- kerakli axborot qurilmalari va resurslarini xarid qilish va qo’llash.
Innovatsion faoliyat uchun xodimlarni tayyorlash, o’qitish, ixtisosini
o’zgartirish va tanlab olishning maxsus usullaridan foydalanish;
- marketing
tadbirlarini tashkil qilish, sotish kanallarini shakllantirish va
yangiliklarda bozorda joylashtirish.
Rejalashtirishning keyingi bosqichi rejalarni xodimlarga yetkazish va
rejalarni amalga oshirish uchun sifatlarni tashkil qilishdan iboratdir.
Yanada yangilashning rezervlarini qidirib topish
va ishlab chiqarishni
takomillashtirish rejalashtirishning ajralmas qismi bo’ladi. Tashkilotni o’sishi va
rivojlanishini bashorat qilish jarayoni o’z ichiga tashkilotni uzoq istiqbolda
strategik ko’rishni oladi. Ishlab chiqarishni o’sishi va yangilanishini bashorat
qilishni yanada rivojlanishi rivojlanishning muqobil
variantlarini tanlash bilan
bog’liqdir. Bunda loyihali va dasturli yondashishlar qo’llaniladi. ITTKI,
texnologiyalar, investitsiyalar, xodimlar imkoniyatlarini,
hamda resurslarini
qidirish muammolarini baholash bashoratlashning majburiy bosqichi bo’ladi.
Bashoratlashda vaziyatli va imitatsion (tahlidli) modellashtirishga
asoslangan miqdoriy usullar keng qo’llaniladi.
Bozor iqtisodiyotida rejalashtirish jarayoni ko’rsatmali xarakterga ega
emas, ammo u ko’pincha rivojlanishning
strategiyasini belgilash, faoliyat
ko’rsatkichlari tizimidan foydalanishga imkon beradi. Rejalashtirish jarayoni,
innovatsion menejmentning markaziy vazifasi bo’lgan holda,
rivojlanish
ustuvorliklarini tanlashdan iborat bo’ladi, bu narsa 2 – rasmda namoyish qilinadi.
Dostları ilə paylaş: