Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Kishilarning qiziqishlariga qarab bir-biridan farqi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə119/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

2. Kishilarning qiziqishlariga qarab bir-biridan farqi
Odamlardagi qiziqishlarni biz avvalo bu qiziqishlarning mazmuniga qarab turlarga ajratamiz. Qiziqishning mazmuni keng ma’noda olingan voqyelikdagi qanday narsalar yoki soha bilan qiziqilganligiga bog’liq bo’ladi, shular bilan belgilanadi. Kishilarning mazmunan, har xil bo’lgan qiziqish-havaslarini bu qiziqishlarning ijtimoiy qimmatiga qarab ijobiy qiziqish, yuksak, oliyjanob qiziqish-havas deb baholasak, boshqa bir qiziqishlarga salbiy qiziqish, past, bachkana va hatto zararli qiziqish deb baho beramiz.
Ijtimoiy-siyosiy qiziqishlari ham mavjuddir. Bu qiziqishlar jamiyatga foyda keltiradigan yoki reaksion jamiyat uchun zararli, yemiruvchi qiziqish bo’lmog’i mumkin.
Progressiv ijtimoiy-siyosiy qiziqishlar kishidagi eng yuksak, qimmatli qiziqishdir. Kishilarning individualligi faqat unda ijtimoiy qiziqishlarning mavjudligi bilan emas, balki yana mana shu ijtimoiy qiziqishlarning undagi shaxsiy qiziqishlar bi­lan bo’lgan nisbatida hamdir. Kishidagi ijtimoiy qiziqishlar uning shaxsiy qiziqishlaridan ustun bo’lganda, undan ham muhimrog’i, kishining shaxsiy qiziqishlari ijtimoiy qiziqishlar bilan mos bo’lgandagina shaxsning ma’naviy hayoti ko’rkamroq bo’ladi.
Intellektual (aqliy) qiziqishlar yuksak, ijobiy qiziqishlardir. Ana shunday qiziqish egalari uchun o’z hayotlarida eng muhim narsa – fan bilan mashg’ul bo’lish, kerakli nazariy va amaliy masalalarni hal etishdir. Chunonchi, Nyuton, Lomonosov, Darvin, Siolkovskiy, Michurin, Pavlov, ana shunday qiziqish bilan yashadilar.
Estetik qiziqishlarning o’ziga berilib ishlaydigan kishi­lar ham bo’ladi. Bunday odamlar uchun o’z hayotlarida eng asosiy narsa san’at va unga xizmat qilish qimmatbaho san’at asarlari yaratishdir. Chunonchi, rus kompozitorlaridan Glinka, Musorgskiy, Chaykovskiy va Moskva badiiy teat-riga asos solgan Stanislavskiylar mana shunday kishilardandir.
Ayrim kishilarda past va sayoz qiziqishlar ham bo’ladi. Bunday past qiziqishga faqat o’zining hissiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan qiziqishlar kiradi. Ana shunday qiziqishlar quli bo’lgan odamlar uchun hayotlarida eng muhim bo’lgan narsa ular hatto moddiy jihatdan ta’minlangan bo’lsalar ham ovqat yeyish, ichish, uxlash va umuman olganda nafsini qondirishdan iboratdir. Chunonchi, Gogolning «Qadimgi zamon pomeshchiklari» povestidagi Afanasiy Iva­novich va Pulxyeriya Ivanovnalar xuddi shu tipdagi odamlardir.
Shuningdek, faqatgina shaxsiy boylikka – pul yig’ish, dunyo to’plashga qiziqadigan pastkash odamlar ham bor. Bun­day odamlar o’zining eng zarur ehtiyojlarini qondirishdan ham voz kechib, yemay, ichmay, kiyinmay, faqat dunyo to’plashga, mol yig’ishga harakat qiladi.
Faqat o’z nafsini ko’zlash, dunyo to’plash, molparastlikka qaratilgan tuban qiziqishlar nuqul xudbinlik xarakteridagi qiziqishlardir. Bunday qiziqishlar nuqul jamiyat manfaatlariga zid bilib, boshqa kishilar farovonligiga zarar yetkazadi. Shu bilan birga, bunday qiziqishlar kishi ongini nihoyatda chegaralab, uni puch, pastkash bir shaxsga aylantirib qo’yadi.
Kishidagi qiziqishlar doirasi har xil bo’ladi. Odamlar o’zidagi qiziqish doirasining keng yoki tor bo’lishiga qarab ham bir-birdan farq qiladilar. Faqat birgina narsaga qiziqish bilan cheklanib, boshqa narsalarga e’tibor bermaydigan odamlarni qiziqish doirasi tor kishilar deb ataladi.
Voqyelikdagi ko’p sohalarga qiziqadigan kishilarning qiziqish doirasi xilma-xil va keng bo’ladi. Lekin shu bilan birga bunday kishilarda bir qiziqish asosiy, markaziy o’rinni oladi,
Qiziqish-havaslar doirasining keng, xilma-xil bo’lishi ko’pincha bu qiziqish-havaslarning yuksak va chuqur mazmunli bo’lishi bilan ham bog’liqdir. Yuksak qiziqish-havaslarga berilib yashaydigan kishilarning qiziqish-havas doirasi ham keng va xilma-xil bo’ladi.
Ayni bir xildagi qiziqish-havaslarning kuchi turli ki­shilarda turli darajada bo’ladi. Kuchli qiziqishda ko’pincha kuchli hissiyotlar bilan bog’liq bo’lib kishida ehtiros tarzida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham, odatda «ehtirosli qiziqish», «zo’r havas» degan iboralar ishlatiladi. Kishi­dagi zo’r havas chidam, sabr-toqat va sabotlilik singari iroda sifatlari bilan bog’langan bo’ladi.
Muayyan bir darajadagi kuch bilan namoyon bo’ladigan qiziqish-havaslar, yana kishilarda barqarorlik yoki doimiylik darajasi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Ba’zi ki­shilar bo’ladiki, ularda hosil bo’lgan muayyan qiziqish-havaslar doimiy bo’lib, umrbod saqlanib qoladi. Chunonchi, Lomonosov, Michurin, Prjevalskiy, Gorkiy singari kishi­larda bo’lgan qiziqishlar shunday doimiy, barqaror qiziqishlardandir.
Ba’zi odamlar bir narsaga juda qattiq qiziqadilar, kuchli, zo’r havas qo’yadilar, lekin ulardagi qiziqish-havaslar uzoqqa bormaydi; bunday odamlardagi biron narsaga, biron-bir faoliyatga bo’lgan zo’r qiziqish-havas o’rnini darrov boshqa bir xil va shunday zo’r qiziqish-havas oladi.
Bunday kishilarning qiziqish-havaslari tez o’zgaradi. Bunday odamlarni odatda «juda qiziqib ketadigan» ishqiboz kishilar deb yuritiladi.
Ba’zi odamlar bo’ladiki, ularda paydo bo’lgan qiziqish havaslar nihoyat kuchsiz bo’lib, tez o’tib ketadi yoki biron-bir qiziqish o’rnini boshqa bir yangi qiziqish oladi. Bunday ki­shilar faqat «shu kungi» qiziqish-havaslar bilan kifoyalanadi. Bunday kishilarni ko’pincha muayyan orzu-havasi bo’lmagan odamlar deyiladi.
Odamlardagi qiziqish-havaslar tarixan o’zgarib turadi. Shu bilan birga, faqat ijtimoiy qiziqishlargina emas, balki individual qizishqishlar ham o’zgaradi. Qiziqishlarni kishining boshqa xususiyatlariga qaraganda ko’proq darajada ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy turmush sharoitlari bilan belgilanadigan individual xususiyatlari deyish mumkin.
Biz shaxsiy manfaatparastlikka asoslangan qiziqish-havaslarga berilgan odamlarni yoqtirmaymiz. Biz odamlardagi bunday qiziqishlarga barham berish uchun kurashamiz. Bizdagi boshqaruv va tarbiya ishlarimiz, jumladan, yosh avlodlarimizda yuksak va xilma-xil ijobiy qiziqish-havaslar o’stirishga qaratilgandir.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin