoblanadi. Yumshash
xarorati 232-238
o
C.
Poliolefin tolalar
. Quyultmadan shakllantiriladi. Yuqori mustaxkamlikka va
elastiklikka ega.
Eng yengil tola, xatto suvdan xam yengil. Xemobardosh.
Issiqlikka chidamsiz. ¤zi aloxida va boshqa tolalar: jun, paxta, viskoza bilan
birgalikda mato, gilam va trikotaj ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.