Sanoat-ishlab chiqarish zonalari:
■ari:
a) «nuqtali»
|
1 — 2 gacha
|
Yo’q
|
Bojxona imtiyozlari
|
Braziliya, Meksika, Puerto-Riko, Filippin, Karib havzasi
|
b) sanoat park-
lari
|
0,1 - 0,5
1 20
|
Majburiy emas
|
Bojxona imtiyozlari
|
Janubi-Sharqiy Osiyo, Meksika
|
Savdo-ishlab chiqarish
|
1 -4
|
Majburiy
|
Bojxona imtiyozlari
|
AQSh
|
Kichik biznes zonalari
|
0,01 - 3
|
Yo’q
|
Moliyaviy, soliq im-tiyozlari
|
Hindiston, Yaqin Sharq, Argentina, Frantsiya
|
Ilmiy-texnologik (ilmiy-ishlab chiqarish)
|
2-20
|
Majburiy emas
|
Soliq imtiyozlari
|
Janubi-Sharqiy Osiyoning yangi industrial mamla-katlari
|
Offshor moliya markazlari
|
0,05-0,1
|
Yo’q
|
Soliq im-
tiyozlari
|
Karib havzasi, Gonkong, Singapur
|
Kompleks:
|
|
a) maxsus iqtisodiy
|
16 - 330
|
Majburiy
|
Soliq, bojxona, moliya
|
Xitoy
|
b) “Manaus” zonasiga o’x-shash alohida rejimga ega hududlar
|
80 dan yuqori
|
Hudud qismlari uchun majburiy
|
Soliq, bojxona, moliya
|
Braziliya («Manaus»), Argentina («Olovli er»)
|
v) alohida iq-tisodiy zonalar
|
Ma’muriy-hududiy tuzilmalar doirasida (shahar, tu-man)
|
Alohida zonada joylashgan kichik (lokal) hududlar uchui majburiy
|
Soliq, bojxona, moliya
|
Rossiya (Kaliningrad
viloyati)
|
*Ma’muriy imtiyozlar barcha turdagi zonalar uchun bazaviy hisoblanadi.
EIZda asosan bojxona, soliq va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq imtiyozlar qo’llaniladi. EIZ hajmi jihatdan o’rtacha 0,01 kv. km. dan 330 kv. km. gacha bo’lgan hududlarni qamrab olishi mumkin.
6.3. Rivojlangan davlatlarda erkin iqtisodiy hududlar barpo etilishi va rivojlanishi hamda ularning iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’siri
EIHlar faoliyat yuritayotgan 123 ta mamlakatlar orasida eng ko’pi AQShga to’g’ri keladi. AQShda EIHlarning soni 240 tadan oshadi52. AQShda EIHlar 1930 yillarda tashkil qilina boshlagan. U «Tashqi savdo hududlari to’g’risida»gi (1934 y.) Qonun bilan birgalikda, tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish va ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida tashkil qilingan.
EIHlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Frantsiyada va mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham EIHlar tashkil qilingan bo’lib, ular muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritayapti. U yerda, ko’proq, turli xildagi erkin savdo hududlari, ilmiy parklar va ofshor markazlari tarqalgan.
Markaziy va Sharqiy Evropa hamda Xitoy mamlakatlarida 1980-yillarda EIHlar xorij kapitalini va texnologiyasini jalb qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadlarida tashkil qilina boshladi. Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida, asosan, mahsulot-omborxona va eksport-ishlab chiqarish hududlari tashkil qilingan va ularga soliq hamda bojxona imtiyozlari berilgan.
Rossiyada EIHlar 1980-yillar oxiri 1990-yillar o’rtalariga kelib tashkil qilina boshlandi. Biroq, Rossiyada tashkil qilingan barcha EIHlar ham vaqt o’tishi bilan tajribalarga dosh berolmadi. Bunga ularga (EIHga) nisbatan mamlakat siyosatining munosabati ham ta’sir ko’rsatgan. Ular ichida muvaffaqiyat qozonganlardan Primorya o’lkasining «Naxodka» EIH va Kaliningrad viloyatidagi maxsus iqtisodiy hududlarni aytish mumkin.
Shunday qilib, dunyodagi EIHlar soni doimiy ravishda ortib bormoqda, ularni tashkil qilishdagi geografik chegaralari kengayib, ularning shakli o’zgarib bormoqda, tashqi savdo hududlaridan eksport-ishlab chiqarish va kompleks hududlarga aylanishi kuchayib bormoqda. Xo’jalik faoliyati mohiyati tovar ayriboshlashdan tovar ishlab chiqarish tomon boradi, xizmat ko’rsatishning oddiy turlaridan ilmiy darajada murakkab bo’lgan turlariga o’zgarib boradi. Yuqoridagilarga muvofiq, shuni xulosa qilish mumkinki, EIHlar milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim omilga aylandi.
EIHni tashkil qilish, uning tashkilotchilari tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshiruvchi muhim bo’g’in sifatida qaraladi. EIHda iqtisodiyot tashqi dunyo bilan yuqori darajada aloqada bo’lish imkoniga ega, bojxona, soliq va investitsiya rejimlari ichki hamda tashqi investitsiyalar uchun ijobiydir.
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish va ularni rivojlantirish aniq bir dolzarb muammoga ega bo’lgan iqtisodiy masalani echishga, strategik dastur va loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi.
O’z hududida EIHni tashkil qilayotgan davlat uchun, EIHlar pirovard maqsad hisoblanmaydi. Ko’pgina hollarda, EIHlar mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy strategiyasiga qo’shilib ketadi. EIHni tashkil qilishdan umumiy maqsad ommaviy ahamiyatga ega bo’lgan makroiqtisodiy masalalarning echimiga qaratilgan bo’ladi. Xususan:
– iqtisodiy o’sish darajasini tezlashtirish;
– sanoatni yangilash va zamonaviylashtirish;
– ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan to’yintirish.
Biroq, bu maqsadlarga to’g’ridan-to’g’ri erishish har doim ham amalga oshmaydi. Dunyo amaliyoti ko’rsatishicha, EIHlar bu masalani, xalqaro bozorga mahsulot va xizmatlarni chiqarish orqali valyuta kirib kelishining ko’payishi hisobiga hal qilish imkonini beradi. Huddi mana shu vaqtning o’zida EIHlar, qabul qilayotgan mamlakatlar uchun ham bir qancha masalalarni hal qiladi: mamlakatga xorij hamda mahalliy kapitalni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, sanoat va xizmat ko’rsatish sohalarida ish bilan bandlik darajasini oshiradi, boshqaruv hamda marketing tizimida etakchi malakaga ega bo’lish imkonini beradi, zamonaviy infratuzilmani yaratadi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday EIH doimiy rivojlanishda bo’ladi. Bir turdagi iqtisodiy hudud boshqa turdagi hududga aylanishi mumkin, albatta, u rivojlanishning yuqori bosqichida bo’ladi, bu, o’z navbatida, EIH oldida turgan maqsadlarning o’zgarishiga va yanada murakkablashishiga olib keladi.
EIH maqsadi uni tashkil qilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga, xalq xo’jaligining strategik rejasiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham EIHni tashkil qilish sabablari va maqsadlari alohida hollarda bir-biridan farqlanadi.
Yuqorida aytib o’tilgan maqsad va sabablardan tashqari, EIHni tashkil qilishda yana uch asosiy masalaga e’tibor qaratiladi:
– ishlab chiqarish eksportini oshirish va natijada valyuta kirib kelishini ta’minlash;
– ish bilan bandlik ko’rsatkichini oshirish;
– hududni xo’jalikda yangi usul va texnologiyalarni qo’llash bo’yicha poligonga aylantirish va milliy xo’jalikning o’sishiga erishish.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida EIHlarni tuzish maqsadlari, ko’p jihatdan, rivojlanayotgan mamlakatlarnikiga o’xshashdir. Masalan, Rossiyada EIHlarning tuzilishi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:
– mamlakat iqtisodiyotiga xorij kapitalini jalb etish;
– tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun bozor tizimini shakllantirish;
– eksport saloxiyatini rivojlantirish va valyuta tushumlarini ko’paytirish;
– ham xorij, ham milliy ilmiy echimlarni va «nou-xau»larni joriy qilish hisobiga ilmiy-texnika taraqqiyotini jadal tatbiq etishni ta’minlash;
– hudud miqyosida yangi xo’jalik yuritish usullarini sinab ko’rish.
EIHlarning tuzilishi, faoliyat yuritishi va rivojlantirilishining huquqiy asosi bu huquqiy aktlar bo’lib, ularda quyidagilar aniqlanadi: hududning maqsadi, vazifalari va boshqarish tartibi; xorij va milliy kapitalga beriladigan turli imtiyozlar; xorijiy investitsiyalarni boshqarish; tashqi savdo va bojxona; oltin valyuta zaxiralari boshqaruvi va kreditlar; arbitraj va da’volarning ko’rilish tartibi.
6.4. Erkin iqtisodiy hududlarning investitsiyalarni jalb etishdagi ahamiyati. Erkin iqtisodiy hududlarning turlari va ularga jalb etilgan investitsiyalarga nisbatan turli imtiyoz va rag’batlarning qo’llanilishi.
EIHni rivojlanishining muhim sharti bu investorlar uchun bo’lgan imtiyozlardir. Chunki ular kapital qo’yishdan avval ularga berilayotgan imtiyozlarni obdon sinchkovlik bilan o’rganadilar. Bu o’rinda soliq imtiyozlari muhim o’rin tutadi. Soliq imtiyozlari – eng keng tarqalgan usul bo’lib, u kapitalning jamlanishiga, ishlab chiqarishning zamonaviy sohalarining rivojlanishiga, milliy iqtisodiyotda progressiv o’zgarishlarga erishishga yordam beradi. Davlat soliq imtiyozlari berish orqali ham mahalliy, ham xorij kapitali investitsiyasini rag’batlantiradi. Bunda yangi qayta ishlash sohalari, qoloq va olis hududlar, yangi texnika va texnologiyalarning qo’llanilishi, sermashaqat va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish ta’minlanadi. Lekin, shuni ta’kidlab o’tish kerakki, EIHlar uchun beriladigan imtiyozlar tizimi natijasida davlat zarar ko’rmaydi. Aksincha, bu ilmiy-texnik salohiyatni o’stirish, yangi boshqaruv usullarini va tadbirkorlik shakllarni joriy etish, xizmat ko’rsatishning jahon standartlariga o’tish uchun to’lanadigan haqdir.
Har bir mamlakat yoki uning u yoki bu hududi EIHlar tashkil etish jarayonida o’zining imtiyoz va rag’batlantiruvchi omillarini tanlaydi. Tajribalar ko’rsatishicha, hududlarda o’rnatiladigan imtiyozlar tizimi turlicha bo’lib, uning hududida amalga oshirilayotgan dastur va loyihalarga bog’liq. Shu bilan birga, turli xildagi EIHlarning umumiy sifatlari mavjuddir: anchayin qulay investitsiya sharoitlari, tashqi savdo, soliq, moliya va boshqaruv imtiyozlari.
Maqsad va joylanishidan kelib chiqqan holda, EIHlar hududi o’lcham jihatdan turlicha bo’lishi mumkin – 1,5 km2 dan (Sheremetevo, Rossiya) to 3,6 mln km2 gacha (Manaus, Braziliya). Ayrim hollarda, EIHlarni hali ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma hamda rivojlangan sanoatga ega bo’lmagan yangi xo’jalik hududlarida tashkil etish ham maqsadga muvofiq bo’ladi. EIHlarni yangi xo’jalik o’zlashtirish hududlarida tashkil etish uzoq muddatli muhim davlat dasturlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi (mineral xom ashyo bazasini mustahkamlash, mashinasozlik kompleksini yaratish va h.k.). Mana shunday hududiy siyosatni Argentina, Braziliya, Indoneziya, Xitoy, Meksika, Chili va boshqa mamlakatlar olib bormoqda.
Har xil mamlakat hududidagi imtiyozlar va rag’balantirish omillari bir-biridan farqlanadi, ammo, ular mohiyatan bir-biriga o’xshaydi. EIHni tashkil qilish natijasida paydo bo’lgan tajriba shuni ko’rsatadiki, ularning har biri uchun o’ziga mos keluvchi imtiyozlar va rag’batlantiruvchi omillar mavjud. Iqtisodiy adabiyotlarda imtiyozlarni to’rtta asosiy guruhga bo’lib ko’rsatishadi:
1. Bojxona (tashqi savdo) imtiyozlari bo’lib, EIH maydonida maxsus bojxona tartibini (eksport-import bojini kamaytirish yoki yo’q qilish) joriy etish va tashqi savdo operatsiyalarining soddalashtirilgan tartibini qo’llash.
2. Soliq imtiyozlari tadbirkorlarning belgilangan yo’nalishdagi faoliyati va aniq belgilangan ishlab chiqarish turlari bilan bog’liq soliq rag’batlantiruvi me’yorlarini o’z ichiga oladi. Bu imtiyozlar soliq ta’tillarini (besh yildan yigirma yilgacha), QQS solig’ini to’lashdan ozod etish, mahalliy soliqlardan ozod etish, foyda, ko’chmas mulk, mulk soliqlari, xorijlik xodimlarning daromadlaridan olinadigan soliqlar, foydani xorijga o’tkazishga to’lanadigan soliqlardan to’la yoki qisman ozod etilishini o’z ichiga oladi. Ayrim hollarda, xorijiy investorlar uchun boshqa imtiyozlar ham ko’zda tutiladi, masalan, investitsiya ssudalari va investitsiya dotatsiyalari. Investitsiya ssudalari asosiy fondlarga nisbatan daromad solig’idan qo’shimcha chegirmalar (10-50 %)dan iborat bo’lib, imtiyozli davr tugagandan keyin tatbiq qilinadi. Investitsiya dotatsiyasi yangi investorlarga qaytarib olmaslik sharti bilan beriladigan pul subsidiyalaridir. Bu subsidiyalar kapital qo’yilmalar hajmiga bog’liq bo’lib, odatda, moliyaviy imkoniyatlari chegaralangan va past rentabelli korxonalarga beriladi.
3. Moliyaviy imtiyozlar o’z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. Masalan, kommunal xizmatlarga pastroq tariflar, er uchastkalari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishda ijara haqidan chegirma, imtiyozli kreditlar va hokazo. Bundan tashqari, ko’pgina EIHlar muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatlarda faqatgina erning imtiyozli ijarasi emas, balki, xorijliklarga erkin sotilishi ham qo’llaniladi. Xorijliklar tomonidan bu qabul qiluvchi tomonning jiddiy qiziqishining namunasi sifatida qabul qilinadi. Bu xorij investorlari uchun muhim imtiyoz sifatida qaraladi.
4. Ma’muriy imtiyozlar hududi ma’muriyati tomonidan korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish, xorij fuqarolarining kirib-chiqish tartibini soddalashtirish va korxonalarga turli xil xizmatlarni ko’rsatish maqsadida berildi. Maxsus iqtisodiy hududlar tuzilgan ko’pchilik mamlakatlarda investorlarga «bir joyda» yoki «24 soat mobaynida» xizmat ko’rsatish turlari joriy etilgan bo’lib, bunda ruxsatnoma va litsenziyalar berish masalalari bir joyning o’zida tez hal qilinadi. Yuqorida ko’rsatilgan imtiyozlar u yoki bu EIHning faoliyat sharoitlaridan kelib chiqqan holda turli kombinatsiyalarda qo’llaniladi. Shu bilan birga, har bir tur hududga mos keluvchi imtiyoz va rag’batlarning standart jamlamasi ham mavjud.
EIHlarda qo’llaniladigan imtiyozlar har doim ham mamlakatga xorij investitsiyalarini kiritishni rag’batlantiruvchi asosiy omil bo’lib xizmat qilmaydi. Unga nisbatan muhimroq omillar bo’lib, siyosiy barqarorlik, investitsiya kafolatlari, infratuzilma sifati, ishchi kuchining malakasi, ma’muriy jarayonlarning soddaligi va boshqalar xizmat qiladi. Shu bilan birga, boshqa barcha sharoitlar teng bo’lganda birinchi o’ringa taklif etilayotgan imtiyozlar va rag’batlar chiqadi.
6.5. O’zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari. O’zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarga jalb etiluvchi investitsiyalarning asosiy yo’nalishlari va samaralari.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning huquqiy asoslarini O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 apreldagi «Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi 220-I–sonli Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida»gi 4059-sonli hamda 2012 yil 13 apreldagi ««Angren» maxsus industrial zonasini barpo etish to’g’risida»gi 4436-sonli Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 27 yanvardagi «Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 21-sonli Qarori hamda unga ilova qilingan «Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi to’g’risida»gi Nizomlar tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zona to’g’risida»gi Qonuniga ko’ra erkin iqtisodiy zonalar quyidagi turlarga ajratiladi:
– erkin savdo zonalari;
– erkin ishlab chiqarish zonalari;
– erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar.
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o’rash-joylash, saralash, saqlash zonalarini o’z ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegaraga tutash hududlarda, aeroportlarda, temiryo’l tugunlarida yoki O’zbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuziladi.
Erkin ishlab chiqarish zonalari tadbirkorlikni rag’batlantirish, iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni joriy etish maqsadida xo’jalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlardir. Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni o’z ichiga oladi.
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat bo’lib, u erda ilmiy-ishlab chiqarish va o’quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot o’rnatiladi. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari – texnopolislar shaklida tashkil etiladi.
Respublikamiz hududida EIHlar tashkil etish bo’yicha ishlab chiqilgan «Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi Qonun uch qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda umumiy qoidalar, ikkinchi qismda erkin iqtisodiy hududlarning huquqiy tartiboti, uchinchi qismda erkin iqtisodiy hududni boshqarish yoritib o’tilgan.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 2008 yilning dekabr oyida keng miqyosdagi mintaqaviy taraqqiyot dasturining mantiqiy davomi sifatida «Navoiy» aeroportining bevosita yaqinida – Buxoro va Samarqand shaharlaridan 100-175 kilometr uzoqlikda 564 gektar maydonni egallagan «Navoiy» erkin industrial iqtisodiy zonasi (EIIZ) tashkil etildi. Yuksak samarali, zamonaviy xorij asbob-uskunalari va texnikasi, texnologik tarmoqlar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobidan yuqori texnologiyalarga asoslangan, jahon bozorlarida raqobatdosh mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab chiqarish «Navoiy» EIIZ hududida xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining asosiy yo’nalishi etib belgilandi. Bu hududdagi ishlab chiqarish faoliyatining istiqbolli yo’nalishlari - kimyo va neft-gazkimyo, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, dori-darmon va tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi.
Mazkur hududdagi er uchastkalari xo’jalik yurituvchi subyektlarga ularning investitsiya faoliyati davrida eng kam ijara haqi evaziga ijaraga beriladi. Bunday engillik tufayli investorlar tomonidan ishlab chiqarish faoliyati uchun er maydonlarini sotib olish va ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida qo’shimcha mablag’ sarflashga hojat qolmaydi.
EIIZda faoliyat yurituvchi xo’jalik subyektlarga alohida huquqiy tartib, bojxona, valyuta va soliq rejimlari, O’zbekiston Respublikasi norezident fuqarolarining hududga kirish, hududda bo’lish va chiqib ketish, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
Bu imtiyozlarning barchasi faqatgina EIIZ hududida faoliyat ko’rsatayotgan va EIIZ direktsiyasi tomonidan ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun amal qiladi. EIIZda faoliyat yuritish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiya olib kirgan xo’jalik subyektlari er solig’i, mulk solig’i, daromad solig’i, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona soliq to’lovi (kichik korxonalar uchun), Respublika yo’l jamg’armasi va Respublika maktab ta’limini rivojlantirish jamg’armasiga majburiy to’lovlardan ozod etiladi va buni yuqoridagi 6.2-jadvalda ko’rish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, boshqa mamlakatlarda tashkil etilgan EIHlar tor ixtisoslik bo’yicha ish olib boradilar, «Navoiy» EIIZda ishlab chiqarishning barcha turlari bo’yicha faoliyat olib borish mumkin. Navoiy boy mineral xom ashyo resurslariga boyligini hisobga olganda, EIIZda faoliyat yurituvchilar xom ashyolarni yanada kengroq qayta ishlashga va yuqori qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa, o’z navbatida, mahsulot ishlab chiqarishda kerak bo’ladigan xom ashyo va materiallarning tashish xarajatlarining sezilarli darajada iqtisod qilinishi natijasida tovar tannarxining maksimal darajada optimallashishiga olib keladi.
EIIZning faoliyat ko’rsatishida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’shimcha ish joylarining yaratilishi mahalliy aholining daromadlarining va hayot farovonligining ortishiga imkon tug’diradi. Navoiy viloyatida ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qo’llash va rivojlangan infratuzilma bilan mamlakatning industrial markazi shakllantiriladi.
Eng asosiysi, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik mamlakat YaIMining o’sishiga ta’sir qiluvchi eng kuchli omildir. O’zbekistonda EIHlarni tashkil etish uchun barcha sharoitlar va omillar mavjud.
O’zbekistonda EIHni tashkil qilish pirovard maqsad emas. Hududlarni tashkil qilishdan asosiy maqsad, sanoat va iqtisodiyotning o’sish darajasini tezlashtirish va ularni modernizatsiya qilish, ichki bozorni to’ldirish va eksportning o’sishi hisobiga valyuta tushumlarini ko’paytirishdir.
EIHlarni tuzishdagi dastur – maqsadli, moliyaviy va tashkiliy muammolardan tashqari hammasi uchun umumiy bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ham qayd etishi lozim. Bularga:
– korxonalar xo’jalik aloqalarini qayta tashkil etish;
– mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini xalqaro bozorda davlat tomonidan himoyalash;
– erkin tadbirkorlikning rivojlanishi yo’lida mahalliy to’rachilik va jinoyatchilik, shu jumladan, amaldorlarning poraxo’rligi kabi to’siqlarning mavjudligi taalluqlidir.
O’zbekistonda EIHni tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatlari juda keng. Shuni qayd etib o’tish kerakki, O’zbekistonda tabiiy boyliklarning, mehnat rusurslarining va hududlarda sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanganligini hisobga olib, kelajakda EIHning turli ko’rinishlarni tashkil etish mumkin.
Bizning fikrimizcha, EIHni tashkil etishda har bir hududning (viloyatning) xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish zarur. Axir, hamma erda bir xil imtiyozlar, rag’batlantirishlar tizimini qo’llab bo’lmaydi. Chunki, viloyatning geografik joylashuvi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli, aholi turmush darajasi va ishchi kuchining miqdori, u erdagi infratuzilma, aloqa tizimlari va shu kabilar barcha viloyatlarda turlicha. Agar investorlarga har bir viloyatning imkoniyatlardan kelib chiqqan holda imtiyozlar va kerakli infratuzilma yaratib berilsa, hududlar rivojlanishidagi muammolar masalasini hal qilishga yordam beradi. Bunda EIH O’zbekiston mintaqalarining iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtiruvchi vositasini bajarishi mumkin.
2016 yil 26 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmon mamlakatimizda yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni izchil rivojlantirish borasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax» maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni «Navoiy», «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalar deb atash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.
Farmonda «Navoiy», «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 sentabrdagi R-4351-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tahlil qilish va ishlab chiqish komissiyasining erkin iqtisodiy zonalar hududida amalda qo‘llanilayotgan soliq va bojxona rejimlarini birxillashtirish hamda ushbu zonalar ishtirokchilarining quyidagilardan:
yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalaridan;
o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, xomashyo, material va butlovchi buyumlar, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etish (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 3 may kuni mamlakatda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yettita erkin iqtisodiy zona (EIZ) tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni tasdiqladi.
Tuproq va iqlim sharoitlari noyobligini inobatga olib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish to‘g‘risida kiritilgan taklifga binoan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm» va «Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etishga qaror qilindi.
Hozirgi kunda respublikamizning turli hududlarida turli yo’nalishdagi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: |