Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Geniallik va talantlilik haqida



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə116/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Geniallik va talantlilik haqida
Genial yoki geniy deb biz shunday kishilarni aytamizki, ular nihoyatda katta masalalarni hal qiladilar, butun bir sinf yoki xalqlar uchun, barcha insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan, misli ko’rilmagan qimmatli narsalar yaratadilar. Bunda ular yaratgan narsalar tarixda go’yo burilish nuqtasi bo’lib xizmat qiladi, tarixni oldinga progressiv tomon harakatga keltiruvchi madad bo’lib xizmat qiladi. Masalan, biz Alisher Navoiyning genial shoir deb hisoblaymiz chunki, u shunday asarlar yaratdiki, uning asarlari dunyodga kelishi bilan o’zbek adabiyotida o’zbek tili taraqqiyotida yangi bir davr boshlandi.
Talantli deb shunday odamlarni aytiladiki, ular ma’lum sohada murakab nazariy va amaliy masalalarni hal qilishga, yangilik va progressiv ahamiyatga ega bo’lgan qimmatli narsalar yaratishga qodir bo’ladilar. Talantli odam, talantli yozuvchi va talantli shoir, talantli rassom, talantli konstruktir deganda biz buni ana shu ma’noda tushunamiz.
Talantli deb shuningdek, bilimlarni tez, muvaffaqiyat bilan o’zlashtirib oladigan va shu bilimlarni turmushda, o’z faoliyatlarida to’g’ri tatbiq qiladigan odamlarni ham aytiladi. Talantli o’quvchi, talantli student, talantli skripkachi va talantli pianist, talantli injener deganda biz buni ana shu ma’noda tushunamiz.
Geniy – bu yangilik yaratuvchi va kashf qiluvchi odam, talantli deb, bu yangiliklarni tez o’zlashtirib oladigan va shu bilimlarni turmushda tatbiq qilib, ularni oldinga suradigan odam deyish mumkin. Har bir geniy talantli ham bo’ladi, biroq har bir talantli odamni genial deb bo’lmaydi.
Genial va talantli odamlarning aql-idroki nihoyat o’sib, voyaga yetgan, zehni o’tkir, xotirasi kuchli, xayol va tafakkuri barkamol kishilar bo’ladi. Ammo geniallik va talantlilik faqat aqlning kuchli sur’atda o’sganligidagina ko’rinib qolmaydi. Kuchli, barqaror diqqat, zo’r ehtiros, kuchli va mustahkam iroda ham yuksak qobiliyat va iste’dod belgisidir. Hamma genial odamlarning o’z ishiga muhabbati va ehtirosi zo’r bo’lgandir. Genial odam o’zini ham unitib, butun borligini ishga bag’ishladi. Butun hayotini o’z ishiga ehtiros bilan bag’ishlagan genial kishilarning irodasi nihoyat kuchli va sabotli bo’ladi. Ular kishini hayratda qoldiradigan darajada mehnatsevar va mehnat qobiliyatiga ega bo’ladilar.
Bunday kishilar faoliyatining serunum bo’lishi ulardagi butun bilish qobiliyatlarini, ijodiy, emosional va iroda kuchlarini ma’lum narsaga to’play bilish qobiliyatlariga bog’liqdir.
Talantli va genial kishilarning juda ko’pi har tomonlama qobiliyatli bo’lganlar. Chunonchi, Aristotel , Leonardo da Vinchi, Lomonosovlar, Abu Ali Ibn Sino, M.Ulug’bek, Al-Forobiy, Qori Niyoziy, Navoiy, Usmon Nosir va boshqalar mana shunday bo’lganlar.
Tarixda bunday kishilarni ko’plab uchratish mumkin. Ular ulug’ tashkilotchi va jamoat arbobi bo’lganlar.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin