Ma’ruza mantlari


- MA’RUZA Abraziv toshlar va elborlar bilan ishlaganda texnika havfsizligi qoidalari



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə15/16
tarix12.10.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#154148
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3 Ma\'ruza materiallari

11- MA’RUZA
Abraziv toshlar va elborlar bilan ishlaganda texnika havfsizligi qoidalari


Reja:



  1. Umumiy ma’lumotlar

  2. Abraziv asboblarda ishlash texnika xavfsizligi

  3. Elborlar bilan ishlaganda texnika xavfsizligi

Silliqlovchining ish joyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilar:


Abraziv changi.
Abraziv tosh yaroqsizligi.
Ish boshlashdan oldin silliqlovchi quyidagilarga majbur:

  • Ushbu ishni bajarish uchun kerak bo'lgan, tarmoq me'yorlarida ko'zda tuitlgan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va individual himoya vositalarini kiyish (saqlagich ko'zoynaklari), tartibga solish, yeng qaytarmasini to'g'nash yoki bog'lash, sochlarni bosh kiyimi ostiga olib qo'yish.

  • Oqimli-tortuvchi ventilyatsiya, signalizatsiyalarni, blokirovka va saqlovchi moslamalar, zaminlash, jihozlarning yaroqliligini va jilvir tosh mahkamlanganligini tekshirish.

  • Ish joyini yetarli darajada yoritilganligiga ishonch hosil qilish.

  • Dastlabki materiallar holatini va mavjudligini tekshirish (zagotovka va yarim tayyor mahsulotlar).

  • Bo'shashib qolgan gaykalarni, kontrgaykalarni, boltlarni, ponalarni tortib mahkamlash va stanokning tegishli boltli birikmalari, yordamchi va saqlovchi moslamalari va qurilmalarini qanday shlintlanganligini tekshirish.

Ishlatilayotgan jilvir toshlarning ruxsat etilgan aylanma tezligi va stanok shpindelining bir minutdagi aylanishlar chastotasi keltirilgan jadvallar mavjudligini tekshirish (ushbu ma'lumotlar stanokda ko'rsatilgan bo'lishi kerak). Abraziv asboblarning, xamda shpindelning chiqib turgan aylanuvchi uchlari va mahkamlash detallari himoya to'siqlari, tirqish(zazor) mavjudligini tekshirish.
Jilvir charxtosh (ishlatilmagan, yangi) va himoya kojuxi ichki yuzasi orasidagi tirqish (zazor) mavjudligi tekshirish, u quyidagi o'lchamlarda bo'lishi kerak:

  • Diametri 100 mm gacha bo'lgan jilvir charxtoshlar uchun ko'pi bilan 9 mm.

  • Diametri 101-300 mm gacha bo'lgan jilvir charxtoshlar uchun ko'pi bilan 10 mm.

  • Diametri 301-600 mm gacha bo'lgan jilvir charxtoshlar uchun ko'pi bilan 15mm.

  • Diametri 751-1400 mm gacha bo'lgan jilvir charxtoshlar uchun ko'pi bilan 20mm.

Ish boshlashdan oldin stanokda o'rnatilgan jilvir tosh ishchi tezlikda qisqa vaqt salt holatda aylantiriladi, bunda 140-400 mm diametrli toshlar 2 min davomida (kamida), diametri 400 mm dan katta bo'lgan toshlar 5min davomida (kamida).
Jilvir tosh o'rnatgandan kiyin quyidagilarni tekshirish lozim:

  • Jilvir tosh tepishi yo'qligini, shpindel tepishi stanokning texnik shartlariga muvofiq bo'lish.

  • Abraziv toshda sezilarli o'yilgan va yorilgan joylarining bor-yo'qligini, toshni osilgan holatida massasi 200-300 gr. Bo'lgan bolg'a bilan urib tekshirish (yoriqlari bo'lmagan asbob tiniq tovush chiqaradi).

  • Jilvir toshda sinov raqami va sanasi ko'rsatilgan belgi yoki yorliq, ruxsat etilgan ishchi aylanma tezligi ko'rsatilgan tamg'a (markirovka) mavjudligini.

  • Jilvir tosh va siquvchi flaneslar orasida (qalinligi 0,5-1mm bo'lgan) qistirma mavjudligini, flanesni mahkamlayotgan gaykalarning ishonchli mahkamlanganligini, shuningdek jilvir tosh markazlashganini.

  • Asbobni o'rnatish uchun ishlatiladigan moslamalar asbobning stanok shpindeli bilan o'qdoshligini, xamda segmentlar balandligidan kam bo'lmagan xolda uzunligi bo'yicha qisilishini a'minlashini kerak. Jilvir tosh teshigi va o'rnatish joyi orasidagi tirqish (zazor) o'rnatish teshigi diametriga ruxsat etilgan kattalik chegarasida bo'lishini.

Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmaganida silliqlovchi o'z mulohazalarini smena ustasiga aytishi va ular bartaraf etilganga qadar ishga kirishmasligi shart.
O'tkir uchli va qirrali mayda, qiyin ushlanuvchi detallarni mahkamlash uchun texnologik kartada keltirilgan maxsus moslama va qisqichlardan foydalanish lozim.
Ishlov berilayotgan detalni yassi silliqlash stanogiga o'rnatganda va mahkamlaganda quyidagilar lozim:

  • Stolni qo'l bilan siljitib, agarda buning iloji bo'lmasa masshtab chizg'ich yordamida u to'g'ri joylashganligini tekshirish.

  • Detalni faqatgina bir xil masofada joylashtirilgan maxsus tirgak va qisuvchi plankalari (taxtachalar) bilan mahkamlash.

  • Jilvir tosh erkin o'tishi uchun barcha tirgak plankalarni ishlov berilayotgan detaldan pastroq o'rnatish.

  • Mahkamlash boltlarini detalni qisish joyiga yaqinroq, qisish plankalarini esa detalga nisbatan to'g'ri burchak ostida o'rnatish.

  • Ishlov berilayotgan detallarni taglik va stellajlarda barqaror joylashtirish, bunda shtabel balandligi mayda detallar uchun 0,5m dan, o'rtacha detallar uchun 1m dan, yirik detallar uchun 1,5m dan oshmasligi kerak.

  • Doiraviy silliqlash stanoklarida ishlaganda uzun detallarni lyunetlarda ishonchli mahkamlash.

Detallarni silliqlaganda quyidagilar lozim:

  • Detalni faqatgina qizdirilgan jilvir toshga uzatish, ayniqsa jilvir tosh yangi va bino sovuq bo'lsa, detalni toshga ravon, siltovsiz va keskin bosimsiz uzatish.

  • Jilvir toshni zarb va siltashlardan saqlash.

  • Ishlatilayotgan jilvir toshning ruxsat etilgan ishchi aylanma tezligiga va shpindelning aylanishlar chastotasiga amal qilish.

  • Maxsus jilvir toshlar bilan ishlaganda yon yuzadagi siquvchi flanes detalga tegmasligini kuzatish.

  • Stanokning bir shpindelida ikkita jilvir tosh bilan ishlaganda ikkala jilvir tosh o'lchamlari bir biridan 10 foizga farq qilmasligi shart.

  • Jilvir tosh ishchi yuzasining butun eni bo'ylab ruxsat etilgan diametrdan oshmagan xolda yeyilishini kuzatish, va yeyilish natijasida uning diametri kichrayganda jilvir tosh aylanishlar sonini ushbu jilvir toshga ruxsat etilgan ishchi aylanma tezligini oshirmasdan ko'paytirish mumkin.

  • Ishlov berilayotgan detal tepishini reysmus yoki indikator yordamida to'g'rilash.

  • Stanokni to'xtatishdan oldin uzatishni uzish va jilvir toshni detaldan chetga olish.

  • Abraziv asboblarni va silliqlash tasmalari, xamda shpindelning aylanuvchi chiqib turuvchilarini va mahkamlash detallarini mahkamlanuvchi kojuxlar bilan to'sish.

  • To'sqichlarni jilvir tosh to'xtatilgandan so'ng siljitish.

  • Jilvir toshga dastaki suriladigan detallarni tutib turish uchun qo'ltirak(podruchnik) lardan foydalanish, ularni ishonchli mahkamlash, quyidagicha o'rnatish lozim:

  • Qo'ltirak (podruchnik) cheti bilan jilvir toshning ishchi yuzasi orasidagi tirqish (zazor) silliqlanayotgan buyum qalinligining yarmidan kichik bo'lishi, ammo 3 mm dan oshmasligi kerak.

  • Detalning jilvir tosh bilan to'qnashish yuqori nuqtasi jilvir tosh markazidan o'tuvchi gorizontal tekislikdan baland joylashishi, ammo 10 mm dan oshmasligi kerak.

  • Shpindelning urishi stanokka o'rnatilgan texnik talablaridan oshmasligi shart.

  • Harakatlanuvchi stolli stanoklarda ishlashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

  • Odamlarni harakatlanuvchi stol bilan qisilib qolmasligi uchun xar qanday buyumlarni stanok yon tomonidan o'rnatishga yo'l qo'ymaslik.

  • Odamlarni stol "qulochi" xavfli zonaga qo'ymaslik va uni to'sishlarini talab qilishi.

  • Quvvati katta bo'lgan tezyurar harakatlanuvchi stolli stanoklarda ilintirish mexanizmlari yaroqlilik holatini nazorat qilish.

Jilvir toshlarni qayrashda quyidagilarga amal qilish zarur:

  • To'g'rilash moslamalari ishonchli mahkamlanganligini tekshirish.

  • Maxsus to'g'rilash moslamalaridan foydalanish (olmos qalamchalar, metall roliklar, metallo keramik disklar va boshqalar).

  • Abraziv changni tozalash uchun maxsus cho'tkalardan va kurakchalardan foydalanish, bu ishni saqlagich ko'zoynaklarda bajarish kerak.

  • Quyidagi xollarda stanokni to'xtatib elektrodvigatelni o'chirish shart:

  • Stanok oldidan hattoki qisqa vaqtga uzoqlashganda.

  • Ishni vaqtincha to'xtatganda.

  • Detal va asboblarni o'rnatganda va yechib olganda.

  • Stanokni tozalaganda va moylaganda.

  • Jihozda xar qanday nosozliklar aniqlanganda.

  • Silliqlovchiga quyidagilar taqiqlanadi:

  • Stanok yonida ovqat iste'mol qilish.

  • Stanokka sinovdan o'tmagan jilvir toshlarni o'rnatish.

  • Har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan barmoqlar bilan ishlash.

  • Rezbalari yaroqsiz mahkamlash boltlaridan foydalanish.

  • Nosoz va zarur to'siqlari bo'lmagan stanoklarda detallarni silliqlash.

  • Detalning jilvir charxtoshga bosimni oshirish uchun richaglardan foydalanish.

  • To'g'ri profilli magnezial biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanilganda sekundiga 20 m ishchi aylanma tezlikdan oshirish.

  • Jilvir charxtosh yon yuzasi bilan ishlash, agarda jilvir charxtosh bu turdagi ishlarga mo'ljallanmagan bo'lsa.

  • Nam silliqlashda mineral biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanish.

  • Jilvir toshni to'g'rilashda moslamani butun gavda bilan bosish va jilvir tosh aylanish tekisligida turish.




Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin