Ma’ruza 7: INNOVATSION MENEJMENT ASOSLARI
REJA:
1. “Innovatsion menejment”ning asosiy tushunchalari, maqsadlari va
vazifalari.
2. Innovatsion menejmentning vazifalari.
3. Innovatsion faoliyatni tashkil qilish.
4. Innovatsion menejmentdagi kommunikatsiyalar jarayoni
5. Innovatsion menejmentdagi nazorat
6. Innovatsion menejmentda qarorlar qabul qilinishi
2.1. “Innovatsion menejment”ning asosiy tushunchalari, maqsadlari va
vazifalari
Innovatsion
menejmentning maqsadlari, xarakteri va mazmuni innovatsion
menejmentning xususiyatlari va uning an’anaviy turlardan katta farq qilinishini
belgilab beradi. Ierarxiyaning har xil darajasidagi (davlat darajasidan boshlab to
kichik innovatsion korxonagacha) har qanday innovatsion tizimlarni innovatsion
rivojlanishining maqsadli uzoq muddatli iqtisodiy o’sish
va yuqori tartibdagi
raqobat afzalliklarini ta’minlash uchun innovatsion bazani yaratishdan iboratdir.
Raqobat nazariyasidan kelib chiqqan holda, xuddi fanni rivojlanishi va yangi
texnologiyalarni tadbiq etilishining innovatsion salohiyati yuqori tartibdagi raqobat
afzalligini yaratadi.
Innovatsion rivojlanish maqsadlarni belgilash va kompaniya rivojlanishi
yo’nalish strategik ko’rishga o’zining xususiyatlarini kiritadi, boshqaruv apparati
oldida turgan vazifalarni modifikatsiyalaydi. Innovatsion tadbirkorlikning yuqori
xatari, mahsulotlarni mavjud bo’lish
davrlarini qisqarishi, yirik seriyali ishlab
chiqarishdan voz kechish innovatsion menejer zimmasiga alohida majburiyatlar
yuklaydi. Innovatsion faoliyat sharoitida menejerning roli keskin o’sadi, uning
shaxsi, qobiliyati, malakasi va kasbiy ko’nikmalari esa haqiqatda ham kompaniya
taqdirini belgilab beradi.
Innovatsion menejmentning asosiy vazifalarini amalga oshirishda alohidagi
o’zaro aloqa va mantiqiy izchillik vujudga keladi. Masalan, manajmentning
kommunikatsiya,
undovchi sabablar, vakolatlarni boshqaga topshirish jarayoni
kabi protsessual va sotsial – psixologik vazifalarning ahamiyati keskin oshadi.
Innovatsion jarayonlarni tashkil qilish usullari orasida shaxslararo munosabatlar,
guruhli dinamika qonunlariga suyanuvchi norasmiy turlar ustunlik qiloadilar.
Nazoratning har xil turlari o’rtasidagi nisbat o’zgaradi. Ularning barchasi
ko’proq o’zini o’zi nazorat qilish, innovatsiyalarning
strategik nazorati, hamda
nazoratning moliyaviy-iqtisodiy turlariga mo’ljallangan. Innovatsion jarayonlarni
borishi ustidan nazorat qilish bilan bog’liq kommunikatsiyalar alohida ahamiyat
kasb etadi. Ularda protsessual xarakter va axborotlarni almashtirishning uzluksiz
jarayoni ustun bo’ladi.
Xodimlarni innovatsion boshqarishda menejmentning
vazifalari va usullari
alohidagi o’zgarishlarga duch keladilar. Yangiliklarni ishlab chiqish va tadbiq
etilishi, jarayonlarini murakkablashishi, yangi texnologiyalarni paydo bo’lishi
xodimdan tegishli malaka va alohidagi kasbiy bilimlar va ko’nikmalarni talab
qiladi. Innovatsion tuzilmalarda xodim ma’lumotining umumiy darajasini ancha
oshishi sodir bo’ladi. Xodimlarning shakllanayotgan turi o’ziga ma’suliyatni olish
va qarorlar qabul qilishga qodir xodimlarni talab qiladi.
Vakolatlari boshqachaga
topshirish va u bilan bog’liq tashkilot ierxiyasi yuqori darajalarining vakolatlarini
qisqarishi xodimlarining tashbbusi, shaxsiy erkinligi va omilkorligini o’sishi bilan
yaqindan bog’liq.
Innovatsion menejmentda xodim, innovatsion jamoa va umuman
innovatsion korxonaning hulqini turi o’zgaradi. Nafaqat maqsadga qaratilgan
ratsional harakat, balki qiymatga qaratilgan ratsional harakat hulqning asosiy
tarkibiy qismi bo’ladi.