5.Sintetik tolalarning xossalari Poliefir tolalar . Bunga terilen (Angliya), dakron (SShA), teteron
(Yaponiya), tesil (Chexiya), eana (Polsha) va lavsan (Rossiya) tolalari ta’luqli.
Xom ashyo sifatida bu tolalarni olish uchun dimetil terefalat va etilenglikol xizmat
qiladi. Quyultmadan shakllantiriladi. To‘qimachilik ipi (chiziqli zichligi 11/40
teks), kord (20/80 teks) va shtapel tola (chiziqli zichligi 16,7-200 teks)
ko‘rinishdagi maxsulotlar ishlab chiqariladi. PE tolasi yuqori termik bardoshlikka
ega (70-235
o
C), g‘ijimlanmaydi, paxta, jun va viskoza tolalari bilan birgalikda
qo‘llanishi mumkin.
Poliamid tolalari . Dunyo bo‘yicha ishlab chiqariladigan barcha sintetik
tolalarning yarimini PA tolasi tashkil etadi. PA tolasiga kapron, anid, enant
(Rossiya), silon (Chexiya), stilon (Polsha), grilon va mirlon (Shvesariya), dederon
(Germaniya), naylon (SShA, Angliya, Fransiya), amilan (Yaponiya) ta’luqli.
Ular yuqori qayishqoq-plastik xususiyatga, buklanishga chidamliyilik (paxta va
junga nisbatan 10 barobar va viskozaga nisbatan 100 barobar) xossasiga ega.
Barcha to‘qimachilik tolalari ichida ishqalanishga bo‘lgan chidamliyligi bo‘yicha
birinchi o‘rinda turadi, shuning uchun undan noski-paypoq ishlab chiqarishda keng
foydalaniladi. Kamchiligi: issiq va yorug‘lik ta’siriga chidamsiz, elektrlanadi, juda
silliq yuzaga ega.
Poliakrilonitril tolalari . Ko‘pincha bu tolalar polimerning DMF yoki
rodanid eritmalaridan shakllantiriladi. Shakllantirish, cho‘zish, yog‘lash va quritish
jarayonlaridan so‘ng tolaning termobardoshligini, kirishishga va ko‘p marotabalik
deformatsiyaga
bo‘lgan
mustaxkamligini
oshirish
maqsadida
u
termorelaksatsiyalanadi. Barcha tolalar ichida yorug‘lik ta’siriga o‘ta chidamli tola
xisoblanadi, issiqlik izolyatsion xossasiga ega. Ko‘p xollarda jun bilan birgalikda
ishlatiladi. Tarkibida 15% dan ko‘p miqdorda boshqa monomerlardan tarkib
topgan sopolimerlar quyidagi nomlar bilan ishlab chiqariladi: nitron (Rossiya,
¤zbekiston), orlon 42, kreslan, akrilan (SShA), kurtel (Angliya), ekslan
(Yaponiya), 40-60% dan ko‘p miqdorda boshqa monomer tutgan tolalar-saniv
(Rossiya), daynel (SShA).