Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Xarakterning o’sishida tarbiyaning roli



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə111/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Xarakterning o’sishida tarbiyaning roli
Xarakterning o’sishida tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash asosiy rol o’ynaydi.
O’sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterni tarbiyalashda katta mas’uliyatli vazifa ota-onalar, o’qituvchilar, bolalar boqchalari, kasb-xunar kollejlari va internat-maktablar tarbiyachilari zimmasiga tushadi.
Xarakterni tarbiyalash shundan iboratki, tarbiyachi maktab o’quvchisiga namuna bo’lishi mumkin bo’lgan kishilarni bolaga, o’quvchiga ataylab ibrat qilib ko’rsatadi; shu kishining qilayotgan ishlari, xatti-harakatlariga tarbiyalanuvchi e’tiborini jalb etadi va bu ish xatti-harakatlarning qaysi biri yaxshi, ijobiy, qaysi biri salbiy, yomon ekanligini aytadi. Tarbiyachi bolaning xatti-harakatlaridagi yaramas qiliqlarni yo’qotish va yaxshi, foydali odatlarni mustahkamlashga yordam beradigan vositalarni izlab topadi va ularni tatbiq etadi. Tarbiyaviy ish yana shundan iboratki, pedagog tarbiyalanuvchida muayyan ijobiy sifatlarni o’z xarakterida o’z-o’zi paydo qilish zaruriyati ongini uyg’otishi va bu ongni o’stirishi lozim.
Pedagog bolalarda xarakterni tarbiyalayotganida ularda tarbiyalanadigan temperamentni bilishi, har bir temperamentning ijobiy va salbiy tomonlarini bilishi zarur.
Agar temperament va uning tug’ma hususiyatlari o’z xolicha qolaversa, odamda yomon xarakter xislatlari tarkib topishi mumkin. Masalan, xolerik temperament odamni cho’rtkesar, qo’pol, o’zini tuta olmaydigan qilishi mumkin. Sangvinik temperament sabotsizlikka, diqqatni bir joyga qo’ya bilmaslikka sababchi bo’lmog’i mumkin bo’lganidek, flegmatik tem­perament sustkashlikka, loqaydlikka olib borishi mumkin. Melanxolik temperamentli kishida o’z kechinmalariga ortiqcha berilishlik, pismiqlik paydo bilishi mumkin.
Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijo­biy tomonlarini o’stirishdan, uning salbiy tomonlarini va bu salbiy tomonlarni xarakterning ijobiy xislatlari bilan «almashtirishdan» iboratdir. Masalan, xolerik temperamentli bolalarni tarbiyalashda ularni o’ylab ish qilish, o’zini tuta bilish, atrofdagi odam­lar bilan yaxshi muomalada bo’lishga odatlantirish va ularda shu sifatlarni o’stirishga alohida e’tibor berish lozim. Sangvinik temperamentli bolalarni sabotli bo’lishga, diqqatini bir joyga qo’ya bilishga, ishga qunt qo’ya olishga, boshlagan ishni oxiriga yetkazishga odatlantirmoq kerak. Melan­xolik temperamentli bolalarni odamga ko’proq aralashishga, jamoachilikka, ildam harakat qilishga odatlantirmoq, ularda shu sifatlarni tarbiyalamoq kerak. Flegmatik tem­peramentli bolalarni tashabbuskorlikka, faollikka, kishilarga el bo’lishga, quvnoqlikka odatlantirmoq lozim.
Xarakterning salbiy tomonlarini yo’qotmoq uchun, ijobiy tomonlarini tarbiyalab yetkazmoq uchun tarbiyalanuvchini o’z temperamentini o’zi idora qila bilishga o’rgatish lozim, uni shunday tarbiyalash kerakki, u temperamentini o’zi idora qilish zaruriyatini o’zi anglasin va haqiqatan uni idora qila olsin, temperamentiga bo’ysunmaydigan bo’lsin. O’z temperamentini idora qila bilish xarakterning muhim ijobiy xislatidir.
Xarakter tarbiyasini faqat temperamentning salbiy to­monlarini ayrim ijobiy sifatlari bilan almashtirishdan iborat deb tushunish yaramaydi. Xarakterni tarbiyalashda pe­dagog, avvalo muayyan idealni yoki davrimizning olijanob kishilari obrazini asos qilib olmog’i lozim. Bu ma’naviy boylikni, ahloqiy soflikni va jismoniy kamolotni o’zida garmonik holda mujassamlashtirgan yangi odamlardir. Bunday yangi odam xarakterining xislati ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik va rostgo’ylik, ahloqiy poklik, oddiylik va kamtarlikdir. Bizga yuksak ma’naviy fazilatiga ega bo’lgan, halol vijdonli kishilar, tetik va xushchaqchaq kishilar, qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan, mustaqil jamiyat qurish yo’lida har qanday qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan, ularni bartaraf qilishga tayyor turgan kishilar kerak.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin