Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo’ladigan tug’ma xususiyatlari iste’dod deyiladi. Kishining iste’dod darajasini undagi muayyan qobiliyatlarning qanchalik tez o’sishiga, bilim va malakalarni qanchalik egallashiga hamda o’z ishini qanchalik muvaffaqiyat bilan va samarali bajarishiga qarab aniqlaymiz.
Qobiliyat va iste’dodda kishining aqli (intellekti) ham, ya’ni idrok va kuzatuvchanligining, tafakkur, xayol, nutq va xotiraning qanchalik o’sganligi ham ko’rinadi. Aql faoliyati diqqat va iroda bilan bog’liq bo’lgani uchun qobiliyat va iste’dod diqqat va irodaning qanchalik kuchli va barqarorligida ham ko’rinadi. Kishining qanchalik kuzatuvchan ekanligi, bilimlarni qanday o’zlashtirishi, nazariy va amaliy masalalarni qanday hal qilishi, qanday qimmatli yangiliklar yaratishi,va o’z bilim va malakalarini turmushga qanday tatbiq qila bilishidan ham, kishining qobiliyat va iste’dodini bilish mumkin.
Qobiliyat va iste’dodni bilim yoki ma’lumotga teng baravar deb, ya’ni u bilan aynan bir narsa deb qarash yaramaydi. Kishining muayyan bir xildagi qobiliyati va iste’dod darajasi uning ma’lum sohada bilim va ko’nikma hosil qilish tezligi darajasi bilan belgilanadi. Shuningdek, qobiliyat amalda qo’llay olish va ijodiyotda undan foydalana bilishda ham ko’rinadi. Bilim olish va ko’nikma hosil qilish esa, o’z navbatida, qobiliyat va iste’dodning yuzaga chiqishiga va o’sishiga sabab bo’ladi.
Ma’lum soha yoki biror ixtisos bo’yicha faoliyat samarasi jihatidan odamlarning qobiliyat darajasi har xil bo’ladi. Ba’zi odamlar o’zining yuksak darajali qobiliyatlari bilan boshqa odamlardan ajralib turadi. Bunday odamlarning talantli va genial deyiladi, ularning yuksak qobiliyatini esa geneallik va talantlilik deyiladi.
Qobiliyat odatda ishtiyoq va moyillik bilan bog’liq bo’ladi. Muayyan faoliyatga bo’lgan moyillik va unga bo’lgan qobiliyat, ko’pincha, bir-biriga mos keladi, birgalikda o’sadi. Kishidagi moyillik ko’pincha, undagi mavjud qobiliyatlarning ko’rsatkichi bo’ladi.