Ma’ruza 7: innovatsion menejment asoslari reja: “Innovatsion menejment”ning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari


innovatsion faoliyatni tashkil qilish



Yüklə 442,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü442,28 Kb.
#184568
1   2   3   4   5   6   7   8
Lecture 7

2.3. innovatsion faoliyatni tashkil qilish 
Tashkilotning boshqaruv vazifasi sifatidagi asosiy vazifasi innovatsiyalarni 
tadbiq etish uchun tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish, korxonani rivojlanishi 
strategiyasini amalga oshirish va tadbirlar rejalarini bajarish maqsadida 
resurslarning barcha turlari bilan ta’minlashdan iboratdir. 
Yangiliklarning yaratishning murakkabligi, noaniqligi, kreativ xarakterligi 
ijrochilar ishini tashkil qilish va muvofiqlashtirishni innovatsion menejmentning 
vazifalaridan biri qiladi. Tashkil qilish jarayoni o’z ichiga menejment tuzilmalarini 
shakllantirish, moddiy, energetik, axborot va innovatsion oqimlarini ijrochilar 
o’rtasida taqsimlanishi oladi. Ma’suliyat, xatar va falokatlarni taqsimlanish 
boshqaruv jarayonining muhim tarkibiy qismi bo’ladi. 
Boshqaruv jarayonini tashkil qilishning vazifasiga boshqaruv jarayonlarini 
loyihalashtirish, tadbirlar, usullar va yo’llar unifikatsiyalash (bir shaklga keltirish) 
turkumlashtirish va standartlashtirish bo’yicha choralarni ishlab chiqish hamda 
menejment tizimchalari bo’yicha axborotlarni taqsimlash kiradi. Tashkil qilishga 
ishlab chiqarishni ilmiy-texnik, texnologik va tashkiliy darajasini oshishi kiradi. 
Menejmentning oldida ishlab chiqarishlar va innovatsion jarayonlarga uzluksizlik 


uyg’unlik chiqindisizlik izchillik va paralellik kabi xususiyatlarni berish vazifasi 
turadi. 
Innovatsion tizimlarda ihlab chiqarishning texnik-tahliliy darajasini oshishi, 
ilmiy-texnik daraja, tashkil qilish, texnologiyalar va texnika darajasining integralli 
ko’rsatkichi menejerning haqiqy muhim vazifasi bo’ladi. Ishlab chiqarish texnik-
tashkiliy darajasi ko’rsatkichlarining chizmasi 3 – rasmda berilgan. 
Tashkil 
qilish 
jarayoni 
chiqarishning 
tashkiliy 
darajasi 
yuqori 
ko’rsatkichlariga erishish uchun ishlab chiqarish parametrlari va omillarining 
ratsional birlashuvini ta’minlash zarur. Innovatsion korxonaning rivojlanishining 
strategiyasi sotsiotexnik tizimlar barcha ishlab chiqarishni ko’p ilmli talab qilishini 
oshishi faqat bu narsa ishlab chiqarishning egiluvchanligi, moslashuvchanligi, 
ustuvorligi va uyg’unligi bilan bog’langandagina, firmaning yuqori raqobat 
afzalligi va qabul qilinatotgan qarorlarning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashini 
bildiradi. Yangiliklarni ishlab chiqish va tadbiq etishga yuqori harajatlar, agar 
boshqaruv qarorlari bir vaqtda tashkiliy tuzilmalarni yangilanishi, texnologik 
jadallikni oshishi va mehnat unumdorligini ko’payishiga qaratilgan bo’lsa, hatto 
boshlang’ich bosqichda fondni qaytarilishi va ishlab chiqarishning rentabelligini 
passaytirmaydi. 
Ushbu nuqtai nazardan tashkil qilish jarayoni o’zaro hamkorliklarni 
silliqlash. 
Ixtisoslashishni 
chuqurlashtirish 
va 
ishlab 
chiqarishdagi 
kooperatsiyalashish tendentsiyalarini kuchaytirish jarayoni sifatida ko’rib chiqildi. 
Haqiqatdan ham innovatsion tizimlarda menejer ishlab chiqarish tuzilmalarini 
tashkiliy loyihalashtirish. Ilmiy ishlab chiqrish va marketing bo’linmalariga 
muvofiq o’zaro aloqasi, maqsadli ihtisoslashtirishni modellashtirish bilan 
shug’ullanadi. Ihtisoslashishning aniq shakllari (predmetli, detallar bo’yicha yoki 
texnologik)ni tanlashni innovatsion korxona bo’linmalari va xizmatlarining aniq 
o’zaro aloqssiz yo’lga qo’yib bo’lmaydi. 

Yüklə 442,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin